Javob: Balans (1-shakl)ni tuzishdan oldin barcha mavjud memorial orderlar bilan


Download 14.41 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi14.41 Kb.
#138528
Bog'liq
st 73 rasuliy behruz


Savol: Balans tuzish tartibini tushuntirib bering

JAVOB:


Balans (1-shakl)ni tuzishdan oldin barcha mavjud memorial orderlar bilan

rasmiylashtirilgan buxgalteriya provodkalarini dastlabki hujjatlarga muvofiq holda to‘g‘ri

tuzilganligi hamda “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl)ga to‘g‘ri yozilganligi, subschyotlar

bo‘yicha oylik aylanmalar va hisobot davri oxiriga “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) bo‘yicha

qoldiqlar to‘g‘ri hisoblanganligi tekshirib chiqiladi.

Hisobot davri oxiriga “Bosh-jurnal kitobi”da chiqarilgan qoldiqlar balansning “Yil (chorak)

oxiriga” ustuniga ko‘chirib yoziladi.

Bunda, debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi subschyotlar bo‘yicha debitorlar va

kreditorlar umumlashtirilmasdan, ya’ni, mavjud debitorlar balansning aktiv qismida,

kreditorlik qarz esa, passiv qismida ko‘rsatiladi. Ushbu debitorlik va kreditorlik qarzlar

to‘g‘risidagi ma’lumotlar 285-shakl "Aylanma vedomost" va boshqa tegishli hisob

registrlaridan olinadi. "Yil boshiga" ustuni bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘tgan hisobot yili balansining "Yil (chorak)

oxiriga" ustuni bo‘yicha ko‘rsatkichlarga aynan bir xil holda ko‘chiriladi. Agarda, tashkilot

hisobot yilining 1-yanvaridan keyin tashkil topgan bo‘lsa, u holda balansning ushbu “Yil boshiga” ustuni to‘ldirilmaydi.

Balansning aktiv qismidagi "Yil (chorak) oxiriga" ustuni bo‘yicha:

"1-§. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar" paragrafining

"Asosiy vositalar: Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati” qatorida tashkilotlarning hisobot

davri oxiriga mavjud barcha asosiy vositalari, shu jumladan, ijaraga berilganlari ham dastlabki

(tiklanish) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.

Qayta baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan asosiy vositalarning tiklanish qiymati

choraklik va yillik balanslarda “Yil boshiga” ustunida kasr chizig‘i bilan (mahrajida) aks

ettiriladi. “Eskirish summasi” qatorida asosiy vositalarning balans tuzilgan hisobot davri oxiriga

hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi.

“Qoldiq (balans) qiymati” qatorida asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan

hisoblangan eskirish qiymatini farqi (010-qatorda aks ettirilgan asosiy vositaning dastlabki

(tiklanish) qiymatidan 011-qatorda aks ettirilgan eskirish summasini ayirmasi) aks ettiriladi.

“Nomoddiy aktivlar” qatorida tashkilotning hisobot davri oxiriga mavjud nomoddiy

aktivlarining qiymati ko‘rsatiladi.


SAVOL: Kunlik balans bilan aylanmalar va qoldiqlar qaydnomasi o‘rtasidagi farqni tushuntiring

Shaxsiy hisobvaraqlar bo'yicha tegishli nazorat o ‘tkazilgandan so'ng, bankning bir kunlik balansiga tegishli o ‘zgarishlar kiritiladi. Kundalik balans to ‘g‘ri tuzilganligi aktiv va passiv bo'yicha qoldiqlar 30 yakunlari (ya’ni majburiyat va sarm oyalar yigMndisi) tengligini a n iq la sh o rq a li, « K u tilm ag a n v a z iy a tla r» h iso b v a ra q la ri qoldiqlarining yakuni to‘g‘riligi esa, u avvalgi kun balansi yakuniga mosligi plus kredit aylanmalari yakuni minus balans tuzilayotgan kundagi debet aylanmalari yakunini aniqlash orqali tekshiriladi. Balans aktivi balans passiviga teng chiqishi kerak. Balans passivi bank majburiyatlari hisobvaragM qoldiqlari hamda bank sarmoyasini ifodalovchi hisobvaraqlar qoldiqlarining yig’indisidan iborat. Kundalik balans chiqarilgandan so‘ng, unga bank boshqaruvchisi (rahbari) va bosh buxgalteri tom onidan imzo qo‘yiladi. H ar bir bank rahbari va bosh buxgalteri bank ishini o‘z mijozlariga m e’yoriy xizmat ko‘rsatishi, o‘z vaqtida bank balansi tuzilishi hamda hujjatlar aylanish qoidalariga amal qilgan holda tashkil qilish uchun shaxsan javob beradilar. Agar operatsion ish kuni oxirida balans to ‘g‘ri chiqmasa, yoki bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish biror sabab bilan izdan chiqsa bu haqda bank rahbarlari yuqori bank tashkilotiga xabar berishi shart, bunda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar, ularni bartaraf etish uchun bank rahbarlari tom onidan ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida ham xabar berish lozim. Balans chiqmagani haqida belgilangan m uddatda xabar qilmasalar, bank rahbarlari va bosh buxgalterlari qattiq jazoga tortiladilar, hatto egallab turgan vazifalaridan ozod qilinishlari ham mumkin. Shu sababli bank rahbari va bosh buxgalteri Asosiy va qo‘shimcha kitob materiallaridagi yozuvlarini o ‘z vaqtida taqqoslab, ular bo'yicha xato yozuvlarni tuzatish, ustidan nazorat olib borishlari lozim. Asosiy va qo'shim cha buxgalteriya daftarlarida, shuningdek, kundalik balans va shaxsiy hisobvaraqlarda biron-bir tuzatishlar qilishga yo'l qo'ymaydi. Summalarni o'chirib yozish va tuzatish, shuningdek, o'chiruvchi suyuqliklardan foydalanib, tuzatishlar kiritish taqiqlanadi. Xatolar borligi aniqlangan hollarda shaxsiy hisobvaraq va hujjatlarning qayta yozilishi man etiladi.
Download 14.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling