JavaScript Massiv Funksiyalari


Download 3.5 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi3.5 Kb.
#1314595
Bog'liq
javaSkrip Massiv


JavaScript Massiv Funksiyalari
JavaScript dasturlash tilida massiv ustida amallarni bajarishimizda standart funksiyalar mavjud bu kabi funksiyalar dastur kodini yozishimizda ancha yengillik baxsh etadi.
Massivlarni satrlarga aylantirish, toString() va join()
toString() massiv funksiyasi massivni satr ko'rinishga o'tkazadi. Satr ga o'tkazilgan vaqtda vergul(,) bilan ajratilgan holda bo'ladi.
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; console.log(mevalar.toString()); Olma,Shaftoli,Zaldori,Olcha
join() funksiyasi ham massiv elementlarini birlashtiradi. toString() dan farqi massiv elementlarini aynan qanday simbol bilan birlashtirishni o'zingiz hal qilishingiz mumkin eslatib o'taman toString() funksiyasi vergul(,) bilan birlashtiradi.
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; console.log(mevalar.join(" * ")); Olma * Shaftoli * Zaldori * Olcha
JavaScript massivi pop() funksiyasi
pop() funksiyasi massivdan oxirgi elementni olib tashlaydi:
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; console.log(mevalar.pop()); Olma,Shaftoli,Zaldori
Agar siz biron bir o'zgaruvchiga biriktiradigan bo'lsangiz pop() funksiyasi chiqarilgan elementni biriktiradi.
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; let sotildi = mevalar.pop();
JavaScript massivi push() funksiyasi
push() funksiyasi massivga yangi element qo'shadi (oxirida).
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; mevalar.push("Gilos");
Agar siz biron bir o'zgaruvchiga biriktiradigan bo'lsangiz pop() funksiyasi yangi tuzilmaga ega massivning uzunligini qaytaradi.
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; let mavalar_soni = mevalar.push("Gilos");
JavaScript massivi shift() funksiyasi
shift() funksiyasi massivning birinchi elementini olib tashlaydi va qolgan barcha elementlarni pastki indeksga "o'tkazadi".
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; mevalar.shift(); ["Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]
Agar siz biron bir o'zgaruvchiga biriktiradigan bo'lsangiz shift() funksiyasi o'chirilgan elementni qaytaradi.
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; let birinchi = mevalar.shift(); Olma
unshift() funksiyasi yangi massiv uzunligini qaytaradi.
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; mevalar.unshift(); 3
JavaScript massiv elementini o'chirish
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; delete mevalar[0]; ["Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]
JavaScript massiv elementlarini birlashtirish
concat() funksiyasi mavjud massivlarni birlashtirish orqali yangi massiv yaratadi:
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; const poliz_ekinlar = ["pamidor", "kartoshka", "bodring"]; const oziq_ovqat = mevalar.concat(poliz_ekinlar); ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha", "pamidor", "kartoshka", "bodring"]
Eslatma: concat() mavjud massivni o'zgartirmaydi. Ushbu funksiya doim yangi massiv qaytaradi.
concat() funksiyasi bir nechta argumentni qabul qilishi mumkin.
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; const poliz_ekinlar = ["pamidor", "kartoshka", "bodring"]; const tropik_mevalar = ["banan", "kivi"]; const oziq_ovqat = mevalar.concat(poliz_ekinlar, tropik_mevalar); ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha", "pamidor", "kartoshka", "bodring", "banan", "kivi"]
JavaScript Massiv splice() funksiyasi
splice() funksiyasi massivga yangi elementlar qo'shish uchun ishlatilishi mumkin:
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; mevalar.splice(2,0,"Lemon", "kivi");
Misolni tushuntirib o'tamiz.
Birinchi parametr (2) yangi elementlar qo'shilishi kerak bo'lgan joyni belgilaydi.
Ikkinchi parametr (0) qancha elementlarni olib tashlash kerakligini belgilaydi.
Qolgan parametrlar ("Lemon", "Kivi") qo'shiladigan yangi elementlarni belgilaydi.
["Olma", "Shaftoli","Lemon", "kivi", "Zaldori", "Olcha"]
Agar siz biron bir o'zgaruvchiga biriktiradigan bo'lsangiz splice() o'chirilgan elementlar holatida massivni qaytaradi:
JavaScript Massiv slice() funksiyasi
slice() funksiyasi berilgan massiv dan yangi massiv yaratadi. Qo'llanilgan massivdan hech qanday element olib tashlanmaydi aksincha olingan elementsiz yangi massiv hosil qiladi.
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; mevalar.splice(1); ["Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]
slice()ikkita argumentni qabul qilishi mumkin slice(1, 3)
Massiv birinchi element dan 3 elementigacha massivni kesib oladi va oxirgi elementi ham olinadi.
const mevalar = ["Olma", "Shaftoli", "Zaldori", "Olcha"]; mevalar.splice(1,3); ["Shaftoli", "Zaldori"]
Agar birinchi misollardagi kabi yakuniy argument o'tkazib yuborilsa, slice() usul massivning qolgan qismini ajratadi.
Download 3.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling