Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Bozor iqtisodiga asoslangan mamlakatlarda davlatning roli
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Bozor iqtisodiga asoslangan mamlakatlarda davlatning roli
Ushbu mavzudan kelib chiqqan holda quyidagi omillar birinchi darajali ahamiyatga ega: - Maktablar, kasalxonalar, jamoat transporti kabilar tomonidan ta’minlanib turiladigan xizmatlar sifati, bularning tez moslashuvchanligi; - tartib-intizomning mavjud ahvoli; - shahar qurilishi; - ijtimoiy to‘lovlar va h.k. Rivojlangan mamlakatlarda ana shu vazifalarning ko‘pchiligi davlat zimmasiga yuklangan (2, 3, 4-jadvallarga qaralsin). Davlatning iqtisodda tutgan rolini belgilovchi eng muhim omillardan biri davlat mulkining ko‘p-ozligidan (mikdoridan) iboratdir. 1980-yillar xususiy sektorga ishonch kuchaygan o‘n yillik hisoblanadi. Bu davrda xususiylashtirish Meksikadan to Yaponiyagacha yetib bordi. 1980 yildan 1988 yilgacha Buyuk Britaniyada ishlab chiqarishdagi jamoat sektorining 40 foizdan ko‘prog‘i xususiy korxonalarga aylantirildi. 80-yillarning boshlarida hamma joylarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ko‘lamini kengaytirishning vositasi sifatida keng miqyosda xususiylashtirishni joriy etish yo‘li bilan davlat xarajatlarini cheklash borasida faol siyosat olib borildi. Buning oqibatida ko‘pgina mamlakatlarda yalpi ichki mahsulot ko‘payishi bilan bir qatorda bu xarajatlar tejalib, bir qolipga tushdi. Buyuk Britaniya bu sohada ko‘p yutuqlarga erishdi. Biroq, xususiy kapitalni yanada kengroq ko‘lamda iqtisodga jalb etish rejasi kutilgan natijalarni bermadi. Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra "aholi ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatidan norozi". Maorif, tibbiy xizmat, transport singari sohalarda bu narsa yaqqol namoyon bo‘ddi. 1990-yillarning boshlariga kelib ahvol ancha o‘zgardi, davlat sektoriga bo‘lgan e’tibor tobora kuchaydi. Nima sababdan? 1. Bizning xohish-irodamizga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan holda davlat sektoridagi ko‘rsatkichlar hayotimizning sifatini belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega, degan tushuncha tobora kengroq qaror topmoqda. Bu narsa esa oqibatda iqtisodiy rivojlanish maqsadi hisoblanadi. Darqaqiqat, kapitalizm turli-tuman mollar ishlab chiqarishda yuksak samaradorlikni ta’minlaydi. Bu tushunarli: kapitalizmning maqsadi foyda olishdir. Lekin alohida bir shaxs uchun avtomobil, televizor, dastgoh va h.k. o‘z-o‘zidan yaxshi hayotni ta’minlab bera olmaydi. Natijada quyidagilarni amalga oshirish zarur, degan fikr -yuzaga keladi: a) 80-yillarda amalga oshirilgan davlat xarajatlarini tejash siyosatidan voz kechish. Lekin bu narsa soliqlarning keskin oshishiga sabab bo‘lishi mumkin; b) hozirgi xarajatlarni (yalpi ichki mahsulatga nisbatan) saqlab turgan holda, qat’iy islohotlar yordamida davlat sektoridagi raqobatchilik unsurlarini kuchaytirgan holda ushbu sektorga oid xizmatlar sifatini oshirish. 2. Bozor "inson omili" degan tushunchaning tub ma’nosini ta’minlay olmaydi "kelajakdagi ko‘pgina ijtimoiy zararlar yoki afzalliklarga yetarlicha baho bera olmaydi yoki ularni oldindan ko‘ra olmaydi". 3. Bozorning narxlar tushimi tabiiy boyliklarni taqsimlab berayotganida ko‘p jihatdan ularning tugab borishini, bu hol atrof-muhitga uzoq vaqt salbiy ta’sir qilishi mumkinligini hisobga olmaydi. 4. Ilmtalab mahsulotlar va eng yangi g‘oyalar bilan xalqaro miqyosda erkin almashuvning bir o‘zi ilg‘or texnologiyalarning keng joriy etilishiga olib kelolmaydi. Ularni o‘zlashtirish esa ongli ravishda murakkab bilimlar to‘plashni, tajriba orttirishni talab etadi, bu hol esa davlat oldindan tashabbus ko‘rsatishi lozimligini taqozo qiladi. Ijtimoiy taraqqiyotdagi davlatning roliga umuman tarixiy nuqtai nazardan yondashilsa, shu narsa ma’lum bo‘ladiki, xususiy kapital iqtisodga tobora kengroq ko‘lamda jalb etilayotganiga qaramay, jamoat sektorining hissasi uzluksiz oshib boradi. G‘arbdagi ko‘pgina yetakchi mamlakatlarda xususiylashtirish siyosati keng ko‘lamda olib borilayotganiga qaramay, ularning iqtisodida davlat sektorining ishtiroki o‘sib bormoqda. Davlatning umuman iqtisoddagi roli davlat mulkining salmog‘i bilan bir qatorda yalpi ichki mahsulotdagi davlat xarajatlari ulushi ko‘rsatkichlari bilan ham belgilanadi. XIX asrning oxirlarida sanoati rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotdagi davlat xarajatlarining salmog‘i o‘rtacha 8,3 % ni (AQSHda - 4%, Fransiyada - 12,6%) tashkil etgan bo‘lsa, XX asrning 20-yillarida bu raqam 15,4% ga ko‘tarildi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning milliy resurslarini taqsimlashdagi o‘rni 1929-1933 yillardagi Buyuk (depressiya) turg‘unlikdan keyin salmoqli bo‘ldi. 60-yillarda bu ko‘rsatkich 27,9%ni. 80-yillarning boshlarida 42,6%ni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yuz yil mobaynida ta’lim, temiryo‘l transporti, telegraf, pochta, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, sanitariya xizmatlari davlat zimmasiga yuklatilganligi bilan izohlanadi. Bu raqam keyinchalik mazkur mamlakatlarning birortasida ham 30%dan pastga tushgani yo‘q. Masalan, 1998 yilda AQSHda yalpi ichki mahsulotdagi davlat xarajatlari salmog‘i 38,7%ni, Yaponiyada 34,9%, GFRda 50,8%, Fransiyada 54,2%, Angliyada 54,8%ni tashkil etdi. Rivojlangan mamlakatlarda o‘rtacha ko‘rsatkich 1998 yilga kelib yalpi ichki mahsulotda 47,2%ga yetdi. To‘rtinchi jadvaldan ma’lum bo‘lganidek, dunyodagi yetakchi mamlakatlarda yalpi ichqi mahsulotdagi davlat xarajatlari satmog‘i keyingi yillarda ham muttasil oshib borgan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling