Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Bozor iqtisodiga o‘tgan mamlakatlarda iqtisodiyotga davlat ta’sirining asosiy
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Bozor iqtisodiga o‘tgan mamlakatlarda iqtisodiyotga davlat ta’sirining asosiy
shakllari Iqtisodda davlat sektori "Katta yettilik"ka kiruvchi Yevropa mamlakatlari iqtisodida davlat sektori eng ko‘p rivoj topdi. Uning asosiy faoliyat ko‘lamlari quyidagilardan iborat bo‘ldi: a) ishlab chiqarish kuchlarining egasi sifatida tadbirkorlik ishlarini olib borish; b) sotsial sohani rivojlantirish maqsadida milliy daromadning bir qismini davlat xazinasi ixtiyoriga ajratish; v) umummilliy miqyosda iqtisodiyotni tartibga solish. 1990-yillarda asosiy jamg‘armalarga kirib kelgan yalpi qo‘yilmalarning muhim qismi davlat sektoriga to‘g‘ri keldi: bu Fratsiyada 35%ni, Germaniyada 15%, Italiyada 10,6%ni tashkil etdi va bu sektor yalpi ijtimoiy mahsulotning 25%ga yaqinini iste’mol qildi hamda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik izlanishlariga sarflangan xarajatlarning 50%dan ko‘prog‘ini moliyalashtirdi. Bir qator mamlakatlarda (Italiya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Germaniya, Buyuk Britaniyada) davlat sektori bozor iqtisodini qayta ishlab chiqarish uchun shart-sharoit ta’minlagan holda mustahkam mavqelarni egallab turibdi. U xususiy tadbirkorlik uchun unchalik naf keltirmaydigan, kam daromadli sohalarda faoliyat ko‘rsatmokda. Odatda bular ishlab chiqarish infrastrukturasi tarmoq-lari: temiryo‘l, aviatsiya transporti, aloqa, quvur yotqizish yo‘llari, dengiz portlari, energetika, mudofaa, atom sanoati, bir qator mamlakatlarda esa, mashinasozlik tarmoqlaridan ham iborat bo‘ladi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, davlat korxonalari xususiy korxonalarga nisbatan kamroq samara berishiga qaramay, ishlab chiqarishning ahamiyati faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilangina emas, balki jamiyatga qanchalik naf keltirishi bilan o‘lchanadigan joylarda, ya’ni takror ishlab chiqarish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar yaratib beradigan sohalarda g‘oyat matlubdir. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, har bir muayyan tarixiy bosqichda davlat sektorining ko‘lamlari uning iqtisodiy samaradorligining qanchalik ozligi va kamxarjligiga emas, balki, xususiy kapital davlat nazoratidagi korxonalar faoliyatining taqdiri uchun o‘z zimmasiga qanchalik mas’uliyat olishi bilan ham bog‘liqdir. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling