Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Bu usullar mohiyati to‘grisida
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Bu usullar mohiyati to‘grisida
Chet eldagi firmalarining akiiyalarini yakka o‘zi egallashdan ushbu mamlakatlarning xususiy kapital egalariga (qo‘shma firmalar orqali), ba’zida davlatga (aralash firmalar orqali) ularning aksiyalarini sotib olishga ruxsat berishga o‘tish quyidagilar bilan belgilanadi: 1. Fan-texnika inqilobi rivoji bilan (ko‘proq rivojlangan mamlakatlarda). 2. Milliy hukumatlarning chet el kapitaliga munosabati bilan (asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda). Fanning va ishlab chiqarishning bugungi talabi ko‘pincha ayrim, hatto eng yirik monopoliyalar imkoniyatlaridan ham ortib ketyapti. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlardagi chet ellik investor, mahalliy kapitalning ishtiroki quyidagilarni yengillashtiradi, deb umid qiladi: - zamonaviy texnologik jarayonlarni joriy etishni osonlashtiradi; - mahalliy sherigining ishlab chiqarishiga kirishiga, uning yuksak malakali xodimlariga, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan sotish shahobchalari va mijozlariga kreditlar olishga yo‘l ochadi; - kerakli maxsus axborot-ma’lumotlar bilan ta’minlaydi; - "o‘z" tadbirkorlari uchun mahalliy hukumat belgilagan imtiyozlardan foydalanish imkoni tug‘iladi. Rivojlanayottan mamlakatlarga kelsak, bu yerda ko‘pchilik chet el kompaniyalari ularning faoliyatini tartibga solib turuvchi ichki normalar bilan bog‘liq muammolarni chetlab o‘tish maqsadida milliy firmalarni sherikchilikka oladilar. Chunki bu sheriklar chet ellik kompaniyalar uchun zarur bo‘lgan texnik bilimga, boshqarish tajribasiga ega emas. Ularning kapitali ham qiziqish uyg‘otmaydi. Bundan tashqari, yosh davlatlarning hukumati o‘z hududlarida xalqaro korporatsiyalarning yagona o‘zi nazorat qiladigan sho‘ba jamiyatlarini ta’sis etishga umuman ruxsat berishmaydi. Yana transmilliy korporatsiyalar va millatlararo korporatsiyalar o‘z mulkini milliylashtirish yoki ekspropriatsiya qilishdan qutqarish maqsadida ham rivojlanayotgan mamlakatlar hududida kapitalga birgalikda egalik qilishga rozi bo‘ladilar. Keyingi yillarda, rivojlangan mamlakatlardagi milliy hukumatning bevosita investitsiyalarga bo‘lgan munosabati o‘zgardi va bu bilan ularni ma’lum davrga cheklashlarni joriy etish real bo‘lib qoldi. Qo‘shma aksiyadorlik kapitali yo‘li bilan chet el filiallarini ta’sis etish ana shu cheklashlarni chetlab o‘tish, xalqaro kompaniyalar mulkiga nisbatan kamsitishlarning oldini olish yo‘llaridan biri bo‘ldi. Mutaxassislarning bergan bahosiga ko‘ra, mulkka "jamoa bo‘lib" egalik qilish qayd etilgan ikkala tizimda tobora o‘sib boradi, lekin hozircha bu rivojlanayotgan mamlakatlarda ustunlik qilmoqda. Chet el davlatlari iqtisodida trans va ko‘p millatli konsernlarni joriy etishning an’anaviy usullarining o‘zgarishi bitimlar ahamiyatining tobora o‘sib borayotganida ko‘rinadiki, ular o‘z mazmuniga ko‘ra chet el sherigining aksiyalarini shunchalik sotib olishni emas, balki chet elda yangi firmalarni ta’sis etishni bildiradi. Chet elda investitsiya qilingan kapital uzoq davr mobaynida ko‘proq yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga emas, balki mahalliy kompaniyalarni sotib olishga sarflandi. Buning ustiga, agar rivojlangan mamlakatlarda mahalliy nazorat ostida bo‘lgan milliy kompaniyalar aksiyalarini sotib olish hozircha xalqaro kompaniyalar tomonidan chet el filiallarini sotib olishning asosiy shakli bo‘lsa, rivojlanayotgan davlatlarda bunday filiallar endi ko‘proq yangi firmalarni ta’sis etish vositasida paydo bo‘lmoqda. Bu quyidagilar bilan izoxlanadi: - yosh davlatlar hukumatining chet elliklar tomonidan milliy kompaniyalarni sotib olinishiga nisbatan ancha qat’iy yo‘l tutayotganligi; - bu davlatlarning ko‘pchiligi hozircha qayta ishlash sanoatini qaror toptirish, shakllantirish davrini boshidan kechiryapti, shuning uchun ko‘pincha bu sohada u yerda sotib oladigan narsaning o‘zi bo‘lmaydi. Buning ustiga barpo etilayotgan sanoat korxonalari ko‘pincha chet el kapitali tomonidan nazorat qilinayetgan yagona texnologik komplekslarning bir bo‘g‘inidan boshqa narsa emas. Xalqaro monopoliyalarningchetdavlatlarga, birinchi navbatda, rivojlanayotgan davlatlarga kirib borish usullari orasida texnologiyalar, asbob-uskunalar yetkazib berish, mutaxassislarni tayyorlash to‘g‘risida mahalliy firmalar bilan uzoq muddatga tuzilayoggan shartnomalar ahamiyati ortab boryapti. Qo‘shma jamiyatlar ham keng quloch yoymoqda. Ular endi mulkka egalik qilishga emas, balki shartnoma aloqalariga tayanib ish ko‘rmokda. Bunday sharoitda chet ellik sheriklar o‘z korxonalarini barpo etishmaydi. Bunday jamiyatda ishtirok etayotgan chet el kompaniyasi uning mahsulotlarining bir qismiga egalik qilishga haqqi bo‘ladi, ba’zida ularning narxi kreditlar, asbob-uskunalar va xilma- xil xizmatlarni yetkazib berish evaziga jahon narxidan ham past bo‘ladi. Chet ellik sherigining qarzidan qutilganidan keyin u shartnomada ko‘rsatilgan muddat davomida mahsulotning o‘z ulushini endi jahon narxlari bilan olish huquqini saqlab qolishi mumkin. G‘arb iqtisodchilarining bashoratlariga ko‘ra, xalqaro biznes sohasidagi o‘zaro munosabatlar kelgusida egalik qilishga emas, ko‘proq shartnomalar, bitimlarga asoslanadi. Bunga sabab chet ellardagi bevosita investitsiyalarning nisbatan qisqarishi bo‘lishi mumkin, chunki kapital import qilayotgan mamlakatlarda u tobora ko‘proq qarshilikka uchrayapti (birinchi navbatda rivojlanayottan mamlakatlarda), istiqbolda esa investitsiya umuman ta’qiqlab qo‘yilishi mumkin. Bundan tashqari, trans va ko‘p millatli konsernlar mulkka egalik qilishdan shartnoma munosabatlariga o‘tar ekan, chet eldagi yuridik jihatdan mustaqil firmalarning ularning aksiyadorlik kapitalida qatnashishi va shaxsiy aloqalari orqali emas, balki bu firmalarni texnologik va tashkiliy jihatdan o‘ziga tobe qilish orqali boshqarish imkoniga ega bo‘lishadi. Ushbu bobga shunday xulosa yasash mumkin: Kapitallarning xalqaro harakati — bu kapitalni chet elda dastavval foyda olish maqsadida joylashtirish va ishlatish. Avvalda kapitalning ortiqchaligi, mo‘l-ko‘lligi uning chetga chiqarilishining bosh sababidir. Hozirgi sharoitda u ichki investitsiya uchun nisbatan yetishmagan taqdirda ham eksport qilinadi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi: 1. Kompaniyalarning ishlab chiqarish umumiy miqyoslarini kengaytirishga bo‘lgan talablarining keskin oshishi; 2. Milliy iqtisod tarmoqlarini monopollashtirishning kuchayishi; 3. Ishlab chiqarish internatsionallashuvining jadallashishi; 4. Soliqlarni to‘lashdan bosh tortish, valuta kursi farqlari orqali foyda olish kabi savdo- chayqovchilik maqsadlarida kapitalni chetga olib chiqilishi. Jahon iqtisodi tadrijiy rivojlangani sari kapital olib chiqishning sabablari o‘zgaradi. Jamg‘arma va kapitalni chetga chiqarish jarayonlarida yangi sifat tavsiflari paydo bo‘ladi. Jumladan, bevosita xususiy investitsiyalarni rivojlantirishda kapitalni import qiladigan mamlakatlarda qo‘shma jamiyatlarni barpo etish, chet el firmalari bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzish, chet elda yangi sho‘ba korxonalar barpo etishga bo‘lgan moyillik tobora ko‘proq ahamiyat kasb etib bormokda. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling