tashqi kuch sifatida harakat qiluvchi davlatni hamda xo‘jalikning ayrim
tarmoqlari yoxud ayrim
korxonalar egasi sifatida harakat qiluvchi, ya’ni bevosita iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
davlatni.
Davlatning iqtisoddagi roli borasida quyidagilarni farqlash lozim:
1) Davlatning bevosita xo‘jalik
faoliyatini;
2) uning tartibga solish, muvofiqlashtirishdagi o‘rnini. Davlat
organlari firmalarning
tijorat faoliyatiga aralashmaydi, lekin davlat quyidagilarni nazorat qilib turadi:
1) Iste’molchilar bilan ishlab chiqaruvchilarning
manfaatlari himoya qilinishini;
2) jamiyatga taalluqli maxsus masalalar (ekologaya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan,
ijtimoiy ta’minot va boshqalar) hal etilishini.
Bu masalalarni faqat bozor orqali hal etib bo‘lmaydi, nega deganda,
bozor manfaatlari
foyda ko‘rishga, bevosita moddiy daromad olishga qaratilgan.
Mana shuning uchun ham hozirgi bozor iqtisodi haqida,
bir tomondan, bozor bilan
raqobat g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan iqtisod ekanligini ta’kidlab o‘tish,
ikkinchi
tomondan, davlat bozorning, raqobatning ishonchli posboni ekanligini uqtirib o‘tish lozim.
Xuddi mana shu ma’noda iqtisod "aralash iqtisod" holida namoyon bo‘ladi.
6
5-jadval
1990 yil o‘rtalarida (foiz hisobida) ijtimoiy ta’minot rejalarini amalga oshirishda davlat va
xususiy sektorlarning ishtiroki
Do'stlaringiz bilan baham: