Javob: Albeni
Download 18.81 Kb.
|
LEGION MARAFON 12.03.2023
1-savol: Turk oziq ovqat kompaniyasi mahsulotini sotib olarkan, savol muallifi, mahsulotga uning rangiga deyarli teskari ma'noli lotincha nom tanlangan degan xato fikrga bordi. Aslida mahsulot ushbu nomi orqali xaridorni uni sotib olishga undovchi ikki so'zning qo'shilishidan paydo bo'lgan neologizm hisoblanadi. Diqqat savol: Mahsulot nomini bir so'zda yozib bering. Javob: Albeni Izoh: "Ülker" kompaniyasining bu mahsuloti nomi lotincha "albus"- oq maʼnosini beruvchi so'z emas, aksincha "meni ol" so'zlarini "Al beni" so'zlaridan hosil qilingan. 2-savol
Javob: Ajralish. Sharh: Cherkov ajralish masalasida juda qattiqqo'l boʻlgan. Bu ikki hafta shunchalik qiyinchiliklar keltirib chiqarganmi yoki er-xotinlarni yarashtirganmi, aytish qiyin, ammo ushbu yechim yordam bergan. 3-savol:
Javob: Muzqaymoqchi / Muzqaymoq sotuvchisi Izoh: Turkiya ko’chalarida muzqaymoq sotuvchilarining xaridorlarga muzqaymoq sotish jarayonida ularga turli hazillar qilishlari haqidagi videolarni ko’p bora ko’rgansiz degan umiddamiz. 4-savol:
Javob: Reinkarnatsiya 5-savol:
Javob: Tong yulduzi Izoh: Savol birinchi qismida Morgenshtern haqida gap bormoqda. “Morgenshtern” olmon tilidan “Tong yulduzi” deb tarjima qilinadi, Oksimiron esa anchadan beri shov-shuvga sabab bo'luvchi qo'shiqlar yozmay qo'ygan Alisherning tahallusini ishlatib so'z o'yini qilgan. Yurtimizda 1929-yilda nashri boshlandan “Tong yulduzi” gazetasi esa hali ham faoliyat ko’rsatmoqda. https://genius.com/27337343 6-savol:
Vladimir Mayakovskiy she'rlarining ta'sirli chiqishida uning o'ziga xos tembrli ovozi ham alohida o'rin tutgani haqida gapirar ekan, adabiy tanqidchi Mayakovskiyni SHUNDAY ataydi. Savol muallifi bu ta'rifni keyingi avlod {! Urg’u} shoirlariga qo'llansa toʻgʻriroq bo'lardi degan fikrga keldi. Diqqat savol, SHUNDAY bilan almashtirilgan bir harfdan boshlanuvchi ikki so'zni yozib bering. Javob: Bronza bas/bronzali bas (бронзовый бас) Izoh: Mayakovskiy ko'p she'rlarini o'zi o'qib bergan bo'lib, uning o'ziga xos bas ovozi odamlarni mahliyo qilgan ekan. Mayakovskoy yashab ijod qilgan davr rus adabiyot tarixida Kumush asr deb ataladi, rus she'riyati/adabiyotidagi Bronza asri esa ancha kechroq boshlangan. 7-savol
Javob: Gepatit. Izoh: Sariq rangdagi Pokemon kasallangan quyonni eslatib yuboradi. Boʻri "Ey, quyon, senda gepatit" deya xitob qilgan. 8-savol
Javob: Jarrohlar. Izoh: Gilbertning taʼkidlashicha, jarrohlar kerakli uskunalarni topib olishlari uchun operatsiyaning oʻzidan koʻra koʻproq vaqt sarflashgan. U jarrohlarga "keddi"ga oʻxshash yordamchilar olishni maslahat bergan. Keddilar inventarlarni nazorat qiladi va golfchining talabi bilan kerakli inventar bilan taʼminlaydi. 9-savol
Javob: Shlyupka.
10-savol: 2008-2010-yillarda chiqqan "Odamlardan keyingi hayot" ilmiy-ommabop filmi epizodi sivilizatsiya yo'qolganidan taxminan 200 yil o'tib Chikagodagi osmono'par binoning halokati haqida hikoya qiladi. Filmda binoni vayron qilayotgan 104 ta ULAR bombalarga qiyoslanadi. ULARni yozib bering. Javob: Liftlar. Izoh: Eskirgan troslardan uzilib ketayotgan 3 tonnalik liftlar asta-sekinlik bilan binoni vayron qilishni boshlaydi. Manba: “Odamlardan keyingi hayot” seriali, 2-seriya. 11-savol: 2016-yilning bahorida Piter Soulsbining aytishicha, ibodatxonada Richardni sharaf bilan dafn qilishgani uchun shahar mukofotlangan ekan. Piter Soulsbi qaysi shahar meri boʻlgan? Javob: Lester. Izoh: 2016-yilda “Lester Siti” sensatsion tarzda Premyer ligada g‘olib chiqqan. Shahar meri bu voqea 2012-yilda topilgan Richard III ning qoldiqlari to‘liq hurmat bilan dafn etilgani tufayli sodir bo‘ldi deb aytib oʻtgan. 12-savol: Bir masala bo'yicha qarama-qarshi fikrlarga ega bo'lgan odamlar Buyuk Britaniyada mifferlar va tifferlar deb ataladi. Bu nomlardagi birinchi harflar nimani anglatadi? Javob: Sut, choy. Izoh: Britaniyaliklar sutli choyni xush koʻrishadi va ko'pincha birinchi navbatda nimani quyish kerakligi haqida bahslashadilar. Birinchi choy quyiladi deydiganlar "tea", yaʼni tifferlar, birinchi sut quyiladi deydiganlar esa "milk", yaʼni mifferlar deb nomlanadi. Download 18.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling