Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy sharh
II BO‘LIM RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR 1-BOB RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR UMUMIY TAVSIFI Ikkinchi jahon urushidan keyin mustamlakachilik tuzumi barbod bo‘lgach, dunyoda ko‘p sonli yosh mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi. Bu o‘rinda Osiyo-Afrika mintaqasidagi mamlakatlar ko‘zda tutiladi. Bular haqli ravishda "ozodlikka erishgan mamlakatlar" deb ta’riflanadi. Keyinchalik shu mamlakatlar bundan taxminan yuz yil burun siyosiy mustaqillikka erishgan Lotan Amerikasi davlatlari bilan qo‘shib tilga olinadigan bo‘ldi. Natijada "rivojlanayotgan mamlakatlar" atamasi paydo bo‘ddi. Garchi "rivojlanayotgan mamlakatlar" (RM) atamasi bir qadar shartli bo‘lsada, hozir bu guruhga 120 dan ortiq davlat kiradi, bularning ba’zilari siyosiy mustaqillikka XIX asrda, qolganlari esa XX asrda - ikkinchi jahon urushi tugagandan keyingi dastlabki o‘n yilliklarda erishgan. Rivojlanayotgan mamlakatlar degachda, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyadagi 128 mamlakat, shu jumladan, dunyodagi 48 ta eng sust rivojlangan mamlakat tushuniladi. Ular yer yuzining qariyb 60 foizini egallagan bo‘lib, yer yuzi aholisining deyarli 80 foizini tashkil etadi. Ularning umumjahon yalpi ichki mahsulotidagi hissasi atigi) 8,3 foizni va sanoat ishlab chiqarishida 14 foizni tashkil etadi. Tarixiy sharh Osiyo va Afrika mamlakatlarining ko‘pchiligi yaqin o‘tmishda Angliya, Fransiya, Belgiya, Gollandiya, Germaniya, Portugaliya va Ispaniyaning mustamlakalari edi. Shu sababli, ularning iqtisodiy tizimi ta’lim va ijtimoiy sohalari monopoliyalaridagiga aynan o‘xshatib, ularning manfaatlariga moslab shakllantirilgan. Ozodlikka erishgan bu mamlakatlar tarixidagi bu xususiyatlar, ularning taraqqiyoti, jahon iqtisodiy xo‘jaligiga integratsiya bo‘lishdagi o‘ziga xosligini va muammolarini izohlab beradi. Shunga ko‘ra, ozodlikka erishgan davlatlar uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy vazifa - faqatgina tezroq iqtisodiy taraqqiyotga erishish emas, balki o‘zida mavjud bo‘lgan iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarni birlashtirish va rivojlantirishdan iboratdir. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling