Janubiy korea


Download 320.3 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi320.3 Kb.
#1070793
  1   2   3
Bog'liq
KOREA

JANUBIY KOREA


Kareya tarixi
Arxeologik topilmalar daliliga asosan Koreyslar Koreya yarimorolini Ilk Paleolit davrida egallagan. Koreya tarixi eramizdan avvalgi 2333-yil Tanginning afsonaviy tarzda Koʻchoʻsonga asos solishi bilan boshlanadi.[7]
Tanginning qirolligi "Choʻson" deb atalgan (ammo, hozirgi kunda yaqin davrdagi Choʻson sulolasidan farqlash uchun Koʻchoʻson yoki Qadimgi Choʻson deb ataladi). Koʻchoʻson Koreya yarimoroli shimoli va Manjuriyaning bir qismini egallashgacha kengaydi. Xitoyning Han sulolasi bilan bir necha urushlardan keyin, Koʻchoʻson parchalanib, bir necha davlatlarga boʻlinib ketdi va Koreyaning Uch Qirollik Timsoli davriga olib keldi.
Uch Qirollik timsoli davri davomida Buyo, Okcho, Doʻngyo va Samhan birlashmasi Koreya yarimoroli va janubiy Manchuriyani egallab oldi. Aynan shu davrda Uch Qirollik ravnaq topdi.
Uch Qirollik davri
Eramizdan avvalgi 57-yillarda Uch Qirollik boshlandi va Silla 668-yilda Koguryo ustidan yarimorolni birlashtirguncha kengayib bordi. Bu davrda Koguryo, Pekche, Silla va Kaya yarim orolga hukmronlik qildi. Lekin Koʻruryo umuman olganda uch qirollikning eng kuchli va eng kattasi edi. Eng gullagan davrida Koʻguryo Manjuriyadagi Xitoy yerlariga hujum qildi va egallab olib katta yerga hukmronlik qildi.

Janubiy Koreyaning madaniyati: Bilishimiz kerak bolgan 5 koreys uruf-odatlari.

1. To`y marosimi Koreyaliklar to'ylarini ikki shaklda — g'arbiy va an'anaviy ravishda nishonlaydilar. An'anaviy to'ylar bog'larda, daraxtlar, suv havzalari va bayramona milliy xanbok libosini kiygan mehmonlar orasida o'tkaziladi. Bog'ning markazida baland to'y stoli turadi — teresan, uning ikki tomonida esa kelin va kuyov o'tiradi. Kuyov sharq tomonda «yan», kelin esa — g'arbda — «in» ramzini ifodalab o'tirishi kerak. To'y dasturxonining an'anaviy atributlari — yuyuba mevasi, kashtan va tovuq. Ularning barchasi yaxshi tilaklarni — uzoq umr, baxt va hosildorlikni anglatadi. To'y marosimida ko'k va qizil shamchalar alohida o'ringa ega. Kuyov va kelinning onalari zalga kirib, ularni «yan» va «in» ramzlari sifatida yoqishadi.


To'y ikki bosqichdan iborat bo'ladi: birinchisi yelpig'ichni ochish va ziyofatboshi — «chimne» — «Hen chxinyonne!» («Marosim boshlandi!») deb baqirishidan boshlanadi. Ikkinchi bosqichida esa «kyobere» — kuyov va kelin bir biriga tazim qilish marosimi bo`lib o`tadi. Shundan so'ng marosimning asosiy qismi — «hapkil-le» boshlanadi. Kelin va kuyov uch piyola spirtli ichimlik ichishadi. Birinchisi osmon va yerga qasamyodni anglatadi, ikkinchisi — turmush o'rtoqlarning nikoh va'dasi, uchinchisi — umrbod sevish, qadrlash va hamjihatlikda yashashga qat'iy va'da. Uchinchi piyola sifatida o'rtasidan bo'lingan oshqovoqning ikki qismi ishlatiladi. Kelin va kuyov piyolalarni almashib, ichidagini ichishadi va keyin yana birlashtirishadi.

Download 320.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling