Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Ishchi kuni emigraitsyasining donor mamlakatlarga ta’siri
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Ishchi kuni emigraitsyasining donor mamlakatlarga ta’siri
Dastavval, ishchi kuchini eksport qilishga mamlakatga chet el valutasining kirib kelishi uchun bir manba deb qaraladi. Xalqaro valuta jamg‘armasining ma’lumotlariga qaraganda, ishchi kuchi eksport qilinganda olinadigan foydaning o‘rtacha normasi tovarlarni eksport qilingandagiga qaraganda 20% va xizmatlarni eksport qilgandagiga qaraganda 50% bo‘ladi. Masalan, sobiq Yugoslaviyada 80-yillarda tovar va xizmatlarni eksport qilishdan xar yili tushgan sof foyda salkam 2,5 mlrd. dollarni tashkil qilardi. Ishchi kuchini eksport qilishdan esa mamlakat 3,5 mlrd va ishchilar chet eldan o‘z uylariga qaytib kelganlaridan keyin yana shuncha summa olardi. Natijada tushumlar 7 mlrd dollarni tashkil etardi. Bugungi kunda esa bu yerda ishchi kuchini eksport qilish valuta olishning birdan-bir manbai bo‘lib qoldi. Mehnat resurslari emigratsiyasining rivojlanayotgan mamlakatlar uchun roli katta. 90- yillarda ishchi kuchini eksport qilishdan keladigan tushumlar rivojlanayotgan mamlakatlarda yuksak sur’atlar bilan o‘sib, yiliga 10%gacha yetdi. Shuning uchun ham ular mehnat resurslari bo‘yicha ixtisoslashib, ishchi kuchini eksport qilish valuta daromadlarining eng muhim manbai bo‘lib qoldi. Ishchi kuchini eksport qilishdan olinadigan daromadlar to‘rtta bevosita manbadan iborat: - Vositachi firmalar daromadidan olinadigan soliqlar; - immigrantlarning oilaga va qarindosh-urug‘lariga yordam tariqasida o‘z vatanlariga yuboradigan pul jo‘natmalari; - immigrantlarning shaxsiy investitsiyalari (vataniga ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan buyumlarni olib kelishi, yer-suv, ko‘chmas mulk sotib olish, qimmatbaho qog‘ozlarni harid qilish); - ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlardan keladigan kapitallar. Bular ko‘pincha mehnat resurslarini qayta tiklashga, ijtimoiy sohaga sarflanadi. Masalan, Misr Arab Respublikasi uchun Suvaysh kanalidan foydalanish 80-yillar oxirlarida yiliga 970 mln dollar, turizm - 600 mln, muhojirlarni yuborish esa 3 mlrd dollardan ortiq foyda keltirdi. Yamanda muhojirlarni yuborish ayrim yillarda eksportdan keladigan tushumlardan 30 barobar ko‘p foyda keltirdi. 90-yillarning boshlarida dunyoning 40 ga yaqin mamlakatida chet eldan tushgan kirimning salkam 100 mln dollarini muhojirlardan olishgan, 10 ta mamlakat esa 1 mlrd dan ko‘proq opgan. Xalqaro valuta jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, to‘lov balanslarining daromad qismiga kiritiladigan xususiy pul o‘tkazishlarning 90%ini muhojirlardan tushgan kirimlar tashkil etadi. Ishchi kuchining eksport qilinishi ortiqcha mehnat resurslarining tazyiqini, tegishli ravishda mamlakatdagi ijtimoiy tanglikni pasaytiradi. Eksportchi mamlakat uchun ishchi kuchlari yangi kasblarga bepul o‘rgatiladi, mehnatni tashkil qilishning ilg‘or usullari bilan tanishtiriladi. Zamonaviy G‘arb sivilizatsiyasi bilan tanishish an’anaviy turmush tarziga katta ta’sir ko‘rsatadi. Eksportchi mamlakat uchun ishchi kuchini eksport qilishning salbiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: - Aqlli, idrokli odamlarning chetga ketishi; - malakali, tashabbuskor kadrlarning kamayishi. Muhojirlar o‘z vatanlariga qaytganlaridan keyin ham ularning ijtimoiy-iqtisodiy rolida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi. Ishchilarning ko‘pi chet elga ketishidan oldin o‘z mamlakatlari uchun an’anaviy bo‘lgan qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanishgan va ularning ozgina qismi sanoatda yordamchi ishlarni bajargan. Muhojirlarning ko‘pchiligi o‘z vatanlariga qaytib kelganlaridan keyin noishlab chiqarish sohasida ishlashga yoki o‘z ishini ochishga harakat qilishadi. Gap shundaki, bilim saviyasining pastligi, o‘zi kelgan mamlakat tilini bilmasligi, qaytib kelgandan keyin uning ish xarakteri maqomini belgilab beradi. Muhojirlar ko‘pincha qishloq xo‘jalik sohasiga qaytishga majbur bo‘lishadi. Natijada ishdan ko‘ngli sovib, yana chet elga ketishga harakat qiladi. Ulardan ayrimlari kichik biznes bilan shug‘ullanishga muvaffaq bo‘ladi. Uyga qaytib kelgandan keyin noishlab chiqarish sohasida ish topishga urinish oxir-oqibatda shunga olib keladiki, chet elda ishlab topgan pulning juda oz qismi ishlab chiqarish asbob-uskunalari va boshqa vositalarni sotib olishga sarflanadi, ya’ni undan samarasiz foydalaniladi. Janubiy Yevropa mamlakatlariga muhojir bo‘lib ketganlarga oid ma’lumotlardan ko‘rinadiki, ular daromadlarining faqat 10%igina samarali foydalaniladi. Bundan tashqari, ularning uylariga yuborgan pul jo‘natmalari tovar massasi bilan mustahkamlanmagan to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan talabni oshirib, pulning qadrsizlanishiga, muhojirlikka aloqador bo‘lmagan oilalar turmush darajasining yomonlashuviga olib keladi. Lekin chet elda bo‘lish mehnatkashlarning o‘zlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda muhojirlar chet eldan qaytib kelganidan keyin o‘z vatanida biror jiddiy o‘zgarish qilishga muvaffaq bo‘la olmasalarda, talab-ehtiyojlari ortadi, ularning hayotga, mehnatga bo‘lgan munosabatlari, qarashlari, odatlari o‘zgaradi. Ushbudan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosa yasash mumkin: Odamlariing bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga muhojir bo‘lib borishlariga turtki bo‘lgan sabablar va muhojirlikning ijtimoiy tarkibi juda ko‘p iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa omillarga bog‘liq. Zero, ularning birga qo‘shilib kelishi, ustuvorligi, turli mamlakatlar hamda mintaqalarda vaqtiga qarab bir-biridan farq qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti hozirgi zamon mehnat migratsiyasi omillari orasida yetakchi rol o‘ynaydi, uning rivoji birinchi navbatda rivojlangan davlatlarda chet ellik ishchi kuchlariga bo‘lgan talabni ko‘p jihatdan belgilab beradi. Jumladan, yuksak malakali kadrlarga, xususan, intellektual mexnat kishilariga bo‘lgan talab keskin ortdi. Vaqt o‘tishi bilan xalqaro mehnat migratsiyalarining sabablari va ijtimoiy tarkibigina emas, uning geografiyasi ham o‘zgarib boradi. Agar urushdan keyingi yillarda G‘arbiy Yevropa migratsiyaning asosiy markazi bo‘lgan bo‘lsa, keyingi uch o‘n yilliklar davomida ishchi kuchini AQSH ko‘proq jalb qila boshladi. Agar 1960-yillarda bu mamlakat uchun yangi ishchi kuchining manbai Kanada va G‘arbiy Yevropa hisoblangan bo‘lsa, 1970-yillardan boshlab Lotin Amerikasi va Osiyo bo‘ldi. Ishchi kuchining oshkora qonuniy ravishda migratsiyasi ko‘lami ancha ortishi bilan bir vaqtda uning yashirincha kelishi ham ancha o‘sdi. Zero, ular mehnatidan foydalanish tadbirkorlar uchun ancha foydalidir. Chet el ishchi kuchi umuman olganda, qabul qilayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ancha samarali ta’sir ko‘rsatadi: ishlab chiqarilayotgan tovarlarning raqobat qilish qobiliyati ortadi, ishlab chiqarishning o‘sishi, odamlarning qo‘shimcha ish bilan ta’minlanishi rag‘batlantiriladi, ta’lim, malakaviy tayyorgarlikka qilinadigan sarf-xarajatlar tejaladi, ayrim rivojlangan mamlakatlarda demografik ahvol yaxshilanadi. Ishchi kuchini emigratsiya qilish rivojlanayotgan donor mamlakatlarga ham samarali ta’siri bor. Bu chet el valutasining mamlakatga kirib kelishining asosiy manbalaridan biridir. Bundan tashqari, bu ortiqcha mehnat rvsurslari tazyiqini, binobarin, mamlakatdagi ijtimoiy tanglikni pasaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, milliy kadrlar chet elga borib, yangi kasblarni o‘rganadi, mehnatni tashkil qilishning yangi uslublari, an’anaviy sivilizatsiyadan farq qiluvchi hozirgi zamon sivilizatsiyasining yaxshi-yomon tomonlari bilan tanishadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling