Ta’lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm pedagogikasi”
yoki progressivizm AQSHda, alohida rivojlandi. Uning yetakchisi Djon Dyui mazkur
ta’limotni ifodalashda pragmatizmning falsafiy g‘oyalarini asos qilib oldi. Pragmatizm
(yunoncha pragma – ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy Amerika falsafasida idealistik
oqim. Bu oqim haqiqatning ob’ektivligini rad etadi, haqiqat bu ob’ektiv borliqqa mos
kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi.
D.Dyui fikricha, bilish va bilim inson o‘z hayotida duch keladigan turli muammo yoki
qiyinchiliklarni yengish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun kurash vositasi va
shaxsning rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Biz faqatgina muammoni
hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning boshlanish yo‘li har doim qiyinchilikni his etish
hisoblanadi.
6. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. Pedagogikada qonuniyatlar - bu qonunlarning
aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada
ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga
oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi.
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’yektiv, mavjud, barqaror,
takrorlanuvchi aloqadorlik ta’lim qonuniyati deb ataladi.
Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
ta’limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; jamiyatning talablari
va imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan
bog‘liqlikda aniqlashtiriladi;
ta’lim mazmunini belgilashda ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; ijtimoiy
va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta’lim nazariyasi va
Do'stlaringiz bilan baham: |