Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
6-BOB HOZIRGI ZAMON IQTISODIDA XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA JARAYONLARI Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - uning qamrovi kengayib borayotganligidandir. Bu jarayon rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari nafaqat savdo-sotiq sohasida, balki boshqa ko‘lamlarda ham erkinlashib borayotganligi, ulzrning milliy iqtisodlari tobora ko‘proq o‘z qobig‘ini yorib, bir-biri bilan bog‘lanib ketayetganligi bilan ajralib turadi. Ushbu jarayonlar quyidagi ikki g‘oyat muhim holat natijasi hisoblanadi: 1) Bir tomondan, amaliyotda tobora ko‘proq milliy bozorlarning yaratilishi, milliy iqtisodlarning tashqi aloqalarga urg‘u berishi; 2) ikkinchi tomondan, xalqaro xo‘jalik munosabatlarini rivojlantirish va chuqurlashtirish yo‘lida uchraydigan transport, kommunikatsiya sohalarida g‘ov-to‘siqlarni darhol bartaraf etuvchi texnologik innovatsiyalar. Bugungi kunda integratsiya jarayoni kuchayib bormoqda va bu sharoitda jahon iqtisodiga qo‘shiluvning tub bahosi yuz chandon ortib ketmoqda. 1980-yillarning o‘rtalaridan boshlab jahon iqtisodi xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy muomalalar haddan tashqari yuqori sur’atlar bilan o‘sayotgan davrga qadam qo‘ydi. 1986 yildan 1996 yilgacha bo‘lgan davr ichida xalqaro savdo oboroti hajmi bir yilda o‘rtacha 6,5%ga ortdi va 10 yil ichida 1,9 barobar ko‘paydi. Ushbu yillar mobaynida xalqaro xizmatlar savdosi 2,4 marta ko‘paydi. 1985-1995 yillar ichida xalqaro savdoning jahon yalpi mahsulotidagi salmog‘i oldingi 10 yillikdag‘iga nisbatan 3 marta va 1996-2004-yillarda esa qariyb 2 marta ko‘proq jadallashdi. Bu milliy iqtisodlar kashfi tezlashganidan, ularning bir-biriga muhtojligi kuchayib borganligidan dalolat beradi. Xuddi ana shu davrda bevosita chet el investitsiyalarining o‘sishida jiddiy o‘zgarish yuz berdi: ularning jahon yalpi mahsulotdagi salmog‘i ikki barobar ko‘paydi. Shunisi ham borki, rivojlanayotgan mamlakatlarga mo‘ljallangan bunday innovatsiyalar hajmi 2004 yilning birinchi yarmiga kelib 4,5 hissa ortdi. Ishlab chiqarish kuchlarining internatsionallashuvi va buning oliy shakli bo‘lmish jahon xo‘jaligining globallashuvidan iborat umumiy jarayon dunyoning ko‘pgina mintaqalarida integratsiya holatlarining rivojlanishi hamda integratsion birlashmalarning yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy integratsiya - xo‘jalik faoliyatining internatsionallashuvida oliy bosqich bo‘lib, o‘ziga xos huquqiy tizimlari bilan ajralib turuvchi, ham davlatlararo ham umummilliy negizga tayangan bamaslahat siyosat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi bir butun yagona xo‘jalikdir. Bunga esa turli milliy iqtisodiyotlarning birlashuvi jarayonida erishiladi (misol — Yevropa Ittifoqi). Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati milliy xo‘jaliklar o‘rtasida o‘zaro chuqur va barqaror aloqalarni rivojlantirish, mehnat taqsimotini yo‘lga qo‘yish, ularning turli darajadagi, turli shakllardagi qayta ishlab chiqarish tizimlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish asosida mamlakatlarning xo‘jalik hamda siyosat sohalarida birlashuvi jarayonidan iboratdir. Mikro darajada qo‘shni mamlakatlardagi ba’zi xo‘jalik subyektlari (korxonalar, firmalar)ning kapitali bir-biri bilan iqtisodiy bitimlar tuzish usullarini shakllantirish, chet elda o‘z bo‘linmalarini ochish yo‘li bilan o‘zaro hamkorlik qilish, demakdir. Davlatlararo (makro) darajada esa integratsiya davlatlarning iqtisodiy birlashmalarini shakllantirish hamda milliy siyosatlarini muvofikdashtirish asosida ro‘y beradi. Natijada milliy iqtisodlar bir-birlariga "kirib bormoqdalar". Xo‘jalik asosining internatsionallashuvi yaq-qol ko‘zga tashlanmoqda - fan-texnika, ishlab chiqarish, investitsiya, moliya-tijorat faoliyatining ko‘p va turli bosqichlari bir-biriga chatishib ketmoqsa. Mamlakatlar va xalqlarning iqtisodiy o‘zaro bog‘likligi aniq haqiqatga aylanmoqda. Iqtisodiy integratsiya asosiga xo‘jalik hayotining o‘sib borayotgan internatsionallashuvi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, milliy iqtisodning ochikdigi darajasining ortib borishi kabi omillar ham kiradi. Iqtisodiy integratsiyaning shart- sharoitlari sifatida integratsiyada qatnashayotgan mamlakatlar bozorining rivojlanish darajasini solishtirish, ularning geografik yaqinligi, ular oldida turgan muammolarning umumiyligi, bozor islohotlarini tezlashtirishga intilish, integratsion jarayonlardan chetda qolmaslik kabi xususiyatlarni qayd etib o‘tish kerak. Integratsiyaning eng muhim umumiy iqtisodiy tavsifi quyidagilardan iborat: 1. Iqtisodiy jarayonlarni davlatlararo miqyosda yo‘lga qo‘yish. 2. Bir-biridan u yoki bu darajada mustaqil hisoblangan milliy xalq xo‘jalik majmualari o‘rniga umumiy mutanosiblikka, umumiy qayta ishlab chiqarish tizimiga ega bo‘lgan biron mintaqaviy internatsional majmuani asta-sekin shakllantirish. 3. Mintaqa doirasida mahsulotlar, ishchi kuchi, moliyaviy resurslarning davlatlararo harakati uchun hududiy sharoitlarni kengaytirish hamda bunday harakatga monelik qiluvchi ko‘pdan-ko‘p ma’muriy va iqtisodiy g‘ovlarni bartaraf etish. 4. Integratsion birlashmalarda qatnashuvchi davlatlarning ichki iqtisodiy shart- sharoitlarini bir-biriga yaqinlashtirish, ularning iqtisodiy rivojlanish darajalarini tenglashtirish. Odatda, u yoki bu jo‘g‘rofiy mintaqa, unda joylashgan qo‘shni mamlakatlar shunday integratsion birlashmalarning asosiy o‘zagini tashkil etadi. Hozirda qariyb 70 dan ortiq mintaqaviy tashkilotlar va 65 mingga yaqin millatlararo korporatsiyalar mavjud. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling