Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Kapitalni chetga chiqarish sabablari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapitalning ko‘pligi uning chetga chiqarilishi uchun birdan-bir sabab bo‘lishi mumkinmi
Kapitalni chetga chiqarish sabablari
Kapitalizm rivojining dastlabki bosqichlarida kapitalni chetga chiqarish tovarlarni chiqarishga nisbatan kamroq edi. Kapitalning chetga chiqarilishining asosiy sababi -uning "ortiqchaligi". Ortiqcha kapital deyilganda kapitalning shunday ko‘pligi tushuniladiki, uning uchun foyda me’yorining pasayishi uning miqdori bilan tenglashmaydi. Yoki bunday kapitallar miqdori mustaqil ish ko‘rishga qodir emas. Shu munosabat bilan kapitalni chetga chiqarishni rag‘batlantiruvchi kapital mo‘l- ko‘lligining ikki jihati ta’kidlab o‘tiladi: 1. Foyda me’yorini pasayishi tamoyili qonunining amal qilishi. 2. Xo‘jalikning eng muhim sohalarida eng yirik monopoliyalar hukmronligining qaror topishi natijasida ichki kapitalning tarmoqlararo oqib yurishining qiyinlashishi. Kapitalning ko‘pligi uning chetga chiqarilishi uchun birdan-bir sabab bo‘lishi mumkinmi? Agar dastlab kapital mamlakat ichida foyda me’yorlarini pasaytirib yuboruvchi jamg‘armaning ko‘p miqdorda yig‘ilib qolishi xavfi tug‘ilgan taqdirdagina chetga chiqarilgan bo‘lsa, hozirda ichki investitsiyalar uchun mablag‘ nisbatan yetishmay qolgan taqdirda eksport qilinmoqda. Xo‘sh, nega endi kompaniyalar ichki investitsiyalar imkoniyatlaridan to‘la foydalanmay turib hozir chetga chiqishadi? Buning ustiga ular o‘z mamlakatidagi investitsiya talablarini qondirish uchun ko‘pincha kapitalni import qilishga o‘tishadi. Gap shundaki, jahon iqtisodiyotining hozirgi sharoitlarida: 1. Kompaniyalarning jamg‘arma miqyoslarini (ishlab chiqarishni) kengaytirishga bo‘lgan talablari keskin ortib ketdi. Bunga sabab - qayta ishlab chiqarish jarayoni mantiqiy bo‘lib, u kompaniyaning eng muvofiq (optimal) hajmlari muttasil o‘sib borishini talab qiladi: ular raqobat qurboni bo‘lmasligi uchun kengayishlari kerak. Agar XX asr boshlarida kapitalistik firmalar ishlab chiqarish ko‘lamini oshirishga, o‘z milliy hududlari doirasida yangi bozorlarni egallab olishga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lgan bo‘lsalar, hozir korxonalar ko‘lamining muvofiq hajmlarining ortishi munosabati bilan ularning ko‘plari uchun milliy doiralar har qachongidan ham tor bo‘lib qoldi. Yirik kompaniyalar uchun ko‘pincha kapitalni chetda investitsiya qilishdan boshqa chora qolmaydi. Jamg‘armaning hozirgi miqyosi ta’sirida chetga kapital chiqarish qayta ishlab chiqarish jarayonining uzviy elementiga aylanib qolyapti. Zero, milliy iqtisodda monopollashuv darajasining o‘sishi kapitallarning tarmoqlararo yurishini qiyinlashtirib yubordi. 2. Milliy iqtisod tarmoqlarini monopollashtirish kuchaydi. Monopoliyalar foyda miqdorini oshirish ketidan quvib, endilikda yangi bozorlarga egalik qilish, raqiblarni siqib chiqarish, kutilayotgan imkoniyatli raqobatdan o‘zini ehtiyot qilish maqsadida ortiqcha ishlab chiqarish xavfi tug‘ilishidan ancha oldin kapitalni eksport qila boshlaydi. Bu shu bilan izohlanadiki, mamlakat ichkarisidagi tarmoqlar shu qadar monopollashganki, raqiblarning bu tarmoqlarga kapital sarflashi uchun yetarli to‘siq qo‘yilgan. Xalqaro kompaniyalar istiqbolda tarmoqni keyingi investitsiyalar uchun zahira sifatida qoldirib, yangi bozorlarni bosib olish va chet eldagi raqiblarini siqib chiqarish uchun kapitallardan foydalanish sohalarini kengaytirishga intiladi. 3. Ishlab chiqarishning internatsionallashuvi jadal sur’atlar bilan davom etadi. Agar XIX asr oxirlarida kapitalni chetga chiqarish faqat uning haddan tashqari yig‘ilib qolishi tufayli yuz bergan bo‘lsa, hozirda chet el investitsiyasining eng muhim iqtisodiy sabablaridan biri, yuqoridagi bilan bir qatorda ishlab chiqarish internatsionallashuvi jarayonining chuqurlashishi bo‘ldi. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida ayrim trans va ko‘p millatli kondernlar doirasida ichki firmalar mehnat taqsimoti xalqaro mehnat taqsimoti bilan qo‘shilib ketadi, bu esa milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirdi. Buni faqat savdo aloqalari bilan emas, balki turli mamlakat firmalari o‘rtasidagi barqaror ishlab chiqarish va texnalogik aloqalar, xalqaro ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish jarayonlarining rivoji bilan tushuntirish mumkin. 4. Ayrim transmilliy korporatsiya yoki moliyaviy guruh doirasidagi kapital harakati soliq to‘lashdan bosh tortish, valuta kurslari farqi orqali foyda olish kabi savdo-chay-qovchilik maqsadlarni ko‘zlash tufayli ham yuz berishi mumkin. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling