Solishtirish operatori
Ikki operatorni bir-biri bilan solishtirishda ishlatiladi. Odatda, solishtirish operatorlar, shart berish operatori(if) va sikl(while, for) amallari bilan ishlatiladi.
Bu operatorlar ikki xil natija qaytarishi mumkin: true yoki false
Java dasturlash tilida quyidagi solishtirish operatorlari mavjud:
== -> teng
!= -> teng emas
> -> katta
< -> kichik
>= -> katta yokiy teng
<= -> kichik yokiy teng
public class CompareOperators {
public static void main(String[] args) {
int a = 3;
int b = 6;
boolean c;
c = (a==b);
System.out.println(c);
}
}// false
int tipida a va b sonlariga 3 va 6 sonlarini o’zlashtirdik, boolean tipida c ni yaratdik. a va b sonlarini solishtirish operatori yordamida (a==b) solishtirdik, solishtirishimiz natijasida biz true yoki false qiymatini olamiz. Demak 3 va 6 sonlari bir biriga teng emas. Natijada biz false qiymatini olamiz va u qiymatni c ga o’zlashtirib qo’ydik. Ekranda false qiymati chiqdi.
Mantiqiy operatorlar.
Mantiqiy operatorlar natijasi true yoki false bo‘lgan operandlar ustida amalga oshiriladi. Bu operatorlar quyidagilardan iborat.
&&(&) – mantiqiy VA(AND).
Do'stlaringiz bilan baham: |