Janubiy Afrika Respublikasi


Download 19.25 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi19.25 Kb.
#1769356

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) (afrikaanscha: Republiek van Suid-Africa; ing: Republic of South Africa) — Afrika janubdagi mamlakat. Maydoni 1221 ming km². Aholisi 60 mln. kishidan ortiq (2021). Poytaxti—Pretoriya shahri Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Janubiy Afrika Respublikasi — federalizm nishonalari boʻlgan unitar respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. 1997-yil 4-fevraldan kuchga kirgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident. Milliy assambleya tomonidan uning aʼzolari orasidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 2 palatali parlament. U viloyatlarning Milliy kengashi (yuqori palata) va Milliy assambleya (quyi palata)dan iborat. Ijrochi xokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Janubiy Afrika Respublikasi hududining yer yuzasi, asosan, plato va yassitogʻliklardan iborat. Qirgʻoqlari deyarli tekis, sohil boʻylab togʻ tizmalari joylashgan. Oranj daryosidan shimolda Kalahari tekisligi bor. Platolarning sharqiy sohilidagi kambar pasttekislikka, janubda Katta Karru soyligiga tik tushgan qismi Katta Jarlik deb ataladi. Drakon togʻlari uning sharqiy qismidir. Drakon togʻlaridagi Tabana-Ntlenyana choʻqqisi (3482 m) Janubiy Afrikadagi eng baland nuqtadir. Katta Karru soyligidan janubda Kap togʻlari (balandligi 2326 m gacha) bor. Iqlimi, asosan, tropik, 30° j. k.dan janubda subtropik. Katta Jarlik Hind okeanidan esuvchi nam shamollarni tusib, ichki hududlarga oʻtkazmaydi. Sharqiy sohilda va Katta Jarlikning sharqiy yon bagʻrida dengiz iqlimi, yillik yogʻin 1000-2000 mm, eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi 25°, sovuq oyniki 18°. Kontinental iqlimli ichki platolarda yillik yogʻin sharqda 750 mm gacha, gʻarbda 150 mm gacha. Yoz oylarining oʻrtacha temperaturasi 27°, janubi-gʻarbida 18°. Subtropik iqlimli janubi-sharqida yillik yogʻin 600-1000 mm, yoz oylarining urtacha temperaturasi 21 — 24°, qish oylariniki 14—17°. Choʻl va chala chul iqlimli gʻarbiy sohili sovuq Bengela oqimi taʼsirida, yillik yogʻin 60-100 mm, yoz oylarining urtacha temperaturasi 15°, qish oylarniki 11°.
Eng yirik daryosi — Oranj (Vall va Kaledon irmoqlari bilan). Shimoli-sharada Limpopo daryosi bor. Hind okeaniga quyiluvchi boshqa daryolari qisqa, sersuv va serostona. Ichki platolardagi daryolar yilning koʻp vaqtida qurib yotadi. Mamlakat hududining 2 % oʻrmon. Mamlakatning sharqiy sohilida shimoliy chegaradan 30° j. k.gacha qizil va qizil-qoʻngʻir tuproqli yerlarda savanna, daryo vodiylarida palma oʻrmonlari bor. Togʻ vodiylarida tropik sernam oʻrmonlar uchraydi. Durbandan Mosselbay shahrigacha boʻlgan sohildagi qoʻngʻir tuproqli yerlarda subtropik oʻrmonlar, Kap togʻlari yon bagʻrida doim yashil butazorlar, platolardagi qizil-qungʻir va qora tuproqli yerlarda baobab va butali savannalar bor. Kalahari tekisligida chul oʻsimliklari oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan arslon, qoplon, yovvoyi mushuk, qashqir, kiyik, zebra, jirafa, fil, karkidon, hasharotlardan termitlar, setse pashshasi, bezgak chivini va boshqa bor.
Yirik hayvonlari kam qolgan. Koyuger, Kalahari-Gemsbok milliy bogʻlari va qoʻriqxonalar bor.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholisining 3/4 qismi afrikalik bantu xalqlari (shu jumladan 38,5 % zulular, 27,5 % sotolar, 11,6 % kosalar, 6,6 % shangaantsonga va tsvanalar). Yevropaliklar 5,1 mln. (shundan golland, fransuz, nemis kelgindilarining avlodlari boʻlmish afrikanerburlartaxminan 57,5 %), hindilar 1 mln.ga yaqin, qora tanlilar 3,4 mln. Rasmiy tillari — afrikaans (bur), ingliz, isindebele, sesoto sa leboa, sesoto, savati, xitsonga, setsvana, tshivenda, isikosa va isizulu tillari. Dinlari: xristianlik (aholining 77 %), anʼ-anaviy dinlar (18 %), hindulik, musulmonlik, yahudiylik (3,2 %) va boshqa Axolining 60 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Yoxannesburg, Keyptaun (Kapstad), Durban, Pretoriya va boshqa
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Janubiy Afrika Respublikasi aholisining qad. va oʻrta asrlarga oid tarixi kam oʻrganilgan. Janubiy Afrika Respublikasining qad. aholisi gottentot (koykoin)lar, bushmen (san)lar va keyinchalik bu yerga kelib oʻrnashgan bantu xalqlaridir. Arxeologik qazishlar (topilgan oltin va boshqa buyumlar)dan maʼlum boʻlishicha, Transvaal hududi (milodiy 1-ming yillik)da madaniyat yuqori boʻlgan, temir, mis va boshqa metallar eritilgan.
17-asr 50-yillarida Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi Janubiy Afrika Respublikasida Kap manzilgohini tuzdi. Manzilgoh hududi sekin-asta kengaya bordi. Golland va fransuz kelgindilari — burlar (keyinchalik oʻzlarini afrikanerlar deb atashgan) mahalliy aholini boʻsh yerlarga siqib chiqarib, quldorlik xoʻjaliklarini tuzdi. Bu xoʻjaliklarda mahalliy aholi va Gʻarbiy Afrika, Madagaskar, Osiyoning turli davlatlaridan keltirilgan qullar mehnat qildi. Janubiy Afrika Respublikasi mahalliy aholisining mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashi 17-asrdayoq boshlanib, 1870—80 yillarda kuchaydi. 1838, 1879 va 1906-yillardagi zulu xalqining urushi va qoʻzgʻolonlari, basutolarning 1880-yilgacha davom etgan qurolli harakatlari Afrika xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashida eng muhim tarixiy voqealardan hisoblanadi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Buyuk Britaniya Kap manzilgohini bosib oldi. Ingliz xukumatining zulmi burlarni Kap manzilgohidan shimolga — kosa, zulu, basuto, botsvan va boshqa bantu xalqlari yerlariga kirib borishga majbur qildi. 19-asr 50-yillarida bur respublikalari — Janubiy Afrika Respublikasi (Transvaal) va Ozod Oranj davlati tuzildi.
19-asr 60-yillari oxiri va 80-yillari oʻrtalarida Janubiy Afrikada olmos konlari topilgach, inglizlar bantu xalqlarining mustaqil qududlarini shafqatsizlik bilan tortib ola boshladi. 1899—1902-yillardagi inglizburlar urushidan keyin bur respublikalari Angliya qoʻl ostiga oʻtdi. 1910-yilda esa Britaniya imperiyasining dominioni boʻlgan Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) tuzildi.
Janubiy Afrikada olmos va oltin konlarining ochilishi bilan jamiyatning ijtimoiy tarkibi keskin oʻzgardi: ishchilar va sotsialistik harakatlar paydo boʻldi. 19-asrning 40—50-yillarida kasaba uyushmalarining birinchi tashkilotlari tuzildi. 80-yillarga kelib, ular yevropalik ishchilarning yirik kasaba uyushmalariga aylandi.
1912-yil hukumatning aparteid siyosatiga qarshi Afrika milliy kongressi (Sahroi Kabirdan janubda yashovchi afrikaliklarning eng yirik tashkiloti) tuzildi. 1-jaort-Shepeto HIND OKEANI hon urushida JAI Buyuk Britaniya tomonida ishtirok etdi. Urushdan soʻng Germaniya Janub-Gʻarbiy Afrika (Namibiya)ni boshqarish uchun Millatlar Ittifoqi mandatini oldi.
JAIda ishchi va milliy ozodlik harakati avj oldi. Oq tanli ishchilar va afrikaliklarning yirik ish tashlashlari boshlandi. 1920-yil boshlarida afrikalik konchilarning birinchi umumiy ish tashlashi (70 mingdan oshiq kishi), 1922-yil martda oq tanli konchilarning qurolli qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi.
Ikkinchi jahon urushida JAI gitlerchilarga qarshi koalitsiya tomonida qatnashdi, ammo afrikanerlarning ashaddiy millatchilari fashist Germaniyasi bilan hamkorlik qilishdi.
Urushdan soʻng Janubiy Afrika Respublikasining Yevropadagi davlatlar bilan aloqasi kuchaydi. Hokimiyat Millat partiyasi qoʻliga oʻtgach (1948), mamlakatda reaksiya kuchaydi. Bu partiya rahbarlaridan D. F. Malan (1948-54), I. G. Streydom (1954-58), X. F. Fervurd (1958—66), B. Forster (1966—79) va P. Bota (1980—89) davrida terror va irqiy kamsitish kuchaydi. Partiyaning aparteid siyosati tufayli afrikaliklar, metislar, indeyslar hayoti yanada ogʻirlashdi. 1961-yil 31-mayda JAI hukumati „oq tanli“lar oʻrtasida referendum oʻtkazib, mamlakatni Janubiy Afrika Respublikasi deb eʼlon qildi.
Aparteid siyosatiga qarshi kurash 1980-yillarda ayniqsa kuchaydi. Hukmron Millat partiyasi hukumati irqchilik qonunlarini bekor qilishga majbur boʻldi, siyosiy partiyalarning, shu jumladan Afrikaliklar Milliy Kongressi faoliyatiga ruxsat berildi. 1991-yilda parlament turar joylarda va yer egaligida irqiy ayrimachilikni bekor qildi. 1994-yilda muvaqqat konstitutsiya kuchga kirdi. Shu yil aprelda Milliy assambleyaga koʻp irqli saylov boʻldi. Afrikaliklar Milliy Konfessi raisi N. Mandela Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti etib saylandi. 1999-yildan prezident T. Mbeki. Janubiy Afrika Respublikasi — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27-aprel — Ozodlik kuni (1994). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 12-avgustda oʻrnatgan.
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Janubiy Afrika Afrikaliklar Milliy Kongressi, hukmron partiya, 1912-yilda asos solingan; Yangi millat partiyasi, 1914-yilda tashkil etilgan; Demokratik partiya, 1989-yil tashkil etilgan; Janubiy Afrika konservativ partiyasi, 1982-yil tuzilgan; Milliy xalq partiyasi; Panafrika kongressi, 1959-yil tuzilgan; Janubiy Afrika Kommunistok partiyasi, 1921-yil tuzilgan. Janubiy Afrika kasaba uyushmalari kongressi, 1985-yil tashkil etilgan. Janubiy Afrika Respublikasi — xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat, Afrikada iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan davlat. Unda sanoati rivoj topgan mamlakatlarga xos koʻrsatkichlar ham, uchinchi dunyo mamlakatlari uchun xos boʻlgan ayrim iqtisodiy belgilar ham uchraydi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi jihatidan Janubiy Afrika Respublikasi dunyodagi 20 yetakchi industrial mamlakat katoriga kiradi. Butun Afrika xududining 5 % ni va aholisining 9 % ni egallovchi Janubiy Afrika Respublikasi ulushiga qitʼa yalpi ichki mahsulotining 27 %, sanoat mahsulotining 40 %, qishloq xoʻjaligi mahsulotining 30 % toʻgʻri keladi.
Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari — ishlab chiqaruvchi sanoat (yalpi ichki mahsulotning 22,6 %), konchilik sanoati (13 %), moliya (15,21 %), savdo va sayyoxlik industriyasi (11,52 %), transport va aloqa (9,11 %), qishloq xoʻjaligi (5 %) va baliqchilik (4,7 %). Xizmat koʻrsatish sohasi, neft va gaz qazib olish hamda qayta ishlashni istiqbolli sohalar qatoriga qoʻshish mumkin.
Sanoati. Janubiy Afrika Respublikasi oltin (yiliga oʻrtacha 530 t dan koʻproq), platina metallari guruxi (100 t ga yaqin), vanadiy, xrom va marganets rudalari, surma, olmos qazib olishda dunyoda oldingi oʻrinlarda, koʻmir qazib chiqarishda 5-oʻrin, uran qazib chiqarishda 7-oʻrinda turadi. Temir rudasi, mis, asbest va boshqa ham qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 170 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neftni qayta ishlash, sement, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotining deyarli hammasi oq tanlilarga qarashli fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori (7,7 mln. tonna, 1999), shakarqamish (21 mln. tonna), bugʻdoy (1,5 mln. tonna), kartoshka, tamaki, sitrus va boshqa mevalar. Mamlakat hududining taxminan 80 % (98 mln. gektar)dan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun foydalaniladi. Qariyb 1,4 mln. gektar yer sugʻoriladi. Ekinlarni sugʻorish uchun Vaal, Ulifants, Krokodayl, GreytFish va boshqa daryolardan suv olinadi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Qoʻy juni yetishtirishda mamlakat faqat Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentinadan keyingi oʻrinda turadi. Sut chorvachiligi asosan yirik shaharlar atrofida.
Transporti. $1ransport yoʻlilarning uz. — 33,8 ming km, shundan 5 ming km ga yaqini elektrlashtirilgan. Qattiqqoplamali avtomobil yoʻllarining uz. — 56,4 ming km. Neft va neft mahsulotlari portlardan asosiy sanoat markazlariga quvurlar orqali oqiziladi. Dengiz floti rivojlangan. Eng muhim portlari: Durban, Keyptaun, Port-Elizabet, IstLondon. 3 ta xalqaro aeroport bor.
Tashqi savdo aylanmasi yiliga 40 mlrd. AQSH dollaridan oshadi. Chetdan asosan mashina va asbob-uskunalar sotib oladi, chetga mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyosi, olmos va metallar, kimyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi. Janubiy Afrika Respublikasi jun eksport qilishda dunyoda 4-oʻrinda turadi. Yiliga salkam 70 mln. litr vino eksport qiladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, Pul birligi — rand.
Download 19.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling