Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada integratsiya jarayonlari: umumiy va
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada integratsiya jarayonlari: umumiy va
o‘ziga xos jihatlar G‘arbiy Yevropada mintaqaviy iqtisodiy siyosat evolutsiyasidagi bosqichlar G‘arbiy Yevropadagi hozirgi zamon mintaqaviy integratsiya tarixi 1951 yilga borib taqaladi. Xuddi o‘sha yili Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi – European coal and steel Community - (Fransiya, GFR, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlari ishtirokida) - toshko‘mir, temir rudasi va metallurgiya sanoatlarini birlashtirgan xalqaro tashkilot tuzilgan. 1957 yil mart oyida bu mamlakatlar ("oltilik") Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligini tuzish haqidagi Rim shartnomastshi imzolagan (1958 yilda kuchga kirgan). Bu hamdo‘stlik norasmiy ravishda "umumiy bozor" deb ham yuritildi. Keyinchalik Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973 yiddan), Gretsiya (1981), Ispaniya, Portugaliya (1986), Finlyandiya va yana ikkita davlat unga a’zo bo‘lib kirgach, a’zo mamlakatlar soni 15 taga yetdi (2004 yil may oyidan boshlab a’zolar soni yana 10 taga ko‘payib 25 mamlakatni tashkil etdi. Bu haqda ushbu darslikning IV bo‘limida batafsilroq ma’lumotlar berilgan). Dastlabki paytlarda Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligi asosan iqtisodiy tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan, uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi: - A’zo bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoda barcha cheklovlarni bartaraf etish; - umumiy bojxona tariflarini joriy etish; - odamlar, kapitallar, xizmatlarning erkin harakatiga xalal beradigan cheklovlarni tugatish; - transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida umumiy siyosatga amal qilish; - valuta ittifoqini tuzish; - a’zo bo‘lgan mamlakatlarning qonunchiligini bir-biriga yaqinlashtirish; - muvofiqlashgan iqtisodiy siyosat omillarini ishlab chiqish. Hamdo‘stlik faoliyatida eng muhim vazifa sifatida bu yo‘nalishlarning tanlab olinishi bejiz emas. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlatlardan tashkil topgan biror bir guruh ishlab chiqarishning barcha omillari bo‘yicha erkin ayirboshlash yo‘lida yagona makonni shakllantirishga darhol erisha olmagan. Oldinroq yagona savdo, bojxona makoni yaratilgan hamda o‘zaro siyosiy ishonchda ustuvorlikka erishgan davlatlargina bu sohalardagi o‘zaro munosabatlarini erkin ayirboshlash bosqichiga ko‘tarishlari imkoniyati bo‘lgan. Davlatlar o‘zaro iqtisodiy hamkorlikda, siyosiy ishonchda ancha yuqori bosqichga erishgandan keyingina kapitallar bilan ishchi kuchining ikki tomonlama erkin harakat qilishi hamda xizmatlarni, shu jumladan, axborot-texnika ahamiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarni ayirboshlash uchun o‘z chegaralarini ochib berishlari mumkin edi. Nihoyat, to‘laqonli integratsion hamkorlik a’zo bo‘layotgan davlatlar ishlab chiqarish omillarini ayirboshlab, o‘zaro to‘lovlarni yo‘lga qo‘yish hisobiga bojlarni va boshqa cheklovlarni bekor qilish yoki o‘zaro to‘lovlarni yo‘lga qo‘yish haqidagina emas, balki uchinchi mamlakatlarga nisbatan bamaslahat yuritiladigan savdo, keyinroq esa umumiy iqtisodiy siyosat to‘g‘risida, iqtisodiy siyosatni yagonalashtirish borasida ham kelishib olishlarini nazarda tutadi. "Yagonalashgan", muvofiqlashtirilgan umumiy iqtisodiy siyosatni amalga oshirishni taqozo etuvchi mazkur qoidalarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida esa ijroiya - muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilgan xalqaro davlat tashkilotlariga ehtiyoj tug‘ildi. Shunday qilib, integratsiya jarayoni eng boshidayoq a’zo mamlakatlarning muvofiqpashgan siyosatiga ro‘baro‘ keldi. Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligi qabul qilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish jarayonida: 1) Sanoat integratsiyasining jadallashuvi ta’minlandi; 2) qishloq xo‘jalik jamg‘armasi faoliyati orqali birgalikda homiylik o‘rnatish, to‘lov yig‘imlarini joriy etish shaklida agrar integratsiyani jadallashtirishga harakat qilindi; 3) Yevropa valuta tizimi yuzaga keldi. Ana shu chora-tadbirlarning barchasi iqtisodiy integratsiyaning keng tomir yoyishiga, Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligi ta’sir doirasining kengayishiga olib keldi. Osiyo, Afrika, Karib havzasi va Tinch Okeanida joylashgan 60 dan ziyod rivojlanayotgan mamlakatlar bilan Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligining "alohida munosabatlari" tizimi yuzaga keddi. Maastrixt bitimlari (1991 yil, dekabr) G‘arbiy Yevropa integratsiyasining rivojida sifat jihatidan yangi bir bosqich hisoblanadi, zero, unda mamlakatlarni mikro darajada bir-biriga yaqinlashtirish vazifasi qo‘yilgan edi. Maastrixt bitimlari Yevropa Ittifotsiga quyidagi vazifalarni yuklagan: - Yagona valuta yaratish va uni boshqarish; - yagona iqtisodiy siyosatni, ayniqsa, uning budjet ishlariga taalluqli qismini muvofiqlashtirish, nazorat qilish, (o‘rinli topilganda) kuchaytirish; - erkin raqobatga asoslangan yag‘ona bozorni tashkil etish va himoyalash; - boy va qashshoq mintaqalar o‘rtasida tenglikka intilish hamda (imkon bo‘lgan joylarda) mablag‘larni qayta taqsimlash; - qonunchilik va tartib-qoidani qo‘llab-quvvatlash; - ayrim fuqarolarning tub huquklarini e’tirof egish va rivojlantirish; - tashqi ishlarning barcha sohalarini qamrab oluvchi yagona tashqi siyosatni boshqarish. 1994 yil 26 martda G‘arbiy Yevropa siyosiy-iqtisodiy integratsiya yo‘lida muhim qadam qo‘ydi: Yevropadagi 7 davlat (Germaniya, Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Ispaniya, Portugaliya) Shengen bitimini imzoladilar. Bu bitimga ko‘ra, ushbu mamlakatlarning hududi "chegaralarsiz makon" deb atalib, quyidagilarni nazarda tutadi: - Ushbu mamlakatlarning birortasida berilgan viza boshqalarida ham kuchini yo‘qotmaydi; - ushbu mamlakatlar shaharlari o‘rtasidagi avia va bo‘lak qatnovlar ichki qatnov maqomini oladi va h.k. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mafkuraviy qarashi erkinlashtirish va hamkorlikka tayanuvchi xalqaro iqtisodiy tartibni ta’minlashga asoslangan. G‘arbiy Yevropa integratsiyasi o‘z taraqqiyotida 4 bosqichni - erkin savdo zonasi, bojxona ittifoqi, yagona bozor va iqtisodiy ittifoq bosqichlarini bosib o‘tdi. Hozirgi vaqtda Yevropa valuta tizimi "yevro" yaratilib, valuta ittifoqi bosqichi boshlandi. Uning samarali ishlashi qator ichki va tashqi sabablarga bog‘liqdir. "Yevro" voqelikka aylanishiga asoslar bor. Lekin bunda muhim bir vaziyatni qayd etib o‘tish kerak: Yevropa Ittifoqi "yevro"ni yaratish va joriy etishni tezlashtirdi. Hatto yuzaki taxdillar shuni ko‘rsatadiki, Yevropa Ittifoqining barcha a’zo davlatlari ham "kirish chiptasi"ni ololmadilar. Savol tug‘iladi: u yoki bu guruhga tegishli davlatlarning bir qismi Yevropa valuta ittifoqining ancha yuqori darajasida tursa, qolganlari esa Yevropa Ittifoqining past darajasida bo‘lsa, unga ko‘ra G‘arbiy Yevropa doirasida integratsiya bir tekis ketmoqda deyish mumkinmi? G‘arbiy Yevropadagi bugungi ahvol shundan iboratki, u YEI davlatlarning konfederativ hamjamiyati bo‘lib, yagona parlamentga, milliy fuqarolik bilan birga norasmiy ravishda yagona fuqarolikka ham egadir; u barcha ishtirokchilarning tashqi siyosiy faoliyagini muvofiqlashgirib boruvchi yagona iqtisodiy-ijtimoiy siyosatga ega. Konfederatsiya (ittifoq, birlashma) - davlat tuzilishining bir shakli, unda konfederatsiyani tashkil etuvchi davlatlar o‘z mustaqilligini to‘la saqlab qoladi, o‘z davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ega bo‘ladi; muayyan maqsadlarda (harbiy, tashqi siyosiy va h.k.) o‘z harakatlarini muvofiqlashtirib turish uchun maxsus birlashma organlarini tashkil etadilar. Federatsiya (ittifoq, birlashma) - davlat tuzilishining bir shakli, unda davlat tarkibiga kiruvchilar - federal birliklar - federatsiya a’zolari (masalan, o‘lkalar, shtatlar va h.k.) o‘z Konstitutsiyasiga, qonun chiqaruvchi, ijroiya, sud organlariga ega bo‘ladi. Ayni paytda davlat hokimiyatining yagona ittifoqdosh - federal organlari tashkil etiladi, yagona fuqarolik, yagona pul birligi va h.k. joriy etiladi (masalan, AQSH, Shveysariya, Hindiston, GFR va boshqalar). Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling