Janubiy Orol dengizi bo’yi Qoraqalpoqlarining moddiy madaniyati
Download 15.44 Kb.
|
Perevod 2
Janubiy Orol dengizi bo’yi Qoraqalpoqlarining moddiy madaniyati (19 asr oxiri-20 asr boshi) Qoraqalpog’istonning yangi tarixida ahamiyatli masalalar va muammolarning biri-Amudaryo deltasidagi qoraqalpoqlarning moddiy va ma’naviy me’roslarin yangicha, milliy g’oya va milliy ideologiya ko’z qarashlarida haqiqiy, ilmiy – pedagogik aspektda o’rganish va baholash zarur. Qoraqalpoqlarning moddiy madaniyati bo’yicha etnograflardan A.S.Morozova [1], A.T.Jdanko [2], R.Qosbergenov [3], I.V.Savitskiy ishlari bor. Janubiy Orol dengizi bo’yi Qoraqalpoqlarining moddiy madaniyatlariga ota-bobolarimizning makon joylari, qo’rg’on-qa’lalari, muxaddas joylar (masjid, madrasa, qabristonlar), yashash manzillar (oq o’tov), kiyimlari, ovqatlari, hunarmandchilik, kashtashilik turlari tadqiq etildi. Qoraqalpoqlarning ma’naviy madaniyati bebaho me’roslari (shajara, dostonlar, tarixiy qo’shiqlar, afsonalar) xalqning urf-odat dasturlari, shuningdek ularning xususiyatlari milliy g’oya mafkurasi jihatlaridan tadqiq etilmoqda. Janubiy Orol dengizi bo’yi Amudaryo delasidagi Qoraqalpoqlarining moddiy va nomoddiy madaniyatlari ekologik aspektta tadqiq etilmay qolmoqda. Ajdodlarimiz to’rt asrdan buyon Orol dengizi bo’ylarida tabiiy biologic va ekologik qiyin holatda yashab, ko’nligib hayot uchun kurashib kelgan. Ota-bobolarimiz qurgan loydan ishlangan g’ishtli, loy devorlar, qo’rg’on qa’lalar eskirib, unrab “tarixiy” ahamiyatin yo’qotib, namlikdan va cho’rlikdan “yo’q bo’lish” oldida turibdi. Bebaho obiektlarni, eko madaniyat yodgorliklarin o’rganish, ularni belgilab qo’yish kerak. 19 asr oxiri-20 asr boshida Amudaryo deltasidagi Qoraqalpoqlarning musulmon maktablari va madrasa-masjidlarning bilim va tarbiyadagi harakati “oq podishoh”ning qufiyo farmoni bilan cheklangan holatda, nazorat qilishga harakat qilgan. MAsalan “Qum ozek” diniy ulamolarining “waqim” jyerlarin olgan, iqtisodiy qisuvda (blokada) bo’lgan. Iyshan qa’ladagi Atag’ullaning masjid madrasasida yoshlarni ta’limi nazoratda bo’lgan. Chimoliy hududdagi “Qaraqum” musulmon masjid madrasasining ta’lim va tarbiya harakatlari 1916 yilgi “mardikor” voqeasidan keyin “oq podishoh”ning nazoratiga olingan. Janubiy Orol dengizi bo’yi Qoraqalpoq xalqining ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot tarzi har zamonda, har davrda muntazam rivojlanish bo’lmaganligi aniq. Ota-bobolarimiz mustaqillikgacha bo’lgan qiyin va mashaqqatli yo’llarni bosib o’tdi. Janubiy Orol dengizi bo’yi titul etnos-qoraqalpoqlarning moddiy va nomoddiy madaniyatin ilmiy-pedagogik aspektda tadqiq etish, bilim va ta’lim tarbiya ishlarida foydalanish hozirgi zamonning ahamiyatli vazifasi bo’lib sanaladi. REFERENCE 1. Morozova A.S. Култура домашного быта каракалпаков 19 начало 20 в. -Т.: 1954. 2. Жданко Т.А. Каракалпаки Хорезмского оазиса. Труды ХАЭЭ том1. М 1952. 3. Косбергенов Р. Коракалпогистоннинг Россияга кушилиши. -Н., 1972. 4. Савицкий И.В. Народное прикладное искусство каракалпаков. -Т. 1965. Download 15.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling