Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
SEMINAR MASHG‘ULOTI REJASI
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
SEMINAR MASHG‘ULOTI REJASI
1. Kapital migratsiyasining mohiyati va asosiy shakllarini tushuntiring. 2. Bevosita va portfelli investitsiyalarning mohiyati, xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalarini tushuntiring. 3. Kapitalni chetga olib chiqarishning asosiy sabablari qanday va nima uchun o‘zgaradi? 4. Kapitalni jamg‘arish va chetga chiqarish jarayonlarida hozirgi tendensiyalarning xususiyatlari va sabablarini tavsiflang. ADABIYOTLAR 1. Karimov I.A. Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo‘lida izchil borish — asosiy vazifamiz. "Xalq so‘zi", 2004 yil. 10 fevral. 2. Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. М., 1998. 3. Ломакин В.К. Мировая экономика. М., Финансы, ЮНИТИ. 1998. 4. РаджабоваЗ.К. Мировая экономика. М„ ИНФРА. 2004. 5. Рибалшн В.Е. Международные экономические отношения. М., 1998. 6. Семёнов В.Е. Международные экономичекие отношения. М., 1998. 7. Тэор Т.Р. Мировая экономика — СП. Питер, 2001. 8. World Investment Report, UN, 1997-2000. 9. Trade and Development Report, 2000, UN, New York, 2000. 10. Salvatore Dominic. International Economics. Fifth Ed. USA, New Jersey, 1995. 5-BOB ISHCHI KUCHINING XALQARO MIGRATSIYASI Ishchi kuchi xalqaro migratsiyasining sabablari va evolutsiyasi Odamlarni bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko‘chib yurishga undovchi sabablar juda ko‘plab iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa omillarga bog‘liq. Ularning birga qo‘shilib ketishi va birinchi o‘ringa chiqishi ham turli mamlakatlar va mintaqa, ham vaqtiga qarab farqlanadi. Hozirgi sharoitda eng ko‘p tarqalganlari quyidagilar: 1) Teng mehnat uchun to‘lanadigan ish haqidagi milliy farqlar; 2) dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalaridagi aholining o‘sish nisbati bir xil emasligi; 3) siyosiy, ijtimoiy, milliy-irqiy, diniy va boshqa sabablar. "Aholi migratsiyasi" tushunchasi odamlarning ma’lum hududlar chegarasidan o‘tib, boshqa yerlarga joylashishini va muhim turar-joyini o‘zgartirishi yoki shu yerga qaytib kelishini bildiradi. Bundan tashqari, xalqaro (tashqi) migratsiya ham mehnat qilish uchun, oilaviy, turistik va hokazo shakllarda namoyon bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, avvalo xalqaro mehnat migratsiyasi muammolari, jahon bozorlari, xususan, mahsulot, xizmat turlari, kapital bozorlari qatori mavjud bo‘lgan xalqaro ishchi kuchi bozorining rivojlanish jarayonlari e’tiborga sazovor. Ishchi kuchi bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga o‘tar ekan, u tovar sifatida o‘zini bozorga soladi, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida ishtirok etadi. Hozirgi zamon xalqaro mehnat bozorida ishchi kuchi milliy hududlardan oshib o‘tib, turli oqimlarga bo‘linib ketishini nazarda tutadi. Shu tariqa xalqaro mehnat bozori milliy, mintaqaviy ishchi kuchi bozorlarini birlashtiradi va ishchi kuchi migratsiyasi shaklida namoyon bo‘ladi. Mehnat resurslarining xalqaro migratsiyaga olib keladigan eng muhim ro‘kachlar va sabablar orasida iqtisodiy va noiqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan turli omillari mavjud. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan sabablar deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1) Biror-bir mamlakatda iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoat taraqqiyoti darajasidagi tafovutlar (amaldagi tajriba shuni ko‘rsatadiki, ishchi kuchi asosan tur-mush darajasi past bo‘lgan mamlakatlardan darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga migratsiya qiladi); 2) ish haqi mikdoridagi millatlararo farq; 3) ayrim mamlakatlarda, avvalo, kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lgan surunkasiga ishsizlik; 4) kapitalning xalqaro harakati hamda xalqaro korporatsiyalar faoliyati (ma’lumki, korporatsiyalar yo ishchi kuchini kapitalga yaqinlashtiradi, yoki o‘z kapitalini mehnat resurslari ko‘p bo‘lgan mintaqalarga olib boradi), ishchi kuchining kapital bilan birlashib ketishiga ko‘maklashadi. Mutaxassislar ishchi kuchining noiqtisodiy migratsiya sabablari qatoriga siyosiy, milliy, diniy, irqiy, oilaviy va boshqa jihatlarni birga qo‘shib izohlaydilar. Keyingi paytlarda aloqa vositalari, transportda ro‘y bergan sezilarli rivojlanish, o‘z navbatida, hozirgi zamon xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini ancha kuchaytirib yubordi. Mamlakatlararo ishchi kuchi migratsiyasining bugunga tarixi uning bir necha muhim yo‘nalishlarini aniqlashga imkon beradi. Bular kuyidagilardan iborat: 1) Rivojlanayotgan mamlakatlardan sanoati rivojlangan mintaqalarga migratsiya; 2) sanoati rivojlangan mintaqalar doirasida migratsiya; 3) rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ishchi kuchi migratsiyasi; 4) sobiq sotsialistik mamlakatlardan sanoati rivojlangan mamlakatlarga ishchi kuchi migratsiyasi (rivojlanayotgan mamlakatlardan sanoati rivojlangan mamlakatlarda bo‘layotgan migratsiya kabi); 5) sanoati rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislar mifatsiyasi. Migratsiya sabablari, uning ijtimoiy strukturasi tarixiy ko‘chib yurish xarakteriga ega, ya’ni u ko‘pgina ichki va tashqi omillarga bog‘liq. Masalan, XIX asrning 60-yillari oxirlarigacha dunyoning yetakchi kapitalistik mamlakatlaridagi sanoat rivoji tufayli ko‘proq sanoat ishchilari xalqaro migratsiyasi yuz bergan. U "eski migratsiya" nomini olgan. XIX asrning uchinchi choragi va XX asrining birinchi yarmida migratsion oqimlarga xonavayron bo‘lgan dehqonlar ommasi - "yangi migratsiya" kelib qo‘shildi va yetakchi rol o‘ynadi. Bu bosqichni bir tomondan, agrar sektoridagi tanglik, ishlab chiqarishning iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlari. Ikkinchi tomondan, sanoat ko‘lamining ortishi va shunga tegishli ravishda malakasiz ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘sishi keltirib chiqargan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin 100 minglab ziyolilar vakillarining xalqaro mehnat migratsiyasiga kelib qo‘shilishi - "aqlli-idrokli odamlarning boshqa yurtlarga o‘tib ketishi" Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling