sotsiologik: individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo‘ladigan
individlarning rivojlanishiga; ta’lim samaradorligi “intellektual muhit”ning mavjud
holatiga, o‘zaro bir-biriga o‘rgatishning jadalligiga; o‘qituvchi va o‘quvchilar
muloqotining sifatiga bevosita bog‘ liq;
tashkiliy: ta’lim natijasi o‘quvchining o‘quv mehnatiga, o‘zining o‘quv
majburiyatlariga munosabatiga; o‘quvchining ishchanlik qobiliyatiga; o‘quvchilarning
aqliy faolligini oshirish o‘quv mashg‘uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va
mehnat mashg‘ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog‘liq.
Ta’limning xususiy qoniniyatlariga gnoseologik, psixologik, kibernetik, sotsiologik,
tashkiliy qonuniyatlar kiradi.
Ta’lim tamoyillari. Ta’lim qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan
muayyan muhim talablar kelib chiqadi.
Ta’lim tamoyillari o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan
uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang‘ich qoidalardir.
Ta’lim tamoyillarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ta’limning
mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik tamoyillari.
Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillarga quyidagilar kiradi: insonparvarlashtirish;
tabiat bilan uyg‘unlik; madaniyat bilan uyg‘unlik; ilmiylik; ta’limning fundamentalligi va
amaliy yo‘nalganligi; ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligi.
Ta’limni insonparvarlashtirish - uning mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini
yangilash, ularning o‘zaro aloqasi va birligini ta’minlash orqali shaxsni har tomonlama
shakllantirish va rivojlantirishga yunaltirishdir.
Shaxsning rivojlanishi va o‘quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega sifat va
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta’limning insonparvarlik mazmuniga
Do'stlaringiz bilan baham: |