Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Yangi texnologiyalarni rag‘batlantirish


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Yangi texnologiyalarni rag‘batlantirish 
 
AQSHda yangi texnologiyalarni rag‘batlantirishda ko‘proq davlat tomonidan bilvosita 
tartibga solish usulidan foydalaniladi. Bu tizim iqtisodda yangiliklarni mahsulot, texnologiya, 
tashkil etish, boshqarish, savdo sohalariga keng joriy qilishga zarurat tug‘diruvchi doimiy 
iqtisodiy tazyiq va imkoniyatlar hosil qilishga asoslangan. 
Nazariy tadqiqotlar olib borish uchun fandagi infra-strukturalarning ahvoli uchun, 
tadbirkorlik, ixtirochilik, tavakkalchilikni himoyalashni rag‘batlantiruvchi umumiy iqtisodiy 
shart-sharoitni ta’minlashga davlat javobgarligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Amerika va Yevropadagi "katta yettilik" mamlakatlarida korporatsiyalardagi boshqaruvni 
zamonaviylashtirish yangi texnologiyalarni rag‘batlantirishda muhim yo‘nalish hisoblanadi. Bu 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- Boshqaruvda "qattiqqo‘llik"ka nisbatan "yumshoqroq" usullarni ko‘proq qo‘llash; 
- ayrim firmalarning xo‘jalikni yuritishda, innovatsiya siyosati masalalarida vakolatlarini 
oshirish; 
- yuqori malakali xodimlarning tashabbuslarini bo‘g‘uvchi sabablarni yo‘qotish; 
- ish bilan band bo‘lgansharni guruhiy rag‘batlantirish usullarini joriy etish. 
Germaniyada davlat nazariy tadqiqotlarni kuchaytirish yo‘nalishida faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Yangi texnologiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan choralar silsilasida ham 
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik izlanishlariga sarflanadigan davlat xarajatlarini oshirishg‘a 
(1990 yilda AQSHda yalpi milliy mahsulotning 2,8%i, Yaponiyada 2,8%i, Buyuk Britaniyada 
2,4%, Franiiyada 2,3%, Germaniyada 2,7%, Italiyada 1,5%ini tashkil etdi), ana shu 
xarajatlarning tarkibini shakllantirishga (soha bo‘yicha taqsimot, nazariy-amaliy tadqiqotlar 
o‘rtasidagi nisbat, harbiy-fazoviy loyihalarni qisqartirish hisobiga fuqarolar manfaatlarini 
ko‘zlovchi rejalarga ustuvorlik berishga) katta ahamiyat berilmoqda. Korporatsiyalar faoliyatada 
bozorlarni yangi mahsulot turlari bilan o‘zlashtirishga intilish kuchaymoqda. 
Yangi ish o‘rinlarining paydo bo‘lishi, turmush darajasining oshishi sanoatning ilmiy-
tadqiqot, tajriba-konstruktorlik izlanishlariga sarflanadigan xarajatlar ancha yuqori sur’atlar bilan 
oshib borayotgan, ishlab chiqarishga juda katga miqdorda kapital qo‘yilayotgan tarmoqlarida 
ro‘y bermoqda. 
Biroq, bu sohaga sarflanadigan xarajatlarning ko‘payishi - iqtisod taraqqiyotining 
umumiy strategiyasidagi dastlabki qadam, xolos. Hukumat shu bilan birga mamlakatda texnik 
bilimlar, yangi texnikaning ommalashuviga (kichik korxonalarga alohida e’tibor bergan holda) 
har jihatdan yordam berishi lozim.
AQSHda 90-yillarda kichik firmalarga yordam tariqasida texnologiyalarni tarqatish 
bo‘yicha tuzilgan 27 ta markazda, umumiy hisobda yiliga 50 mln dollardan sarflandi (asosan 
mahalliy organlarning budjeti hisobiga). 
Yaponiyada xuddi shunday maqsadlar uchun 500 mln dollar ajratilib, 185 ta 
texnologiyani rivojlantirish markazlariga yordam ko‘rsatildi.
Kichik biznesning davlat tomonidan mana shunday rag‘batlantirilishi takror ishlab 
chiqarish jarayoniga bilvosita aralashuvning samarali vositalaridan biri bo‘lib ko‘rinadi.
Amerika olimlarining xulosasi bo‘yicha hozirgi zamonda raqobatchilik kurashidagi 
ustunliklar endilikda mamlakatning katta-kichikligiga ham, tabiiy boyliklarining ko‘p yoki 
ozligiga yoxud moliyaviy kapitalning kuch-qudratiga ham bog‘liq emas, endiliqda hamma gap 
ta’lim darajasi bilan jamiyat to‘plagan bilimlar miqyosidadir.
Ilm-fan va ta’lim iqtisodiy rivojlanishda asosiy omilga aylandi. Masalan, Yaponiyada 
yalpi ichki mahsulot ko‘payishining 2/3 qismi ushbu omil hisobiga bo‘ladi, axborotga 
asoslangan jamiyat turi uchun bu tabiiy holdir. Bu mamlakatda ilmiy-tadqiqot, tajriba-
konstruktorlik izlanishlariga (NIOKR) sarflanadkgan mablag‘lar quyidagicha taqsimlangan: 


fundamental nazariy tadqiqotlarga 12,6%, amaliy tadqiqotlarga 24,2%, ularni ishlab chiqarishga 
63,2%. Bu sohadagi o‘rtacha ish haqi mamlakatdagi o‘rtacha ish haqidan 2,6 -3,0 marta yuqori. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling