-
Java qanday qismlardan iborat va bu qismlarni tushuntiring?
-
JDK, JRE va JVM lar nima va qanday vazifalarni bajaradi?
-
Java texnologiyalari qanday va ularda qanday dasturlar yoziladi?
-
Javada dastur (kod) yozish uchun qanday integrallashgan muhitlarni bilasiz?
-
Javada nomlash konsepsiyasi qanday?
-
Javada qanday o’zgaruvchilar turlari mavjud va ular qayerlarda ishlatilad?
-
Javada qanday ma’lumotlar turlari mavjud va ular qaysilar?
-
Javada o’zgaruvchilar bilan ishlash uchun asosiy amallar qaysilar?
-
Tanlash operatorlarining qanday turlari mavjud va ularni blok sxemalari orqali tushuntiring?
-
Takrorlanuvchi operatorlarining qanday turlari mavjud va ularni blok sxemalari orqali tushuntiring?
-
Qanday o’tish operatorlari mavjud?
-
Javada massivlar nima, ular qanday e’lon qilinad va qanday afzalliklarga ega?
-
Ko’p o’lchamli massivlar qanday e’lon qilinadi?
-
x soni 50 dan kichik, 20 dan katta va juft bo’lsa ekranga “Shart bajariladi” degan yozuv chiqarilsin, aks holda “Shart bajarilmaydi” degan yozuv chiqarilsin.
-
x soni 50 dan katta va juft yoki 20 dan kichik va toq bo’lsa ekranga “Shart bajariladi” degan yozuv chiqarilsin, aks holda “Shart bajarilmaydi” degan yozuv chiqarilsin.
-
Berilgan x, y, z sonlaridan eng kichigi topish dasturini yozing.
-
-15 dan 15 gacha bo’lgan sonlarni ekranga chiqarish dasturini yozing.
-
1 dan 100 gacha bo’lgan sonlar orasidan ikkiga karrali sonlarni chiqaruvchi dastur yozing.
-
4 dan 114 gacha bo’lgan sonlar orasidan uchga bo’lganda ikki qoldiq qoladiganlarini chiqaruvchi dastur yozing.
-
1 dan 200 gacha bo’lgan sonlar orasidan uchga bo’lganda ikki, ikkiga bo’lganda esa bir qoldiq qoladiganlarini chiqaruvchi dastur yozing.
-
1 dan 50 gacha bo’lgan sonlarning yig’indisini topish dasturini yozing.
-
1 dan 100 gacha bo’lgan sonlar orasidan 3 ga qoldiqsiz bo’linadiganlarining yig’indisini topish dasturini yozing.
-
1 dan 114 gacha bo’lgan sonlar orasidan 4 ga bo’lganda 2 qoldiq qoladiganlarining yig’indisini chiqaruvchi dastur yozing.
-
1 dan 200 gacha bo’lgan sonlar orasida 3 ga ham 5 ga ham qoldiqsiz bo’linadigan sonlar yig’indisini topish dasturini yozing.
-
1 dan 60 gacha bo’lgan sonlar orasidan 4 ga bo’lganda 3 qoldiq, 3 ga bo’lganda 2 qoldiq va 2 ga bo’lganda 1 qoldiq qoladiganlarining ko’paytmasini chiqarish dasturini yozing.
-
Berilgan ixtiyoriy n soni tashkil etuvchi raqamlarining o’rta arifmetigi topilsin. Misol uchun N=123, Javob: 2; N=1234, Javob:2,5.
-
n o’lchovli massiv kiritilsin va shu massiv elementlarining o’rtacha qiymati hisoblansin.
-
Berilgan n o’lchovli massivdagi barcha manfiy (-) sonlar ekranga chiqarilsin.
-
Berilgan massivning eng kata va eng kichchik elementlarini topijsh dasturini yozing.
-
Berilgan massivdagi juft o’rinda turgan elementlarning yig’indisini topish dasturi yozilsin.
-
Berilgan massivdagi toq o’rinda turgan elementlarning yig’indisidan juft o’rinda turgan elementlarning yig’indisi ayrilsin. Masalan: a[]={1,7,3,-5,9} bo’lsa, natija 13-2=11 bo’lishi kerak.
-
Berilgan massivning eng kichchik elementi va uning o’rni (pozitsiyasi) aniqlansin. Masalan: a[]={1,6,3,8,5,6,0,1,3,4}; Javob. Min.element=0, o’rni=6.
-
Biror bir massiv kiritilsin va shu massivning eng kichchik va eng katta elementlari orasidagi elementlar ekranga chiqarilsin. Masalan: a[]={2,3,1,3,4,5,6,7,4,3,5} Javob: 1,3,4,5,6,7; b[]={-1,2,3,7,2,1, -3,-4, 2,1} Javob: 7,2,1,-3,-4
-
Ixtiyoriy n o’lchovli massiv kiritilsin, shu massiv elementlaring o’rta arifmetigi topilsin va massivning shu o’rta arifmetikdan kichchik elementlari nolga aylantirilsin. Misol uchun massiv a[]={1,2,1,4,3,1,1,7,12,1} bo’lsa, natija: a[]={0,0,0,4,0,0,0,7,12,0} bo’lishi kerak.
-
(nxm) o’lchovli massiv kiritilsin va ekranga chiqarilsin.
-
(nxm) o’lchovli massiv kiritilsin, undan eng kichchik va eng kata elementlar topilib, ular necha marotaba ishtirok etganligi topilsin.
-
(nxn) o’lchovli massiv kiritilsin. uning chetki va diagonal elementlari nolga aylantirilsin va hosil bo’lgan massivning nolga teng bo’lmagan elementlari yig’indisi topilsin.
-
(nxn) o’lchovli massiv kiritilsin. Uning chap diagonali va undan pastida joylashgan elementlar nolga aylantirilsin, hamda diagonaldan yuqori elementlar birga ylantirilsin.
-
(nxn) o’lchovli massivning noldan farqli elementlarini bir (1) bilan almashtiring.
-
(nxn) o’lchovli massiv kiritilsin. Uning satrlari va ustunlarining elementlari yig’indisi topilsin.
-
Ushbu yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin.
-
Ushbu yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin.
-
Fibonachchi sonlarini hisoblovchi dasturni yozing. Bunda n soni kiritilsin va dastlabki n ta Fibonachchi soni topilsin.
-
Quyidagi kod ektanga nimani chiqaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |