Hozirda biror tarmoqqa qo‘shimcha kapital sarflash ortiqcha ishlab chiqarishni keltirib
chiqaradigan chegaralar ancha orqa surildi. Chunki ularning ko‘pchilik qismi
endilikda asosiy
kapitalni (ishlab chiqarishni) kengaytirishga emas, balki ishlab
chiqarilayotgan mahsulotni
yangilash bilan bog‘liq zamonaviylashtirishga sarflana boshlandi.
Kapitalning xalqaro harakatida uning ortiqcha to‘planib qolishi bilan birga ko‘proq ishlab
chiqarishni umumiylashtirish jarayoni yashiringan bo‘lib, u milliy chegaralardan chiqib ketdi.
Kapitalni
chetga chiqarishga esa, endi foydaning milliy me’yorlarining o‘zgarishi ham, foyda
me’yorlari o‘rtasidagi farq ham ta’sir etmay qo‘ydi.
Bundan tashqari, kompaniyalar o‘z sho‘ba
korxonalariga kapital olib chiqishdan milliy miqyoslarda barqaror bo‘lib turgan yoki hatto ancha
ortib borayotgan ishlab chiqarish hajmini tartibga solib turish yo‘li sifatida
ham foydalana
boshlashdi.
Kapitalni rivojlanayotgan mamlakatlardan eksport qilish 60-70-yillarga kelib kapitalni
chetga chiqarishdagi yangi hodisalardan biri bo‘ldi. Bunday mamlakatlarning 2
guruhini
ko‘rsatish mumkin:
1. Milliy bozorlar mahalliy tadbirkorlar uchun "torlik qilib qolgan" mamlakatlar;
2. Iqtisodiyoti neftni eksport qilishdan olinadigan juda katta mablag‘larni o‘zlashtirishga
qodir bo‘lmagan mamlakatlar (OPEK - neft ishlab chiqarish va eksport qilish tashkilotiga a’zo
mamlakatlar).
Chet el davlatlariga kapitad chiqarishning shakl va usullari evalyutsiyasi
Bevosita xususiy investitsiyalar rivojidagi o‘zgarishlar ko‘proq quyidagilarga o‘tishda
namoyon bo‘lmoqda:
1. O‘z mustaqil chet el kompaniyalarini tashkil qilishdan kapitalni import qiladigan
mamlakatlarda qo‘shma korxonalarni barpo etishga.
2. Chet el firmalar aksiyalarini shunchaki sotib olishdan chet elda o‘zlarining
yangi
sho‘ba korxonalarini ta’sis etishga.
3. Chet el firmalari aksiyalariga egalik qilishdan ular bilan uzoq muddatli shartnomalar
tuzishga.
4. Xalqaro korporatsiyalarning chet davlatlar xo‘jalik strukturalariga
kirib borishning
shakli sifatida bosh firma aksiyalarini uning chet el filiallari aksionerlari o‘rtasida tarqatish
singari shakli ham tobora ko‘p ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: