Jarayonning nazariy qismi Qurilma haqida qiasqacha ma]lumot
Download 1.59 Mb.
|
куритгич
Mundarija Kirish Jarayonning nazariy qismi Qurilma haqida qiasqacha ma]lumot Asosiy qurilmaning hisobi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilova Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-son farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sohalari va tarmoqlariniig ishtirokini yanada kengaytirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta’lim muassasalarining ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, hududlarni, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalarining keng muhokamasida oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlash, innovatsion va texnologik g‘oyalarni har tomonlama rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini oshirish yuzasidan aniq choralar ko‘rish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar tashkilotlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislari, faol tadbirkorlar bilan dolzarb masalalarda seminar va davra suhbatlarini doimiy ravishda o‘tkazib borish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy-amaliy izlanishlarni olib boorish bo’yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Shuningdek oliy ta'lim muassasalarini xorijiy tajribalar asosida tayyorlangan adabiyotlar bilan ta'minlash, mutaxassisliklar kesimida tegishli fanlar bo‘yicha yangi adabiyotlar yaratish hamda tarjima qilish ishlari amalga oshirish bo‘yicha muxim vazifalar belgilab berilgan. Respublikamiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirish, zamon talablariga mos bo‘lgan bilimli, yetuk kadrlarni tayyorlash bo‘yicha har bir ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda ishlab chiqarish korxonalarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi. Ulardan asosan turli suyuq yoqilg‘ilar - benzin, aviakerosin, dizel va qozonxona yoqilg‘isi olish uchun foydalaniladi. Shuningdek, neftdan maxsus va surkov moylari ham ishlab chiqariladi. Kimyoviy qayta ishlash jarayonlari orqali olingan mahsulotlar plastmassalar, sintetik kauchuk va smola, sun’iy tola, yuvish vositalari va shu kabi bir qator xalq xo‘jaligi uchun zarur mahsulotlar olinadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab ishlab chiqarishning asosiy sohalaridan hisoblangan neft va gaz sanoatiga katta e’tibor qaratildi. Mamlakatimizning birinchi prezidenti I.A. Karimov 1992-yildagi neft va gaz sohasini rivojlantirish to‘g‘risidagi qaror va farmonlar sohada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘lamini aniqlab berdilar. Respublika yoqilg‘i - energetika mustaqilligiga erishish maqsadida mavjud ishlab turgan zavodlar qatoriga yangi zavodlar qurishga kirishildi. Yangi quriladigan zavodlar ishga tushishi bilan ichki bozordagi yoqilg‘i mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish bilan birgalikda tashqi bozorga ham mahsulot eksport qilish ko’zda tutilgan edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar neft va gazni qayta ishlash zavodlari Oltiariq (1904 yil), Farg‘ona (1958 yil) neftni va Muborak (1971 yil) gazni qayta ishlash zavodlari qatoriga 1997 yil 22 avgustda ishga tushurilgan Buxoro neft va gaz kondensatini qayta ishlashga mo‘ljallangan zavod va 2001 yilda Sho‘rtan gaz-kimyo majmualari qo‘shildi. Hozirgi kecha kunduzda Ustyurt platosida Janubiy Koreya respublikasi bilan hamkorlikda qurilishi boshlangan “Ustyurt gaz-kimyo kompleksi” 2016 yilda ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda. Umuman O‘zbekistondagi neft va gazni qayta ishlash sohasini vujudga kelishiga nazar solsak, XIX-asr oxirida Farg‘ona vodiysida ochilgan dastlabki konlar asosida 1904 - 1906 yillarda O‘zbekistonda birinchi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi asosan neftni birlamchi qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi vaqtdagi ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,5 mln. tonnani tashkil etadi. Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida 1958 yilda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodda neftni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Uning hozirgi vaqtdagi ishlab chiqarish quvvati yiliga 5,5 mln., tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlashga mo‘ljallangan. Zavodda shuningdek, yiliga 500 ming tonna moy ishlab chiqarish quvvatiga ega qurilmalari mavjud. 1996 yil Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi chet el ilg‘or texnologiyalari (Yaponiya) asosida qayta rekonstrukstiya qilindi. Hozirda zavodda neft maxsulotlarini 50 dan ortiq turi ishlab chiqariladi. Respublikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda gazni qayta ishlash sohasiga ham katta e‘tibor berildi. 1971 yilda dekabr oyida “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” birinchi navbati ishga tushirilgan. Zavod asosan xalq xo‘jaligi uchun eng arzon yoqilg‘i, tabiiy gaz etishtirib berardi. Muborak gazni qayta ishlash zavodining dastlabki quvvati yiliga 5 mlrd. m3 tabiiy gazni qayta ishlashdan boshlangan. 1978-1980 yillarda zavodning ikkinchi va uchinchi navbatlari ishga tushirilib, umumiy quvvati 10 mlrd.m3 ni tashkil etgan. 1984-yil to‘rtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3 ni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi xom-ashyo manbalari asosan yuqori oltingugurtli (4,5- 5,0 %) O‘rta buloq, Dengizko‘l-Havzak, Samontepa konlari va kam oltingugurtli ( 0,08-0,3 %) Kultak, Zevarda, Pamug‘ va Alan gaz konlaridir. Zavodning asosiy mahsulotlari tabiiy gaz, texnik oltingugurt, barqarorlashtirilgan kondensat va suyultirilgan gaz hisoblanadi. Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko‘paytirish maqsadida 17-fevral 1998-yil “O‘zbekneftgaz” MXK va “ABB Lummus Global” (AQSh), “ABB Soimi” (Italiya), «Nisho Ivai», “Toyo iujiutgiug”(Yaponiya), kompaniyalari o‘rtasida gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarni yotqizish, o‘rnatish va ishga tushurish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” ishga tushirildi va 2002 yil 15-avgustda birinchi o‘zbek polietileni ishlab chiqarildi. Gazkimyo majmuasining umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd.m3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen mahsulotlari ekologik va gigiyenik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005 yil xalqaro ISO- 9001 sifat sertifikati berildi. Hozirgi vaqtda Sho‘rtan GKM si maxsulotlarining 70% eksportga chiqarilmoqda. Ya’ni Evropa mamlakatlari Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Osiyo, Eron, Pokiston, Xitoy, MDH davlatlari: Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlariga eksport qilinmoqda. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling