Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Kapitalni chetga chiqarish sabablari


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Kapitalni chetga chiqarish sabablari 
 
Kapitalizm rivojining dastlabki bosqichlarida kapitalni chetga chiqarish tovarlarni 
chiqarishga nisbatan kamroq edi.
Kapitalning chetga chiqarilishining asosiy sababi -uning "ortiqchaligi". Ortiqcha kapital 
deyilganda kapitalning shunday ko‘pligi tushuniladiki, uning uchun foyda me’yorining pasayishi 
uning miqdori bilan tenglashmaydi. Yoki bunday kapitallar miqdori mustaqil ish ko‘rishga qodir 


emas.
Shu munosabat bilan kapitalni chetga chiqarishni rag‘batlantiruvchi kapital mo‘l-
ko‘lligining ikki jihati ta’kidlab o‘tiladi:
1. Foyda me’yorini pasayishi tamoyili qonunining amal qilishi.
2. Xo‘jalikning eng muhim sohalarida eng yirik monopoliyalar hukmronligining qaror 
topishi natijasida ichki kapitalning tarmoqlararo oqib yurishining qiyinlashishi. 
Kapitalning ko‘pligi uning chetga chiqarilishi uchun birdan-bir sabab bo‘lishi 
mumkinmi? 
Agar dastlab kapital mamlakat ichida foyda me’yorlarini pasaytirib yuboruvchi 
jamg‘armaning ko‘p miqdorda yig‘ilib qolishi xavfi tug‘ilgan taqdirdagina chetga chiqarilgan 
bo‘lsa, hozirda ichki investitsiyalar uchun mablag‘ nisbatan yetishmay qolgan taqdirda eksport 
qilinmoqda.
Xo‘sh, nega endi kompaniyalar ichki investitsiyalar imkoniyatlaridan to‘la foydalanmay 
turib hozir chetga chiqishadi? Buning ustiga ular o‘z mamlakatidagi investitsiya talablarini 
qondirish uchun ko‘pincha kapitalni import qilishga o‘tishadi. Gap shundaki, jahon 
iqtisodiyotining hozirgi sharoitlarida:
1. Kompaniyalarning jamg‘arma miqyoslarini (ishlab chiqarishni) kengaytirishga bo‘lgan 
talablari keskin ortib ketdi. Bunga sabab - qayta ishlab chiqarish jarayoni mantiqiy bo‘lib, u 
kompaniyaning eng muvofiq (optimal) hajmlari muttasil o‘sib borishini talab qiladi: ular raqobat 
qurboni bo‘lmasligi uchun kengayishlari kerak. Agar XX asr boshlarida kapitalistik firmalar 
ishlab chiqarish ko‘lamini oshirishga, o‘z milliy hududlari doirasida yangi bozorlarni egallab 
olishga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lgan bo‘lsalar, hozir korxonalar 
ko‘lamining muvofiq hajmlarining ortishi munosabati bilan ularning ko‘plari uchun milliy 
doiralar har qachongidan ham tor bo‘lib qoldi. Yirik kompaniyalar uchun ko‘pincha kapitalni 
chetda investitsiya qilishdan boshqa chora qolmaydi. Jamg‘armaning hozirgi miqyosi ta’sirida 
chetga kapital chiqarish qayta ishlab chiqarish jarayonining uzviy elementiga aylanib qolyapti. 
Zero, milliy iqtisodda monopollashuv darajasining o‘sishi kapitallarning tarmoqlararo yurishini 
qiyinlashtirib yubordi. 
2. Milliy iqtisod tarmoqlarini monopollashtirish kuchaydi. Monopoliyalar foyda 
miqdorini oshirish ketidan quvib, endilikda yangi bozorlarga egalik qilish, raqiblarni siqib 
chiqarish, kutilayotgan imkoniyatli raqobatdan o‘zini ehtiyot qilish maqsadida ortiqcha ishlab 
chiqarish xavfi tug‘ilishidan ancha oldin kapitalni eksport qila boshlaydi.
Bu shu bilan izohlanadiki, mamlakat ichkarisidagi tarmoqlar shu qadar 
monopollashganki, raqiblarning bu tarmoqlarga kapital sarflashi uchun yetarli to‘siq qo‘yilgan. 
Xalqaro kompaniyalar istiqbolda tarmoqni keyingi investitsiyalar uchun zahira sifatida qoldirib, 
yangi bozorlarni bosib olish va chet eldagi raqiblarini siqib chiqarish uchun kapitallardan 
foydalanish sohalarini kengaytirishga intiladi. 
3. Ishlab chiqarishning internatsionallashuvi jadal sur’atlar bilan davom etadi.
Agar XIX asr oxirlarida kapitalni chetga chiqarish faqat uning haddan tashqari yig‘ilib 
qolishi tufayli yuz bergan bo‘lsa, hozirda chet el investitsiyasining eng muhim iqtisodiy 
sabablaridan biri, yuqoridagi bilan bir qatorda ishlab chiqarish internatsionallashuvi jarayonining 
chuqurlashishi bo‘ldi. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida ayrim trans va ko‘p millatli kondernlar 
doirasida ichki firmalar mehnat taqsimoti xalqaro mehnat taqsimoti bilan qo‘shilib ketadi, bu esa 
milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirdi. Buni faqat savdo aloqalari bilan 
emas, balki turli mamlakat firmalari o‘rtasidagi barqaror ishlab chiqarish va texnalogik aloqalar
xalqaro ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish jarayonlarining rivoji bilan tushuntirish mumkin.
4. Ayrim transmilliy korporatsiya yoki moliyaviy guruh doirasidagi kapital harakati soliq 
to‘lashdan bosh tortish, valuta kurslari farqi orqali foyda olish kabi savdo-chay-qovchilik 
maqsadlarni ko‘zlash tufayli ham yuz berishi mumkin. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling