Janubiy Amerika Gʻarbiy yarimsharning


Download 88.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.04.2023
Hajmi88.64 Kb.
#1335572
Bog'liq
Janubiy Amerika - Vikipediya



Janubiy Amerika
Janubiy Amerika — Gʻarbiy yarimsharning
janubiy qismidagi materik, Amerika
qitʼasining janubiy yarmi.
[1][2]
 Sharqdan
Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okeani
oʻrab turadi. Shimolida Panama boʻyni
orqali 
Shimoliy Amerika
bilan tutash,
janubida Dreyk boʻgʻozi orqali
Antarktidadan ajralib turadi. Materikning
eng uzun joyi 7150 km, eng keng joyi
5100 km. Janubiy Amerika tarkibiga
Shamolsiz orollar, Trinidad orol, Folklend,


Olovli Yer va Chili arxipelaglari,
Galapagos orollari kiradi.


Janubiy Amerika
Maydoni
17,850,000 km²
Aholisi
420,458,044 (2016)
Aholi zichligi
21.4/km
2
Etnoxoronim
Janubiy Amerikalik
Davlatlar
12 ta
Tillar
ispancha,
portugalcha,
inglizcha, fransuzcha,
nemischa va boshqa
asosiy tillar
Vaqt mintaqalari
UTC-2dan UTC-


Maydoni 17,85 million km², orollar bilan
birga hisoblaganda esa 18,28 million
km². Aholisi 420 millionni tashkil qiladi
aholisi soni boʻyicha dunyoda beshinchi
5gacha
Yirik shaharlar
São Paulo
Lima
Bogotá
Rio de Janeiro
Santiago
Karakas
Buenos Aires
Salvador
Brazilia
Fortaleza


oʻrinda (Osiyo, Afrika, Yevropa va 
Shimoliy
Amerikadan
 keyin) turadi.
Janubiy Amerikaning qirgʻoqlari kam
parchalangan. Shimolida Venesuela
qoʻltigʻi, gʻarbida Guayakil, janubi-gʻarbida
fordlar, janubi-sharqida La-Plata, San-
Xorxe va boshqa qoʻltiqlari bor.
Janubiy Amerikaning sharqida oʻrtacha
balandlikdagi yassitogʻliklar, baland
tekisliklar, payet tekisliklar, gʻarbida
materikni gʻarb va shimol tomondan oʻrab
turgan And togʻlari (oʻrtacha balandligi
Tabiati
Relyefi va geologik tuzilishi


5000-6000 m, eng baland joyi — 6960 m,
Akonkagua togʻi) joylashgan. And togʻlari
sharqida Jan. Amerika platformasining
Gviana yassitogʻligi (Neblin togʻi, 3014 m)
va Braziliya yassitogʻligi (Bandeyra togʻi,
2200 m) bor. And togʻlari va
yassitogʻliklar oralarida uchlamchi va
toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan toʻlgan
Orinoko, Amazonka, La-Plata
payettekisliklari va Ichki tekisliklar
(Pampa, Gran-Chako, Ikki daryo oraligʻi va
boshqalar) joylashgan. Materikning
chekka janubi-sharqida mezokaynozoy
choʻkindi jinslari va muz keltirgan
yotqiziklar bilan qoplangan qadimiy
Patagoniya platformasi bor.Janubiy
Amerika materigi 2 asosiy strukturali


boʻlak — markaziy qismidagi Janubiy
Amerika platformasi va materikni shim.,
gʻarb va janubidan oʻrab turgan And
burmali togʻ mintaqasidan iborat.
Janubiy Amerika platformasi arxey,
proterozoy eralarida va qisman kembriy
davrida birlashgan turli yoshdagi
bloklardan tuzilgan. Fundamentining eng
yirik koʻtarilmalari — Gviana, Gʻarbiy
Braziliya va Sharqiy Braziliya
qalqonlaridir. Gviana va Gʻarbiy Braziliya
qalqonlari arxey va quyi proterozoyning
chuqur metamorfiklashib oʻzgargan
(deformatsiyalashgan) qatlamlaridan,
shuningdek, oʻrta va yuqori proterozoy
granitlaridan tashkil topgan. Sharqiy


Braziliya qalqoni kembriygacha davrda
xreil boʻlgan alohida bloklardan iborat
boʻlib, yuqori proterozoyning geosinklinal
burmali sistemasi bilan oʻrab olingan.
Keng Amazonka botigʻi proterozoy oxiri —
paleozoy boshlarida vujudga kelib,
Gviana va Gʻarbiy Braziliya qalqonlarini
ajratib turuvchi katta siniq zona boʻylab
joylashgan. Meridian boʻylab choʻzilgan
boshqa botiq Sharqiy Braziliya qalqonini
Gʻarbiy Braziliya qalqonidan ajratib
turadi;uning oʻrta qismi — San Francisco
botigʻi, asosan, proterozoy oxirida
shakllangan. Shimoliy va janubiy
botiqlar — Maranyan (Paranaiba) va
Parana sineklizalari oʻrta va yuqori
paleozoy va mezozoyda vujudga kelgan.


Janubiy Amerika platformasining janubiy
qismida quyi paleozoy fundamentini oʻz
ichiga olgan Patagoniya platformasi
ancha yosh. Unda ikkita koʻtarilma —
Shimoliy Patagoniya va Janubiy
Patagoniya, ikkita bukilma: Neuken-
SanMatias va Chubut-San-Horhe mavjud.
Janubiy Amerikaning gʻarbidagi 9000 km
ga choʻzilgan And togʻlari oʻzining
geologik tarixi va tuzilishi bilan farq
qiluvchi bir necha sistemadan iborat. Ular
alp burmalanishi (mezo-kaynozoy)
davrida shakllangan, shu bilan birga, togʻ
asosi mezo-kaynozoydan oldin vujudga
kelgan sharqiy togʻ tizmalarini ham oʻz
ichiga oladi. Gʻarbiy tizmalar


mezozoypaleogen yotqiziqlari va qalin
vulqon jinslaridan hosil boʻlgan. Bu
joylarda tez-tez halokatli zilzilalar boʻlib
turadi (Maye, Chili (1960) va Peru (1970)
zilzilalari). And togʻlarining koʻpgina
choʻqqilari harakatdagi va soʻngan vul
qonlardir (Misti, Chimboraso, Kotopaxi,
Sakama va boshqalar). Koʻpgina
tizmalarda doimiy qor va muzliklar
(maydoni 25 ming km² chamasida)
uchraydi. And togʻlarining markaziy
qismidagi tizmalari orasida, 3500-4600 m
balandlikda choʻl iqlimli plato — punalar
bor.


Gviana va Braziliya yassitogʻlarida temir,
marganets, boksit, nodir metallarning
yirik konlari, And togʻlarining etaklari va
togʻ oraliklaridagi botiklarda neft,
yuqorirogʻida mis, polimetallar,
qoʻrgʻoshin, molibden, volfram, platina
konlari bor. Selitra, yod va bromning yirik
konlari topilgan.
Janubiy Amerikani ekvator kesib oʻtgan,
uning katta qismi ekvatorga yaqin.
Materikda 6 iqlim mintaqasi (ekvatorial,
shimoliy subekvatorial, janubiy
Foydali qazilmalari
Iqlimi


subekvatorial, tropik, subtropik va
moʻtadil mintaqalar) mavjud. Amazoniya
va Kolumbiyaning gʻarbida doim sernam
va issiq, Ekvatorial And togʻlarining
Ekvador va Kolumbiya janubidagi qismida
togʻekvatorial iqlim. Materikning chekka
shimoliy va markazi, Ichki tekisliklar
shimoliy va Ekvador gʻarbi yoz sernam,
qish quruq boʻladigan subekvatorial issiq
mintaqada. Tropik issiq mintaqadagi
Braziliya yassitogʻligining sharqida yil
boʻyi sernam. Gran-Chakoda oʻrtacha
kontinental, Markaziy And togʻlari va
5°-28° j. k.
Riode-Janeyro shahridagi Pandi Asukar
togʻi orasidagi sohilda choʻl iqlimi.


Subtropik mintaqaning sharqi (Urugvay,
Ikki daryo oraligʻi va Pampaning
sharqi)da iqlim doim sernam, yoz issiq,
qish iliq, markazi (Pampaning gʻarbi,
Kordilyera togʻlari etagi)da kontinental,
yozda tez-tez jala yogʻib turadi, gʻarbi
(Chilining oʻrta qismi)da Oʻrta dengizga
xos, yoz quruq, qish seryogʻin. Moʻtadil
mintaqaning gʻarbi (Patagoniya, And
togʻlari)da yil boʻyi sernam, salqin; sharqi
(Patagoniya)da moʻtadil kontinental
iqlim. Eng koʻp yogʻin And togʻlarining
Kolumbiya gʻarbi va Chili janubidagi
shamolga roʻpara yon bagʻirlariga yogʻadi
(yiliga 5000 mm gacha). Amazoniya
gʻarbi, Gviana va Braziliya
yassitogʻlarining sharqiy yon bagʻri va


Parana platosida yiliga 2000- 3000 mm,
materik sharqining 35° j. k.gacha boʻlgan
qismida 1000-2000 mm, Patagoniya va
Kordilyera etaklarida 150-250 mm yogʻin
yogʻadi. Tinch okean sohilining 22-27° j.
k.lar orasida Atakama choʻli bor.
Subtropik va oʻrta kengliklar hamda togʻ
tropik iqlimli oʻlkalarda harorat
mavsumga qarab oʻzgarib turadi.
Materikning janubiy tropikkacha boʻlgan
hamma shimoliy tekislik qismida oʻrtacha
oylik temperatura 20-28°. Eng yuqori
temperatura Gran-Chakoda kuzatilgan
(47°). Qishda (iyul) oʻrtacha oylik
temperatura Braziliya yassitogʻligida 12-
16°, Pam-pada 6-10°, Patagoniya


platolarida 0° (eng past temperatura
−35°).
Yirik daryolari — Amazonka (havzasining
kattaligi va sersuvligi bilan Yer yuzida 1-
oʻrinda), Parana, Orinoko, Urugvay,
Magdalena, San-Fransisko va boshqa
Atlantika okeani havzasiga mansub. And
togʻlari ikki okean oʻrtasidagi asosiy
suvayirgichdir. Daryolar, asosan,
yomgʻirdan, togʻlardan boshlanadiganlari
esa qor va muzliklardan suv oladi. And
togʻlarining yil boʻyi sernam joylaridan
oqib tushuvchi daryolar katta
gidroenergiya resurelariga ega. And
togʻlaridagi daryolar serostona,
Ichki suvlari


sharshara (dunyodagi eng baland —
Anxel sharsharasi, 1054 m) koʻp. Ichki
oʻlkalarda daryolarning transport
ahamiyati katta. Yirik koʻllari Patagoniya,
And togʻlari va Chilining oʻrta qismidadir.
Markaziy And togʻlarida dunyoda eng
baland yirik tektonik koʻl — Titikaka
joylashgan. Materikning shimoliy va
janubi-sharqida lagunakoʻllar (Lagoa-
Mirin, Patus, Marakaybo) bor.
Janubiy Amerikaning 40° janubiy
kenglikgacha boʻlgan katta qismi
neotropik oblasti, janubiy qismi
Antarktika oblastiga mansub.
Materikning shimoliyda doim yashil
Tuproq va oʻsimliklari


oʻrmonlar, savanna va butalar hamda
laterit tuproqlar katta maydonni
egallagan. And togʻlarida balandlik
mintaqalari aniq sezilib turadi. Ekvatorial
sernam oʻrmon — gileyalar, asosan,
Amazoniya va Kolumbiya gʻarbida
joylashgan, ularning tuprogʻi
podzollashgan laterit tuproq. And
togʻlarining tekisliklarga tutashgan yon
bagʻirlarida togʻ gileyalari, yuqoriroqda
daraxtsimon paporotnik va bambuklar,
xin va koka daraxtlari, togʻ tepasida
boʻtalar oʻsadi, 3200 m balandlikdan togʻ
ekvatorial oʻtloqlari boshlanadi.
Ekvatorial oʻrmonlardan janubiy va
shim.da subekvatorial oʻrmonlar
joylashgan.


Lyanos-Orinoko tekisligining jan.,
Magdalena payettekisligi, Braziliya
yassitogʻligining shimolidagi qizil tuproqli
yerlarda sernam savannalar, materikning
shimoliy chekkasi va Braziliya
yassitogʻligining shim.-sharqidagi
qiziljigarrang va qizil-qoʻngʻir tuproqli
yerlarda sukkulent va butazor quruq
savannalar bor. Boʻz jigarrang tuproqli
Gran-Chakoda siyrak daraxtli quruq
oʻrmonlar koʻproq. Subtropiklarning
tuproq-oʻsimlik zonalari, xuddi Shimoliy
Amerikadagi kabi, asosan meridional
yoʻnalishda. Subtropik oʻrmonli dasht
zonasidagi qizgʻish-qora tuproqli yerlarda
qaragʻay oʻrmonlari, savannalar,
Kordilyera togʻlari etagidagi boʻz tuproqli


chala choʻl va choʻllarda tikanakli boʻta va
kaktuslar oʻsadi. Patagoniyadagi boʻz
tuproqli chala choʻllarda butalar, Janubiy
And togʻlaridagi qoʻngʻir tuproqlarda
aralash qalin oʻrmonlar bor. Janubiy
Amerika oziqovqat mahsulotlari, dori-
darmon, sanoat xom ashyosi va
qimmatbaho yogʻoch beradigan
oʻsimliklar (shokolad daraxti, kakao, xin
va qizil daraxtlar, geveya, kebracho va
boshqalar)ga boy.
Hayvonot dunyosi neotropik oblastga
mansub. Bu oblast Janubiy Amerikada
materikning shimoliy katta qismini oʻz
ichiga olgan Gviana-Braziliya kichik
oblasti va janubiy tekisliklar hamda And


togʻlarini (Ekvadorgacha) oʻz ichiga olgan
Patagoniya-And kichik oblastiga
boʻlinadi. Endemik hayvonlar (nandu
tuyaqushi va boshqalar) koʻp. Qalin
oʻrmonlarda keng burunli maymunlar,
yalqov, chumolixoʻr, daraxt jayrasi
(koendu), xaltali kalamush (opossum),
kinkaju ayigʻi, koʻrshapalaklar va boshqa
yashaydi. Yerda yashovchi hayvonlardan
qalqondor, tapir, yaguar, qora choʻchqa,
oʻrmon iti, hozirgi zamondagi eng yirik
kemiruvchi — suv choʻchqasi (kapibara)
bor. Daryolarida dare delfini (iniya),
timsoh, baliqlarning 2000 tacha turi va
daraxt baqalari yashaydi. Qushlar (toʻtilar,
kolibri, kondor va boshqalar) hamda
sudralib yuruvchilar (zaharli va boʻgʻma


ilonlar, kaltakesaklar) koʻp. Endemik
hasharotlar (ulkan kapalaklar,
chumolilar), savannalarda kiyik, nandu
tuyaqushi, kemiruvchilar bor. Materikning
janubiy qismidagi ochiq dasht va chala
choʻllarda puma, kiyik, pampa mushugi va
tulkisi, magellan iti, yoldor boʻri;
kemiruvchilardan vidra, botqoq nutriyasi,
mara, tuko-tuko, qushlardan burgut,
palamedeya va boshqa yashaydi.
11-asrda Abu Rayhon Beruniy Gʻarbiy
yarim sharda, yaʼni Atlantika okeanining
ortida katta quruqlik boʻlishi kerak deb
bashorat qilgan. Amerikaning
yevropaliklarga rasman kashf qilinishi
Geografik tadqiqotlar tarixi


Hindistonga, yaʼni Sharqiy va Jan.
Osiyoga gʻarbdan suv yoʻli orqali borishni
maqsad qilgan X. Kolumb
ekspeditsiyasidan boshlandi. 1498-yilda
X. Kolumb Trinidad orol va Janubiy
Amerikaning Orinoko daryosi deltasi
atrofidagi sohilini, 1499—1501-yillarda A.
Nino (A. Oxeda va A. Vespuchchi bilan
birga) va R. Bastidas boshchiligidagi
ispan ekspeditsiyalari materikning butun
shimoliy sohillarini, 1500-yilda
ispanlardan V. Ya. Pinson va D. Lepe
boshliq ekspeditsiyalar hamda portugal
P. Ya. Kabral ekspeditsiyasi sharqiy
sohilini kashf etdi. 1507-yilda
lotaringiyalik haritashunos M.
Valdzemyuller janubiy materikni


florensiyalik Amerigo Vespuchchi
sharafiga Amerika deb atashni taklif qildi.
1541-yildan keyin bu nom Shimoliy
Amerika uchun ham rayem boʻldi.
1516-yilda ispan dengizchisi X. D. Solis
Urugvay va Parana daryolarining quyi
oqimidagi yerlarni oʻrgandi. 1520-yilda F.
Magellan boshliq ispan ekspeditsiyasi
yana ham janubroqqa suzib bordi va
Patagoniya (hozirgi Magellan) boʻgʻozi
orqali oʻtib Tinch okeanga chiqdi.
Boʻgʻozning janubiy sohilini Magellan
Olovli Yer deb atadi. Janubiy Amerikaning
Tinch okean sohillarini ham 1522-58
yillarda ispan dengiz ekspeditsiyalari
oʻrgandi. 1578-yilda ingliz F. Dreyk Olovli


Yerning arxipelag ekanligini aniqladi.
1592-yilda ingliz D. Deyvis Atlantika
okeanining 52° j. k.da „Deva Yeri“ ni
tadqiq qildi. D. Strong „Yangi yer“ ni
oʻrganib, uni Folklend orollari deb atadi
(1690). Janubiy Amerika sohillarini
mustamlakaga aylantirish va ichki
qismlarini bosib olish indeyslarni koʻplab
oʻldirish va plantatsiyalarda qul qilib
ishlatish bilan birga davom etdi.
Mustamlakachilar boylik qidirish
maqsadida materikni turli yoʻnalishlarda
kesib oʻtdilar.
Janubiy Amerikaning Shim.-gʻarbiy va
Ekvatorial And togʻlarini hamda Orinoko
daryosi havzasini olimlardan A.


Gumboldt va fransuz E. Bonplan
kompleks oʻrgandilar (1799—1802).
Materik asosan 19-asr 1-yarmidan har
tomonlama tadqiq qilina boshlandi.
Janubiy Amerikada rus sayyoxlaridan A.
S. Ionin (1889-92), N. M. Albov (1895-96),
G. G. Manizer (1914—1915) va N. I.
Vavilov (1932—1933) boʻlgan.
Amerika yevropaliklarga maʼlum
boʻlgunga qadar Janubiy Amerika aholisi
indeys qabilalari va xalqlaridan iborat edi.
Ular bundan 17-20 ming yil ilgari
Osiyodan Bering boʻgʻozi, Shimoliy
Amerika orqali kirib borgan deb
hisoblanadi. Janubiy Amerikaga
Aholisi


yevropaliklar kelgach, mahalliy aholining
koʻpchiligi yuqumli kasalliklar, shafqatsiz
ekspluatatsiya va boshqa sabablar
tufayli qirilib ketgan. Janubiy Amerikaning
hozirgi axolisi Yevropadan koʻchib
borganlarning avlodlari va metislardan
(Afrikadan keltirilgan qullar bilan mahalliy
indeyslarning aralashuvidan) tashkil
topgan.
Antropologik jihatdan Janubiy Amerika
aholisi har xil: unda yevropoid,
mongoloid, ekvatorial (negravstraloid)
irklar aralashib ketgan. Kreol, metis,
mulat va sambo aholi guruhlari paydo
boʻlgan.


Janubiy Amerika aholisining koʻpchiligi,
asosan, portugal va ispan tillarida
gaplashadi. Pekin yirik mahalliy xalq
(kechua, aymara va atsteklar) oʻz ona
tillarini saqlab kelmoqda. Afrikadan
keltirilgan negr avlodlari oʻz ona tilini
saqlamagan.
Janubiy Amerika aholisini etnik
xususiyatlari va tarqalishiga koʻra shartli
ravishda uchga bulish mumkin: 1.
Boliviya, Peru, Paragvay va Chilida,
asosan, metis, indeys, yevropaliklar
avlodi yashaydi. 2. Urugvay va Argentina
aholisining koʻpchiligini yevropaliklar
tashkil etadi. 3. Indeys, metis,
yevropaliklar avlodidan tashqari soni va


etnogenezi jihatdan koʻpchilikni tashkil
qilgan negrlar Braziliya, Kolumbiya,
Benesuela va Ekvadorda yashaydi.
Janubiy Amerika aholisining koʻpchiligi,
asosan, xristian diniga eʼtiqod qiladi.
Negrlar va mulatlar oʻrtasida katolitsizm
bilan birga afrikaliklarning anʼanaviy
dinlari va odatlari saqlanib kelmoqda.
Togʻlik joylarda yashovchi indeyslarning
ayrim qabilalarigina ibtidoiy diniga eʼtiqod
qiladi.
Janubiy Amerikaning hozirgi siyosiy
haritasi, asosan, koʻpgina davlatlarning
mustaqillik uchun olib borgan kurashi va
Ikkinchi jahon urushidan keyingi siyosiy va
Siyosiy boʻlinishi


ijtimoiy oʻzgarishlar natijasida vujudga
keldi.
[3]


Bayroq
Gerbi
Nomi
M
Argentina Argentina
Andoza:Coat
of Arms
Boliviya
1
Andoza:Coat
of Arms
Braziliya
8
Andoza:Country
data CHL
Andoza:Coat
of Arms
Chili
Janubiy Amerika
mamlakatlari


Bayroq
Gerbi
Nomi
M
Andoza:Coat
of Arms
Ekvador
Andoza:Coat
of Arms
Gayana
Andoza:Coat
of Arms
Kolumbiya 1
Andoza:Country
data PRY
Andoza:Coat
of Arms
Paragvay
Andoza:Coat
of Arms
Peru
1
Andoza:Coat
of Arms
Surinam


Bayroq
Gerbi
Nomi
M
Andoza:Coat
of Arms
Urugvay
Andoza:Coat
of Arms
Venesuela
Jami
12
17
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar


1. 
„South America“ (http://www.britannica.c
om/EBchecked/topic/555844/South-Ame
rica) . Encyclopædia Britannica.
2. 
„Map And Details Of All 7 Continents“ (htt
p://www.worldatlas.com/aatlas/infopag
e/contnent.htm) . worldatlas.com. — „In
some parts of the world students are
taught that there are only six continents,
as they combine North America and
South America into one continent called
the Americas.“. Qaraldi: 2-sentabr 2016-
yil.
3. 
"Janubiy Amerika" OʻzME. J-harfi (http://n.
ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensi
klopediyasi/O%CA%BBzbekiston%20Milli
Manbalar


y%20Ensiklopediyasi%20-%20J%20harfi.p
df) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Vikiomborda 
Janubiy Amerika
haqida turkum mavjud
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Janubiy_Amerika&oldid=36175
11" dan olindi
Havolalar


Bu sahifa oxirgi marta 16-Mart 2023, 07:50 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 88.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling