Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI 
1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va sabablari. 
2. Iqtisodiy integraiiya darajalari va ularning xususiyatlari. 
3. G‘arbiy Yevropada hududiy iqtisodiy integratsiyaning xususiyatlari. 
4. Shimoliy Amerikada integratsiya jarayonlarining xususiyatlari va uni rivojlantirish kelajagi. 
ADABIYOTLAR 
 
1. Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. Учебное пособие. М„ 
1998. 
2. Арин О. Миф об АТР — "Азия и Африка сегодня", ж.,М., 1998, № 8. 
3. Борко Ю. Европейский союз: углубление и расширение интеграции. //МЭ и МО. М., 
1998. 
4. Ломакин В.К. Мировая Экономика. М.. Финансн, ЮНИТИ, 1998. 
5. Раджабова З.К. Мировая экономика. М.. ИНФРА.. 2004. 
6. Фридман Л. Кузнецова С. Глобализаиия: развитьте и развиваюшиеся странн. //МЭ и 
МО. М., 2000, №10. 
7. Черковец О. Европейский союз: Уроки интеграции "Экономист" ж.. М., 1998, №10. 
8. Salvatore D. International Economics, New York, 1995. 
9. World Investment Report, 1998: Trends and Determinants. UN, New York and Geneva, 1998. 
 
 
 
 
 
 
7-BOB
BOZOR IQTISODI RIVOJIDA DAVLATNING ROLI 
Davlat xo‘jalik hayotida qay tariqa qatnashishi haqidagi masala hozirgacha iqtisodiyot 
nazariyasining hal etilmagan jumboqlaridan biri bo‘lib kelmoqda. 
Bu sohadagi nuqtai nazarlarning ko‘lami g‘oyat keng bo‘lib, davlatni eng kam 
miqdordagi zarur vazifalar yuklangan "tungi qoravul" deb bilishdan tortib (A. Smit), to davlatni 
amalda hamma narsani tartibga solib turuvchi, hamma narsani boshqaruvchi zaruriy bir organ 
(yoki mexanizm) deb qarashgacha yetib boradi.
1980-yillar va 90-yillarning boshlarida rivojlanayotgan mamlakatlarda davlatning roli 
 
1980-yillar mobaynida rivojlanayotgan mamlakatlarning qariyb 2/3 qismida milliy 
daromad kamayib, 19 ta mamlakatda bu ko‘rsatkich 30% dan ko‘proqni tashkil etdi. BMT 
ma’lumotlariga qaraganda, bu davrda milliy iqtisodlarning o‘sish sur’atlari kutilgan 7,2% o‘rniga 
2,3% dan iborat bo‘ldi. "Uchinchi dunyo"dagi inflatsiya darajasi yuqoriligicha qolaverdi. 
1989 yilda - 104,1%. 
1990 yilda - 71%.
Dunyo iqtisodida yuz bergan pasayishning noma’lum oqibatlari "uchinchi dunyo"ning 
istiqbollari yaxshi emasligini bildirdi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qariyb 70-yillarning 
oxirlariga qadar mulkchilik, yalpi ichki mahsulot, investiiiyalar, bandlik sohalaridagi davlat 


salmog‘i ortib boraverdi. O‘n yildan keyin esa qishloq xo‘jalikdan boshqa tarmoqlarda 
bandlikning 44%, yalpi ichki mahsulotning 10-20%, investitsiyalarning 20-60%i davlat sektoriga 
to‘g‘ri keldi. 
Biroq davlatning iqtisoddan ustun darajada qatnashuvi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishda 
kutilgan jadallikka olib kelmadi. Davlatning rivojlanayotgan iqtisodga faol aralashuvi qanday 
oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tanqidga uchradi. Faqat 80-yillarning boshidagina bu borada 
siljish yuz berdi.
Bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat sektori budjetidagi defitsit ortib 
borganligi sababli qarzlarini to‘lay olmay qolganligi munosabati bilan G‘arb kreditorlari ularga 
bo‘lgan o‘z siyosatlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldilar. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
banki, Xalqaro valuta jamg‘armasi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodini "tarkibiy moslash"dan 
iborat yangi siyosatini e’lon qildi. Buning mohiyati nimadan iborat? 
Endilikda muayyan davlat loyihalari uchun beriladigan kreditlar o‘rnini ma’lum shartlar 
asosida beriladigan qarzlar egalladi. Bu qarzlar: 
1) Moliyaviy ahvolni barqaror qilish;
2) Xususiy sektorni rivojlantirish;
3) Xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirish maqsadlarida beriladigan bo‘ldi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zlari ham davlatning imkoniyatlariga qanday siyosiy 
yo‘nalishda ekanliklaridan qatyiy nazar (Iroq va boshqalar) ishonmay qo‘yishdi. 
Shunday qilib, "uchinchi dunyo"ga mansub mamlakatlarning muammolarini xususiy sektorning 
iqtisoddagi ustuvor o‘rnidan kelib chiqqan holda hal etish mumkin, degan umumiy xulosa 
yuzaga kelib, rivoj topdi. Lekin voqelik shuni ko‘rsatdiki, rivojlanayotgan mamlakatlarda amalga 
oshirilgan xususiylashtirish miqyoslari shu masala bo‘yicha boshlangan bahs-munozaralar 
ko‘lamidan ancha orqada ekan.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 28 ta rivojlanayotgan mamlakatda olib 
borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 1980-yillarda davlatga qarashli 3975 korxonadan 137 tasi 
(3,4%) yopilgan yoki tugatilgan, 85 tasi (2%) to‘la yoki qisman sotilgan, 45 tasi (1%) ijaraga 
berilgan yoxud boshqarishga topshirilgan. Xususiylashtirish sur’atlari kutilganidan ancha sust 
bordi. Biroq xususiylashtirish natijalarini tahlil etayotganda shuni nazarda tutish kerakki, uning 
miqyosi va sur’atlarigina ahamiyatli bo‘lib qolmay, balki xususiylashtirilgan korxonalarning 
nechog‘li samarali ishlashi ham muhimdir. 
Tajriba ko‘rsatdiki, rivojlanayotgan mamlakatlarda olib borilgan xususiylashtirish 
jarayonining umumiy samaradorligi sanoati rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan ancha 
orqada qolmoqda:
- xususiy shaxslarga berilgan bir qator korxonalarda ilgarigidan kam foyda olinmoqda 
yoki zarar ko‘rilmoqda; 
- xususiylashtirilgan kompaniyalar shu darajada ko‘p yengillik va imtiyozlarga ega 
bo‘ldiki, buning oqibatida ilgarigi davlat monopoliyalari o‘rniga xususiy monopoliyalar yuzaga 
keldi va bu bilan xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad - ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish uchun raqobatni kuchaytirish muddaosi barbod bo‘ldi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling