Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Eksportga qaramlik Sustroq rivojlangan mamlakatlarning iqtisodi aksariyat hollarda birlamchi xom ashyolarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, ikkilamchi va uchlamchi tarmoqlar keyingi o‘rinda turadi. Ana shu birlamchi xom ashyo mollar ularning boshqa mamlakatlarga qiladigan eksportining asosini tashkil etadi. Masalan, 1995-2001 yillarda "uchinchi dunyo"ga mansub bo‘lgan barcha mamlakatlarda birlamchi xom ashyolar butun eksportning 65 foizini tashkil etgan. Boy neft zaxiralariga, qimmat-baho ma’dan boyliklarga ega bo‘lgan mamlakatlar, sanoat mollarini eksport qilishda yetakchi mavqega ega bo‘lgan rivojlanayotgan davlatlar bu hisobga kirmaydi. Sustroq rivojlangan mamlakatlar eksportining asosini esa oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat o‘simliklar (nonfood cash crops) va xom ashyolar tashkil etadi. Masalan, "sub- Saharan Africa"da birlamchi moddalar umumiy eksportdan olinadigan daromadlarning 94 foizini tashkil qiladi. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida taraqqiyotga oid birlamchi darajali loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy jamg‘armalarga qo‘shimcha chet el valutasiga ehtiyoj kuchaymoqda. Ayni paytda chet el investitsiyalari bilan chet el yordami xorijiy valuta manbaidir. Xom ashyo mollari eksporti rivojlanayotgan mamlakatlar xazinasiga bir yilda tushadigan chet el valutasining 60-70%gacha bo‘ladigan salmog‘ini tashkil etadi. Afsuski, qarzga botgan ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda 80-yillarda eksport yo‘li bilan topilgan chet el valutasining aksariyat qismi oldinroq olingan qarzlarga foizlar to‘lashga sarflandi. Bu mamlakatlarda keyingi bir necha yil mobaynida amalda kapitallarning xalqaro harakatida salbiy qoldiq kuzatilmokda, ya’ni bu mamlakatlarga kelib tushgan chet el valutasi miqdoriga nisbatan bu yerdan chiqib ketayotgan valuta mikdori ko‘proq bo‘lmokda. Garchi ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eksport muhim omil hisoblansada, "uchinchi dunyo"ga mansub mamlakatlarda (neftni eksport qiluvchi mamlakatlardan tashqari) eksportning o‘sish darajasi rivojlangan mamlakatlardagi shu ko‘rsatkich bilan tenglasha olmaydi. Buning oqibati o‘laroq, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi eng qulay kelgan yillarda ham umumjahon savdosidagi salmog‘i nuqtai nazaridan rivojlangan mamlakatlarga nisbatan o‘z mavqelarini qo‘ldan chiqara boshladi. Masalan, 1950-yillarda ularning bu sohadagi salmog‘i taxminan 33% bo‘lsa, 2001 yilda 27,7%ga tushib qoldi. Ayni paytda rivojlangan mamlakatlar jahon savdosidagi salmoqlarini 60%dan 69%ga olib chiqdilar (asosan o‘zaro savdo hisobiga). Vaholanki,'"uchinchi dunyo" mamlakatlarining o‘zaro savdosi ham ortib bordi va o‘zaro yalpi eksport foizi 1970-yillardagi 20 foizdan 2001 yilda 38%ga ko‘tarildi, lekin buning boshqa tomoni bor: sust taraqqiy etgan mamlakatlar o‘z mahsulotlarini chetga chiqarib sotishda tobora ko‘proq bir-biriga qaram bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda ularning jahon savdosidagi salmog‘i kamayib ketmoqda. Demak: 1. Rivojlanayotgan mamlakatlar (avvalo Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyadagi) yer yuzidagi hududlarning qariyb 3/5 hissasini tashkil etadi, jami aholining 4/5 qismi shularda istiqomat qiladi. 2. Ularning asosiy xususiyati — jahon xo‘jaligi tizimidagi qaramlilik holati, ishlab chiqarish kuchlarining g‘oyat sust rivojlanganligi (bu borada qishloq xo‘jaligi yetakchi mavqelarga ega). 3. Buning natijasida aholi asosiy qismining turmush darajasi past bo‘lib, bu narsa aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar, tibbiy xizmatlar borasida rivojlangan davlatlardan ancha orqada qolganlikda, uzluksiz to‘yib ovqat yemaslikda, bolalar o‘limi darajasi yuqori ekanligida va hokazolarda namoyon bo‘ladi. 4. Iqtisodning sust rivojlanganligi uning ko‘p darajada eksportga qaramligini keltirib chiqaradi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling