Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Shimoliy Amerikadagi integratsiya jarayoni xususiyatlari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Shimoliy Amerikadagi integratsiya jarayoni xususiyatlari
AQSH va Kanada Shimoliy Amerikada integratsiya jarayonining beshigi hisoblanadi. Integratsiyaning rivoji ustmilliy tashkilotlarni barpo etish yo‘li orqali davlat-korporatsiya asosiga tayanadigan G‘arbiy Yevropadan farqli o‘laroq, Shimoliy Amerikada bu jarayon xususiy-korporatsiya negizida amalga oshmokda. Shimoliy Amerika mintaqasidagi bunday o‘ziga xoslik ikkita mamlakat kapitallari bir- biriga kirishib, yuksak darajada chambarchas bog‘lanib ketganligi oqibatida ikki milliy iqtisodiyot yagona xalq xo‘jalik tizimiga aylanganligi bilan izohlanadi. Masalan, quyidagi holatlar ushbu mintaqada azaldan mavjud: - Mamlakatlar o‘rtasida kapitallarning erkin harakat qilishi; - aholi va ishchi kuchining erkin migratsiyasi. Mintaqaning tarixiy rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar tufayli avval boshidanoq integratsiyaning tabiati, yo‘nalishlari urushdan keyingi 10 yilliklar mobaynida transmilliy korporatsiyalarga aylangan AQSH korporatsiyalari, ularning Kanadadagi bo‘limlari tomonidan belgilab berildi. Shuning uchun ham bu korporatsiyalar uchun integratsiya jarayonini tartibga solib turadigan murakkab va ustmilliy qurilmaga ehtiyoj qolmadi. Biroq, AQSH bilan, Kanada o‘rtasida mavjud bo‘lgan iqtisodiy integratsiya 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlariga kelib sheriklar va eng avvalo, AQSHning ehtiyojlariga javob bera olmay qoldi. Buning natijasida Shimoliy Amerikadagi integratsiya jarayonlari ikki davlat hududlarini oshib o‘tib, 1992 yilda Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi haqidagi 100 shartnoma imzolandi va 1994 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Ana shu shartnomaga binoan AQSH va Kanada qatori Meksika ham ushbu tashkilotga a’zo bo‘ldi. Qudratli iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan ushbu blok aholisi 2002 yilda 425 mln kishidan ortaq edi. Unga a’zo bo‘lib kirgan mamlakatlar har yili 7,5 trillion dollar miqdorida mol ishlab chiqaradi, xizmat ko‘rsatadi, ularning yalpi jahon savdosi hajmidagi salmog‘i 20% ni tashkil etadi. Bitimning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: - AQSH, Kanada va Meksika o‘rtasidagi o‘zaro bojxona to‘lovlarini bekor qilish; - O‘z mahsulotlarini Meksika orqali AQSHga reeksport qilish yo‘li bilan Amerika bojlaridan bo‘yin tovlovchi Osiyo va Yevropa kompaniyalarining Shimoliy Amerika bozorlariga bo‘lgan tajovuzidan himoyalash; - AQSH va Kanada kompaniyalarining Meksikaning bank va sug‘urta sohalariga kapital qo‘yish va raqobat qilishdagi cheklovlarni tugatish; - Atrof-muhitni saklash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish uchun uch tomonlama guruxlar tashkil qilish. AQSH 5 yil mobaynida Meksikadan eksport qilinadigan mahsulot turlarining qariyb uchdan ikki qismiga bojlarni bekor qilishi lozim edi. Shartnomada o‘zaro savdo sohasidagi bojxona cheklovlarini ham asta-sekin kamaytirib borish, yuz yillik oxiriga kelib batamom tugatish ko‘zda tutilgan edi (Garchi bu savdo ilgari ham ikki tomonlama erkin bo‘lib, jadal ravishda rivojlanayotgan bo‘lsada). Bugunga kelib o‘z ahamiyatiga ko‘ra, AQSH uchun Kanada birinchi, Meksika esa uchinchi darajali bozor hisoblanadi (ikkinchi o‘rinda Yaponiya turadi). AQSH kapitali Kanada iqtisodiyotining 50 - 60%ini nazorat qilib turibdi. AQSH bilan Meksika o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda: 1987 yildan 1992 yilgacha AQSHning Meksikaga eksporti bir yilda o‘rtacha 23%ga ko‘payib bordi va 1995 yildan boshlab Meksika AQSH sanoat mollarini harid qilishda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. AQSH transmilliy korporatsiyalari to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, 1995 yildayoq ularning mintaqadagi sanoat bo‘limlari ichki savdosining 60%dan ko‘prog‘i Meksikaga to‘g‘ri kelgan edi. 1989 yildan 1995 yilgacha AQSHga qarashli chet el bo‘limlarining salmog‘i AQSHning Meksika bilan yalpi umumiy savdo hajmida 24% dan 29%ga ko‘tarildi. Navbatida 2002 yilda Meksika eksportining 70%idan ko‘prog‘i, shu jumladan, neft eksportining 55%i Qo‘shma Shtatlarga to‘g‘ri keladi. Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi tuzish haqidagi shartnoma kuchga kirmasdan oldinroq bir necha mln meksikalik fuqaro AQSHda doimiy ish bilan band edi. Shimoliy Amerika mintaqasining barcha hududlarida yirik kapitalning o‘zaro kirib borishi kuchayib, "teng imkoniyatlar" yaratilganligi natijasida dunyoning uchta iqtisodiy markazlardan biriga aylandi va hozirgi paytda qolgan ikki markaz - G‘arbiy Yevropa va Yaponiya bilan kuchli raqobat o‘yini qilishga qodirdir. Amerika iqtisodchilari bugungi kunda Alyaskadan Olovli yergacha bo‘lgan masofani qamrab oluvchi "o‘ziga yetarli panamerika savdo bloki"ni tuzish masalasini o‘rganayaptilar. Lotin Amerikasiga bo‘lgan qiziqish shu bilan bog‘liqki, bu mintaqadagi mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish borasida shunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelmoqdalarki, taxminlarga ko‘ra, bu yuksak sur’at yaqin yillar ichida ham davom etadi. Bu yerga oqib kelayotgan bevosita chet el investitsiyalarining o‘sish sur’ati yuqori ekanligi shundan dalalat beradi. 2001 yilda Lotin Amerikasi va Karib dengizi xavzasidagi mamlakatlar bevosita chet el investatsiyalarining oqib kelishida rekord darajaga erishdilar - ular 56 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu raqam 1999 yildagiga nisbatan 30 foiz ko‘p, demakdir. Umuman olganda, bu mintaqaga tushgan bevosita chet el investitsiyalari hajmi 2000 yilda rivojlanayottan mamlakatlarga joylashtirilgan investitsiyalarning 38 foizini tashkil etdi, bularning o‘sish sur’ati barcha rivojlanayotgan mamlakatlarga kiritilgan investitsiyalarning yalpi o‘sish sur’atiga nisbatan uchdan ikki hissaga teng bo‘ldi. Janubiy Amerikada ham integratsiya jarayonlari tobora rivojlanib bormoqda. 1965 yilning boshidayoq bu yerda "Erkin savdo zonasi"ni tashkil etish. Keyinchalik, Markaziy Amerika umumiy bozorini yuzaga keltirish mo‘ljallangan edi. Ammo siyosiy-iqtisodiy tanglik bu rejalarning amalga oshishiga imkon bermadi. 1990-yillarning o‘rtalariga kelib, Argentina, Braziliya, Urugvay, Paragvay o‘rtasida 1991 yilda tuzilgan va 1995 yil 1 yanvaridan kuchga kirgan MERKOSUR savdo pakti tufayli integratsiya jarayonlarida jonlanish sezildi. Ushbu pakt mintaqada yangi bir savdo-iqtisodiy blokining yuzaga kelishiga yo‘l ochdi, bu blok umumiy aholisi 200 mln kishidan ziyod bo‘lgan, yalpi ichki mahsuloti 550 mlrd dollarni tashkil etuvchi davlatlarni o‘ziga birlashtirdi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling