Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
—2000-yillarda dunyoning turli hududlaridan AQSHga kelgan muhojir ishchi
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
1970—2000-yillarda dunyoning turli hududlaridan AQSHga kelgan muhojir ishchi
kuchlari tarkibi Mamlakat % Mamlakat % Mamlakat % Osiyo 35,2 Markaziy va Janubiy Amerika 47,9 Yevropa 12 Shu jumladan, Filippin 6,7 jumladan Koreya 4,7 shu jumladan Angliya 2 Xitoy 4,7 Meksika 23,7 MDH 1,3 Vyetnam 4,7 Kuba 3,3 Kanada 1,8 Hindiston 3,5 Dominika Respublikasi 3,2 boshqalar 3,1 Yamayka 2,8 Salvador 2,2 Kolumbiya 1,6 80-yillarning oxirlaridan boshlab sobiq ittifoq respublikalaridan AQSHga kelgan muhojirlar soni ortdi. 4 Yil 1989 1990 1991 1992 1993 1994 1995 2002 Ming kishi 11,1 25,5 57,1 43,6 58,7 63,4 54,5 78,9 Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki. Agar 80-yillarning oxirlarigacha MDH mamlakatlaridan AQSHga kelgan muhojirlar soni ulushi atigi 1,3%ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2002 yilga kelib 7,5%ga yetdi. Xalqaro mehnat migratsiyasining an’anaviy markazlari (G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika) bilan bir qatorda yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Chet el ishchi kuchini jalb etuvchi birinchi yangi markaz Yaqin Sharqning neft konlari va neftni qayta ishlovchi sanoat korxonalari joylashgan tumanlarda juda tez qaror topa boshladi. 80-yillarning boshlarida bu yerda qo‘shni Arab mamlakatlaridan, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Janubiy Koreya, Filippindan 3 mln.ga yaqin chet ellik ishchilar kelib ishlardi. Birlashgan Arab Amirligida (BAA) ishchi kuchlarning salkam 90%i muhojirlar, Qatarda 4 Супян В.Б. Российская эмиграция в США (социально-статистический портрет) ж. США. Экономика, Политика, Идеология. М., 1998, №3, 116-bet. 80%dan ortig‘i, Quvaytda salkam 70%, Saudiya Arabistoni va Bahraynda 40%dan ko‘prog‘i, Ummonda 34%i muhojirlardir. Afrika qit’asi janubidagi yana bir markaz Afrikaning barcha mamlakatlari, Hindiston subqit’asi mamlakatlaridan ishchilar yollab kelingan. Bular Britan Amerikaning oltin qazib oluvchi, olmos va uran sanoati transmilliy korporatsiyalari bo‘ldi (250 ming muhojir qonunii yo‘l bilan va taxminan 250 ming muhojir yashirin yo‘l bilan kelishgan). Boshqa markaz Janubiy Amerika mamlakatlaridadir. Birgina XX asrning 60-70-yillarida u yerga salkam 8 mln chet ellik ishchilar olib kelingan. Keyingi markaz Janubi-Sharqiy Osiyoda bo‘lib, unda millionlab filippinlik, pokistonlik, janubiy koreyalik, indoneziyaliklar bor edi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling