Java o’zi nima? Oydt java sintaksisi java da tiplar


Download 185.17 Kb.
bet1/8
Sana23.12.2022
Hajmi185.17 Kb.
#1047648
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- Ma\'ruza


2-Ma’ruza: Dasturlash tilida sinflar. Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash. Do’stona funksiyalar. Inkapsulatsiya. Merosho’rlik. Polimorfizm.

REJA

(OYD) – bu dasturlashda yangi bir yondashuvdir.

Hisoblash texnikasining rivojlanishi va yechilayotgan masalalarni tobora murakkablashuvi dasturlash turli modellarini (paradigmalarini) yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Birinchi kompilyatorlarda (masalan, FORTRAN tili) programmalashning funksiyalardan foydalanishga asoslangan protsedura modelini qo‘llab quvvatlagan.

Bu model yordamida programma tuzuvchi bir nechta ming qatorli programmalarni yozishi mumkin edi.

 

Rivojlanishning keyingi bosqichida programmalarning strukturali modeli paydo bo‘ldi va ALGOL, Pascal va C tillar kompilyatorlarida o‘z aksini topdi.

Strukturali programmalashning mohiyati – programmani o‘zaro bog‘langan protseduralar (bloklar) va ular qayta ishlaydigan berilganlarning majmuasi deb qarashdan iborat.

Ushbu model programma bloklari keng qo‘llashga, GOTO operatoridan imkon qadar kam foydalanishga tayangan va unda programma tuzuvchi o‘n ming qatordan ortiq programmalarni yarata olgan.

Yaratilgan programmmani protsedurali modelga nisbatan sozlash va nazorat qilish oson kechgan.

Dasturlash tilida sinflar

Ma’lumotlarni abstraksiyalash –bu berilganlarni yangi turini yaratish imkoniyati bo‘lib, bu turlar bilan xuddi ma’lumotlarning tayanch turlari bilan ishlagandek ishlash mumkin.

Odatda yangi turlarni ma’lumotlarning abstrakt turi deyiladi («foydalanuvchi tomonidan aniqlangan tur»deb ham atash mumkin).

  • Sinf, shu turdagi ob’ektning tashqi dunyo bilan o‘zaro bog‘lanishi uchun qat’iy muloqot shartlarini aniqlaydi.
  • Yopiq berilganlarga yoki kodga faqat shu ob’ekt ichida murojaat qilish mumkin.
  • Ochiq berilganlarga va kodlarga, garchi ular ob’ekt ichida aniqlangan bo‘lsa ham, programmaning ixtiyoriy joyidan murojaat qilish mumkin va ular ob’ektni tashqi olam bilan muloqatini yaratishga xizmat qiladi.
  • Yaratilgan ob’ektlarni, ularning funksiya – a’zolariga oddiygina murojaat orqali amalga oshiriluvchi so‘rovlar (yoki xabarlar) yordamida boshqarish mumkin.
  • Berilgan sinf ob’ektini yaratish konstruktor deb nomlanuvchi maxsus funksiya - a’zo tomonidan, o‘chirish esa destruktor deb nomlanuvchi maxsus funksiya – a’zo orqali amalga oshiriladi.
  • Sinf ichki berilganlariga murojaatni cheklab qo‘yishi mumkin. Cheklov berilganlarni ochiq (public), yopiq (private) va himoyalangan (protected) deb aniqlash bilan tayinlanadi.

Download 185.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling