№
|
Foydalanuvchi darajasidagi oqimlar
|
Yadro darajasidagi oqimlar
|
1
|
Foydalanuvchi darajasidagi oqimlar tezroq yaratiladi va boshqariladi
|
Yadro darajasidagi oqimlar sekinroq yaratiladi va boshqariladi
|
2
|
Foydalanuvchi darajasidagi oqim kutubxonasi tomonidan amalga oshiriladi
|
Operatsion tizim yadro oqimlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi
|
3
|
Foydalanuvchi darajasidagi oqim umumiydir va har qanday operatsion tizimda ishlashi mumkin
|
Operatsion tizim uchun o‘ziga xos yadro darajasidagi oqim
|
4
|
Ko‘p oqimli ilovalar ko‘p protsessorli qa yta ishlash imkoniyatidan foydalana olmaydi
|
Yadro modulini o‘zi ko‘p oqi mli bo‘lishi mumkin
|
Jarayonlarning birgalikda ishlashi
Jarayonlarning birgalikda ishlashi kerak bo'lgan holatlar:
- Ma'lumotni bir jarayondan boshqasiga uzatishda;
- Jarayonlar faoliyatini nazorat qilishda (masalan: ular bitta resurs uchun kurashganda);
- Jarayon xatti-harakatlarini muvofiqlashtirishda (masalan: bir jarayon ma'lumotlarni yetkazib berganda, ikkinchisi uni chop etganda. Agar izchillik bo'lmasa, ikkinchi jarayon ma'lumotlar kelishidan oldin chop etishni boshlashi mumkin).
Oxirgi ikkita holat oqimlarga ham tegishli. Birinchi holda, oqimlar hech qanday muammoga duch kelmaydi, chunki ular umumiy adres maydonidan foydalanadilar.
Uzatish bir necha usul bilan amalga oshirilishi mumkin:
- Umumiy xotira.
- Kanallar, bu bitta jarayon yozadigan, ikkinchisi o'qiydigan psevdofayl.
- Soketlar yadro tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan mexanizm bo'lib, muhitning xususiyatlarini yashiradi va jarayonlarni bitta kompyuterda bo’lgani kabi tarmoqda ham bir xilda o'zaro ta'sir qilishiga imkon beradi.
- Pochta qutilari (faqat Windowsda), bir tomonlama, keng kamrovli jo’natish imkoniyati.
- Masofaviy protsedura chaqiruvi, “A” jarayoni “B” jarayonidagi protsedurani chaqirishi va ma'lumotlarni qaytarib olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |