Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Iqtisodiyotni tartibga solish
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Iqtisodiyotni tartibga solish.
Soliqlar siyosati Bozor mexanizmining samarali ishlashi uchun raqobatga asoslangan iqtisodiy usullarning iqtisodiy-ijtimoiy jixatdan zarurati tug‘ilgan davlat usullari bilan maqbul ravishda uzviy bog‘lash kerak bo‘ladi. Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish shuning uchun muhimki, bozor usullari o‘z holicha shunday og‘ishlarga, nomutanosiblik va ziddiyatlarga olib keladiki, buning oqibatlari xatarli bo‘lishi mumkin. Binobarin, ijtimoiy bozor iqtisodi konsepsiyasi, o‘zining sof ko‘rinishida (davlat aralashuvisiz) xususiy xo‘jalik xuddi keng ko‘lamdagi markazlashgan rejalashtirish kabi muqarrar ravishda iqtisodning samarasiz faoliyat ko‘rsatishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham ijtimoiy bozor xo‘jaligining asosiy g‘oyasi quyidagidan iborat: "bozor erkinligi tamoyili ijtimoiy uyg‘unlikni saqlash tamoyiliga hamohang bo‘lishi kerak". Ana shu nazariya tarafdorlari tan oladilarki, "iqtisodni tartibga solish, faoliyatni muvofiqlashtirish jarayoni birinchi navbatda bozor orqali amalga oshirilishi lozim. Biroq, bu holda davlat bozor jarayonlarining rivoji ijtimoiy jihatdan nomaqbul va adolatsiz natijalarga olib kelish xatari tug‘ilgan paytdagina ahvolni tuzatadigan u yoki bu tadbirlar orqali aralashishi lozim". Shubhasiz, davlat tomonidan amalga oshiriladigan tartibga solish darajasi bir tekisda bo‘lmay, mavjud vaziyatlarga qarab o‘zgarib turadi. Biroq, u muayyan chegaradan pastga tushib ketmasligi shart, aks holda takror ishlab chiqarish jarayoniga imkon qolmaydi. 1990-yillarning boshlariga kelib bozor iqtisodiga o‘tgan yetakchi mamlakatlarda davlat tomonidan tartibga solish iqtisodning 1/3 qismini qamrab oldi, moliya va kreditni tartibga solish esa butun iqtisodga yoyildi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodni tartibga solish va barqarorlashtirishdagi eng asosiy vositalardan biri soliqlar siyosatidir, xarajatlarga oid hukumat qarorlari, soliq yig‘imlari iqtisodiy subyektlarning faoliyatini bir maromga solib turadi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida kompaniyalardan olinadigan soliqlar 34% atrofida, Lyuksemburgda 4b%gacha, Germaniyada qayta investitsiya qilingan daromaddar bo‘yicha 50%ni tashkil qiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling