Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

MERKOSUR guruhining tashkil etilishi natijasida unga a’zo bo‘lib kirgan to‘rt davlatga 
tegishli o‘zaro savdoning 90%i har qanday bojxona g‘ovlaridan xalos bo‘ladi. Uchinchi 
mamlakatlardan keladigan import mahsulotlariga nisbatan esa umumiy boj tizimlari va bojxona 
qoidalari joriy etiladi.
Rejaga ko‘ra, Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi MERKOSUR bilan qo‘shilib ketadi 
va mintaqadagi boshqa davlatlar ham birin-ketin ularga a’zo bo‘lib kiradi.
Hozirgi paytda Sharqiy Osiyoda ham integratsiya jarayonlari tobora ko‘proq rivojlanib 
bormoqda. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) qariyb 30 yildan beri 
muvaffaqiyat bilan faoliyat ko‘rsatib kelmokda. Uning a’zolari orasida 4 nafar Osiyo 
"ajdaho"laridan biri bo‘lgan Singapur, "yangi to‘lqin"ga mansub yangi sanoat mamlakatlari - 


Malayziya, Indoneziya, Tailand, Bruney va Filippin bor.
5
Ushbu guruh doirasidagi o‘zaro hamkorliqda erishilgan yutuqlar Janubi-Sharqiy Osiyo 
mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning ko‘pchiligi iqtisodiy jihatdan jadal 
rivojlanayotganligi, ularning taraqqiyot darajalari bir-biriga yaqin ekanligi, o‘rtada tarixiy 
an’analarga ega bo‘lgan durustgina savdo aloqalarining mavjudligi, shuningdek, hamkorlik 
shakllari bir maromga yetganligi bilan izohlanadi.
Sharqiy Osiyodagi iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish istiqbollari ko‘proq Osiyo-Tinch 
okeani iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (ATES) bylan bog‘lanmoqda. Bu tashkilot Osiyo
Shimoliy va Janubiy Amerikadagi 18 davlatni birlashtiradi. Xalqaro ekspertlarning taxminiga 
ko‘ra, Sharqiy Osiyo yaqin yillarda yalpi milliy mahsulot hajmi bo‘yicha G‘arbiy Yevropadan, 
2020 yilga kelib esa, Shimoliy Amerikadan o‘zib ketishi mumkin.
Ishlab chiqilgan rejalar asosida tashkilot 2020 yilga kelib bojxona hamda ichki 
g‘ovlardan xolis bo‘lgan dunyoda eng yirik erkin savdo zonasini tashkil etishni mo‘ljallamoqda. 
Tashkilotning asosiy maqsadi mintaqada erkin savdo va investitsiyalar hududini tashkil 
etish. Shu munosabat bilan bu tashkilotga a’zo davlat rahbarlarining Indoneziyadagi 
uchrashuvida mintaqaning industrial rivojlangan mamlakatlari uchun 2010 yilgacha, 
mintaqaning tashkilotga a’zo rivojlanayotgan mamlakatlari uchun esa 2020 yilgacha erkin, 
ochiq investitsiyalar hududini tashkil qilish to‘g‘risidagi bayonoti e’tiborga loyiqdir. Osiyo-
Tinch okeani iqtisodiy hamdo‘stligi ko‘p darajali xalqaro xo‘jalik majmui bo‘lib, unda 
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zaro aloqa taraqqiyotning umumiy xarakatga 
keltiruvchi kuchlarini vujudga keltiradi, bu esa, barcha ishtirokchilarga ijobiy samara beradi.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan bir qatorda Fors ko‘rfazidagi arab mamlakatlarida ham 
integratsiyaga, o‘zaro yaqin hamkorlikka intilish sezilmoqda. 
Afrika davlatlari o‘rtasida, uning shimoliy qismida intefatsiya jarayonlar rivojlanib 
bormoqda (garchi ancha sustroq bo‘lsa ham). 
Rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik, ularning integratsiyaga moyilligi 
haqida gapirganda shuni nazarda tugash kerakki, amaldagi integratsiya jarayonlari ancha zaif 
bo‘lib, o‘zining tabiati, harakatlantaruvchi omillari, rivojlanish sur’atlari jihatidan ancha farq 
qiladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi integratsiya tom ma’nodagi rivojlangan shakliga, ya’ni 
xoh ayrim firmalar, korxonalar darajasida, xohumuman milliy xo‘jaliklar darajasida, bevosita 
mamlakatlararo aloqalarning rivojlanishidan iborat bo‘lgan, hamisha rivoj topib, chuqurlashib 
boradigan jarayon shakliga ega emas. Xozircha, rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy 
hamkorligi, ularning integratsiyaga doir e’lon qilgan maqsadlari integratsiya jarayonining 
tayyorlov bosqichidan iborat, xolos.
Integratsiya yo‘lida tuzilgan ko‘plab guruhlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi 
pishib yetmaganligi, milliy xo‘jaliklarning ibtidoiyligi, bozor, moliya infrastrukturalarining 
rivojlanmaganligi oqibatida bu tuzilmalarni yo maqsadga befoyda intilish yoxud to‘la 
muvaffaqiyatsizlikka mahkum etib qo‘ydi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling