997. Bo`linish xususiyatiga ega bo`lgan hujayralarda o`sish, organoidlarning hosil
bo`lishi va ularning jamlanishi oqsil, RNK, lipidlar, uglevod sintezi tufayli bo`ladi.
Yuqorida ko`rsatilganlar interfazaning qaysi davrida boradi (ammo bu davrda DNK
sintez bo`lmaydi)
Javobi: Presintetik
998.Hujayra yadrosida shunday strukturalar borki ular bo`linishning boshida yo`qolib
uning oxirida paydo bo`ladi. Ular o`z tarkibida oqsil va
RNK saqlaydi va ular
ribosamaning subbirligi hosil bo`lishida ishtirok ketadi.
Javobi:Yadrochalar
999. Tuxumdon to`qimasida kata hujayralar urug`langan gomologik xromosomalar
bilan va krossingover nuqtasiga ega hujayralar topildi.
Bu gametogenezning qaysi
davri?
Javobi:Yetilish
1000. G2 davrida aktivlanishi kerak bo`lgan genlar noaktivligicha qoldi. Bu qanday
o`zgarishlarga olib keladi?
Javobi: G2 da organoidlarning bo`linishi uchun kerak bo`ladigan oqsillar hosil
bo`ladi. Noaktivligi hujayraning toliq xususiyatiga ega bo`lishiga xatar beradi