Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
(brain drain) yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Bu shu bilan bog‘liq ediki, fan-texnika
taraqqiyoti hozirgi zamon mehnat migratsiyasi omillari ichida yetakchi rol o‘ynadi, uning taraqqiyoti rivojlangan davlatlarda malakali chet el ishchi kuchiga bo‘lgan talabni ko‘p jihatdan belgilab berdi. Yangi ishlab chiqarishning fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq tarmoqlarini shakllantirish yuksak rivojlangan mamlakatlarda 50-60-yillarda malakali ishchi kuchiga talabning oshishiga olib keldi. Zero, bu davrda malakali mehnat resurslariga bo‘lgan talab asosan mahalliy aholi hisobiga qondirildi. Lekin bunday ishlab chiqarishlar juda oz edi. Ko‘pgina boshqa sohalarda qo‘l mehnati saqlanib qolgan, oqibatda, ishlab chiqarish tarmoqlarining malakali ishchilarga bo‘lgan talabining ortishi natijasida ishchi kuchining bu tarmoqlarga ko‘chib o‘tishi yuz berdi. Jismoniy kuch ko‘p talab qilinadigan, ish haqi nisbatan kam to‘lanadigan bo‘shab qolgan ish joylariga esa sustroq rivojlangan mamlakatlardan ishchi kuchlari jalb qilina boshlandi (iqtisod rivojidagi pog‘onalilik). Fan-texnika taraqqiyotining yangi bosqichida bunday mexanizm o‘zgardi. G‘arbning gurkirab rivojlanayotgan yetakchi mamlakatlarida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish natijasida malakasiz ishchi kuchiga bo‘lgan talab ancha kamaydi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti yuksak malakali kadrlarga; muhandisga, mutaxassislarga, ilmiy xodimlarga bo‘lgan talabni ancha oshirib yubordi. Lekin malakaviy ta’limning mavjud tizimi talabni to‘la qondira olmaydi, bunga bo‘lgan ehtiyoj ko‘pincha boshqa mamlakatlardan kadrlar import qilinishi hisobiga ta’minlanardi. Shuning uchun chet el ishchi kuchi tarkibida tayyorlangan mutaxassislar ulushi tobora orta bordi. Masalan, GFRga chiqib ketgan turk ishchilarining umumiy sonida malakali ishchilar 1970 yilda 27%, 1976 yilda esa 73% ni tashkil etdi. Shunday qilib, agar rivojlangan mamlakatlarda qo‘shimcha "qo‘llarga" bo‘lgan talab keyingi yillarda pasaygan ekan, bu hech ham "aqlli-idrokli" odamlarni import qilish kamaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Mehnatkashlarning xalqaro migratsion oqimlariga oliy ilmiy unvonlar, diplomlar va bilimlarga ega bo‘lgan minglab olimlar, muhandislar, iqtisodchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislar kelib qo‘shilyapti. Birgina 1993 yilning o‘zida AQSHga chet eldan 23,5 ming immigrant olim va muhandislar keldi. Immigrantlar safida ilgari ko‘rilmagan ishchi kuchlari turining paydo bo‘lishi uning safarbarligiga, hatto, o‘sha aholi ko‘chib yurishining harakat-lantiruvchi kuchlari qatoriga ko‘plab yangi immigrantlarning kelib qo‘shilishini anglatardi. Jumladan, an’anaviy sabablar bilan (ish haqi, turmush sharoiti, siyosiy, irqiy, milliy va boshqa sabablar) bir qatorda, ilmiy tadqiqotlar uchun sharoitning yo‘qligi, olimlar, kashfiyotchilar, konstruktorlar va boshqalarning haq-huqukdari, ularni mukofotlash, taqdirlashdagi juda katta farqlar singari sabablar ham bor edi. Hisob-kitoblarga qaraganda, rivojlanayotgan mamlakatlar 70-yillarda AQSHda terapevt va xirurglarning har yilgi o‘sishining 25-50%i, olimlarning 20%i, muhandislarning 25-50%ini ta’minlab topgan. Masalan 80- yillarning boshlarigaga kelib, Buyuk Britaniyada arab mamlakatlaridan salkam 600 olim, 6,4 ming shifokor va 45 mingdan ortiq universitet ma’lumotiga ega kishilar ishlagan. 80-yillarning o‘rtalarida AQSH va G‘arbiy Yevropada ishlagan Eron shifokorlarining soni o‘zlaridagiga qaraganda ko‘p edi. 40 mln. eronlikka 15 ming kishi to‘g‘ri kelardi. Holbuki, 16 ming Eron shifokori AQSHda, 5 minga esa G‘arbiy Yevropada ishlardi. 70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshida AQSHdagi muhandislar orasida chet elliklar ulushi 10% ga, shifokorlar orasida 24%ga yetgan edi. Qizig‘i shundaki, milliy akademiya a’zolarining 23%i, Nobel mukofoti sovrindorlarining 33%i AQSHga kelgan muxojirlardir. 1983 yildan 1988 yilgacha Buyuk Britaniyadan tarix, falsafa, siyosiy fanlar va fizika sohasidagi 200dan ortiq yirik mutaxassislar AQSHga muhojirlar sifatida kelishgan. Bunga sabab - ish haqining pastligi (AQSHdagiga qaraganda 3 barobar kam), o‘z vatanida ishchi kuchining qisqarishi, ilm bilan shug‘ullanish uchun sharoitning ko‘ngildagidek emasligi. 90-yillarning o‘rtacharida Nyu-York universitetining har atginchi professori ilgari Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lgan. Immigrantlar safida MDH vakillari ulushi ham sezilarli (3-jadval). 3-jadval Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling