Javob: Albeni


Download 18.81 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi18.81 Kb.
#1599770
Bog'liq
LEGION MARAFON 12.03.2023


1-savol:
Turk oziq ovqat kompaniyasi mahsulotini sotib olarkan, savol muallifi, mahsulotga uning rangiga deyarli teskari ma'noli lotincha nom tanlangan degan xato fikrga bordi. Aslida mahsulot ushbu nomi orqali xaridorni uni sotib olishga undovchi ikki so'zning qo'shilishidan paydo bo'lgan neologizm hisoblanadi. Diqqat savol: Mahsulot nomini bir so'zda yozib bering.
Javob: Albeni
Izoh: "Ülker" kompaniyasining bu mahsuloti nomi lotincha "albus"- oq maʼnosini beruvchi so'z emas, aksincha "meni ol" so'zlarini "Al beni" so'zlaridan hosil qilingan.

2-savol
Byertan qishlog‘ida xohlovchilar kichkina kravat, bitta stol va bitta idish-tovoq qo‘yilgan xonada ikki hafta yashashga majbur bo‘lishgan. Shu sababli 300 yil ichida Byertanda faqat bitta IKS bo'lganligi ajablanarli emas. IKSni yozib bering.


Javob: Ajralish.
Sharh: Cherkov ajralish masalasida juda qattiqqo'l boʻlgan. Bu ikki hafta shunchalik qiyinchiliklar keltirib chiqarganmi yoki er-xotinlarni yarashtirganmi, aytish qiyin, ammo ushbu yechim yordam bergan.

3-savol:
2022-yil yozida Finlyandiya va Shvedsiya NATO ga qo’shilishga bir necha bor urinib ko’rishdi. Sababi, Turkiyaning roziligiga erishish bir qadar qiyin kechdi. Toto ismli rassomning bir karikaturasida prezident Erdog’an U obrazida, Finlyandiya va Shvedsiya esa U ning qarshisida turgan bolalar ko'rinishida tasvirlangan. Diqqat savol: Uni bir yoki ikki so’zda yozib bering.


Javob: Muzqaymoqchi / Muzqaymoq sotuvchisi
Izoh: Turkiya ko’chalarida muzqaymoq sotuvchilarining xaridorlarga muzqaymoq sotish jarayonida ularga turli hazillar qilishlari haqidagi videolarni ko’p bora ko’rgansiz degan umiddamiz.

4-savol:
Tibet buddizmi va Dalay-lamani o‘z nazoratiga olish maqsadida Xitoy hukumati UNGA ta’qiq qo‘ydi. Aleksandr Xakimovning U haqidagi kitobi muqovasida cheksizlik belgisini ko'rish mumkin. Uni lotincha so'z bilan yozib bering.


Javob: Reinkarnatsiya

5-savol:
Rus repperi Oksimiron hamkasbini yerga urish maqsadida yozgan qo'shig'ida X larning umri qisqa bo’lishi haqida kuylaydi. Qizig’I bizdagi X sal kam 1 asrdan beri hayot. Diqqat savol: X ni ikki so'z bilan yozib bering.


Javob: Tong yulduzi
Izoh: Savol birinchi qismida Morgenshtern haqida gap bormoqda. “Morgenshtern” olmon tilidan “Tong yulduzi” deb tarjima qilinadi, Oksimiron esa anchadan beri shov-shuvga sabab bo'luvchi qo'shiqlar yozmay qo'ygan Alisherning tahallusini ishlatib so'z o'yini qilgan. Yurtimizda 1929-yilda nashri boshlandan “Tong yulduzi” gazetasi esa hali ham faoliyat ko’rsatmoqda.
https://genius.com/27337343

6-savol:


Vladimir Mayakovskiy she'rlarining ta'sirli chiqishida uning o'ziga xos tembrli ovozi ham alohida o'rin tutgani haqida gapirar ekan, adabiy tanqidchi Mayakovskiyni SHUNDAY ataydi. Savol muallifi bu ta'rifni keyingi avlod {! Urg’u} shoirlariga qo'llansa toʻgʻriroq bo'lardi degan fikrga keldi. Diqqat savol, SHUNDAY bilan almashtirilgan bir harfdan boshlanuvchi ikki so'zni yozib bering.
Javob: Bronza bas/bronzali bas (бронзовый бас)
Izoh: Mayakovskiy ko'p she'rlarini o'zi o'qib bergan bo'lib, uning o'ziga xos bas ovozi odamlarni mahliyo qilgan ekan. Mayakovskoy yashab ijod qilgan davr rus adabiyot tarixida Kumush asr deb ataladi, rus she'riyati/adabiyotidagi Bronza asri esa ancha kechroq boshlangan.

7-savol
Bir karikaturada pokemon Pikachu va boshi qotgan boʻri tasvirlangan. Boʻrining yakuniy xulosasini grekcha soʻz bilan yozib bering.


Javob: Gepatit.
Izoh: Sariq rangdagi Pokemon kasallangan quyonni eslatib yuboradi. Boʻri "Ey, quyon, senda gepatit" deya xitob qilgan.

8-savol
Hozirda umumqabul qilingan amaliyot 1915-yilda vaqtni boshqarish va mehnatni tashkil etish bo'yicha mutaxassis Frenk Gilbret tufayli paydo bo'lgan. Frenk ULARga oʻziga xos "keddilar" ga ega boʻlishni maslahat bergan. ULARni qoʻsh undoshli soʻz bilan yozib bering.


Javob: Jarrohlar.
Izoh: Gilbertning taʼkidlashicha, jarrohlar kerakli uskunalarni topib olishlari uchun operatsiyaning oʻzidan koʻra koʻproq vaqt sarflashgan. U jarrohlarga "keddi"ga oʻxshash yordamchilar olishni maslahat bergan. Keddilar inventarlarni nazorat qiladi va golfchining talabi bilan kerakli inventar bilan taʼminlaydi.

9-savol
Urushdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Zanzibar orolining sultoni Germaniya elchixonasida inglizlardan yashirinishga muvaffaq boʻladi. Shundan so'ng nemislar otryadi norozi inglizlarning ko'z o'ngida elchixonaga Uni olib kelishadi. Uni gollandcha so'z bilan yozib bering.

Javob: Shlyupka.
Izoh: O'sha paytda amalda bo'lgan huquqiy me'yorlarga ko'ra, shlyupka oʻzi qayd etilgan kemaning bir qismi hisoblangan va qayerda joylashganligidan qat'i nazar eksterritorial boʻlgan. Nemis dengizchilari shlyupkani yelkalarida elchixonaga olib borishgan, Sultonni olib chiqib ketib o'zining kemasiga topshirishgan.

10-savol:


2008-2010-yillarda chiqqan "Odamlardan keyingi hayot" ilmiy-ommabop filmi epizodi sivilizatsiya yo'qolganidan taxminan 200 yil o'tib Chikagodagi osmono'par binoning halokati haqida hikoya qiladi. Filmda binoni vayron qilayotgan 104 ta ULAR bombalarga qiyoslanadi. ULARni yozib bering.
Javob: Liftlar.
Izoh: Eskirgan troslardan uzilib ketayotgan 3 tonnalik liftlar asta-sekinlik bilan binoni vayron qilishni boshlaydi.
Manba: “Odamlardan keyingi hayot” seriali, 2-seriya.

11-savol:


2016-yilning bahorida Piter Soulsbining aytishicha, ibodatxonada Richardni sharaf bilan dafn qilishgani uchun shahar mukofotlangan ekan. Piter Soulsbi qaysi shahar meri boʻlgan?
Javob: Lester.
Izoh: 2016-yilda “Lester Siti” sensatsion tarzda Premyer ligada g‘olib chiqqan. Shahar meri bu voqea 2012-yilda topilgan Richard III ning qoldiqlari to‘liq hurmat bilan dafn etilgani tufayli sodir bo‘ldi deb aytib oʻtgan.

12-savol:


Bir masala bo'yicha qarama-qarshi fikrlarga ega bo'lgan odamlar Buyuk Britaniyada mifferlar va tifferlar deb ataladi. Bu nomlardagi birinchi harflar nimani anglatadi?
Javob: Sut, choy.
Izoh: Britaniyaliklar sutli choyni xush koʻrishadi va ko'pincha birinchi navbatda nimani quyish kerakligi haqida bahslashadilar. Birinchi choy quyiladi deydiganlar "tea", yaʼni tifferlar, birinchi sut quyiladi deydiganlar esa "milk", yaʼni mifferlar deb nomlanadi.
Download 18.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling