Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Rivojlanayotgan mamlakatlarga xos bo‘lgan asosiy belgilar
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Rivojlanayotgan mamlakatlarga xos bo‘lgan asosiy belgilar RM xo‘jalik hayoti xilma-xil xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, unda har holda muayyan darajada mushtarak jihatlar ham mavjudki, bular ushbu mamlakatlarni yagona bir guruhga kiritish imkonini beradi, iqtisodiy-siyosiy rivojlanish borasidagi o‘xshash yoki aynan manfaatlar shular jumlasidandir. Rivojlanayotgan dunyo mamlakatlariga xos bo‘lgan ana shunday jihatlar (belgilar) avvalo quyidagilardan iborat: 1) Ichki ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmadagi o‘tish davri xususiyatlari (RM iqtisodidagi dualizm, ko‘p ukladlilik); 2) ishlab chiqarish kuchlari umuman past darajada rivojlanganligi, qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi qoloqlik; 3) jahon xo‘jaligi tizimida qaramlik. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlarining ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlar 90-yillarning boshiga kelib, G‘arbdagi rivojlangan mamlakatlardan mehnat unumdorligi sohasida quyidagicha orqada qolgan: sanoatda 6-10 hissa; qishloq xo‘jaligida 20-25 hissa. Bu nisbat hozirgacha o‘zgarmay kelmoqda. "Uchinchi dunyo" mamlakatlarining jahon xo‘jaligida tutgan o‘rni, ularning tabiiy boyliklarga mo‘lligi va aholisining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu mamlakatlarda quyidagilar mavjud: - Umumiy sanoat zaxiralarining, ma’nan xom ashyolarining 8 turining (boksitlar, kobalt, mis, neft, qalay, nikel, tabiiy gaz, fosfatlar) 2/3 qismi; - temir rudasi, molibden va urannikg 1/3 qismi; - volfram, marganes, qo‘rg‘oshin, xrom, rux bilan bog‘liq sanoat zaxiralarining qariyb 1/4 qismi. Rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatbaho ma’danlar va toshlar bo‘yicha dunyo zaxiralarida muhim o‘rin egallaydi. Biroq, rivojlanayottan mamlakatlarda foydali qazilma boyliklar mutlaqo teng joylashmagan. "Uchinchi dunyo"da topilgan foydali qazilmalar ularning faqat 45 tasiga to‘g‘ri keladi. Bular, avvalo, neftni eksport qiluvchi, ma’danlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatlardir. Ayni paytda rivojlanayotgan mamlakatlarning 2/3 qismi umuman ma’dan va energetika zaxiralariga ega emas. Rivojlanayotgan mamlakatlarning tabiiy boyliklariga xos yana bir xususiyat, bu boyliklarni mamlakatlar bo‘ylab aniqlash darajasi nisbatan juda past: mazkur 45 mamlakatning atigi 10 tasida 3 xildan ko‘proq xomashyo turi mavjudligi aniqlangan. Mana shuning uchun ham xom ashyo rivojlanayotgan mamlakatlarning faqat ayrimlari uchun ko‘p tarmoqli qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun yetarli moddiy zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zi energetika va ma’dan xom ashyolarini chetdan olib kelishga majbur. Masalan, mamlakat importining umumiy hajmida xom ashyo salmog‘i Vyetnamda 25, Marokashda 20, Pokistonda 22, Paragvayda 25, Janubiy Koreyada 30% ni tashkil etadi. Rivojlanayotgan dunyo mintaqalari ichida chetdan olib kelinadigan ma’dan va energetika xoma shyolariga butunlay qaram bo‘lib qolgani Janubiy Osiyo hisoblanib, uning importida bu mahsulotlarning salmog‘i mintaqa bo‘yicha 28%dir. Hozirgi zamon maxsus adabiyotlarida rivojlanayotgan mamlakatlarni toifalashga oid bo‘lgan tavsiyalardan kelib chiqkdn holda bu davlatlarni quyidagi tabaqalarga bo‘lish mumkin (ko‘p jihatdan shartli ravishda): "Yangi industrial mamlakatlar" (YAIM) yoki "yangi sanoat iqtisodlari" (YASI) yuqori tabaqani tashkil etadi, keyin esa o‘rtacha iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi mamlakatlar, eng sust rivojlangan (yoki ko‘p hollarda eng qashshoq) mamlakatlar to‘g‘ri keladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling