Javob: Ijtomoiy rivojlanish bu bolaning atrof muhitga moslashishi va


Download 46.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.10.2023
Hajmi46.56 Kb.
#1719656
Bog'liq
1 top



1-Mustaqil topshiriq
Savollarga javob.
1. Ijtimoiy rivojlanish nima?
Javob: Ijtomoiy rivojlanish bu bolaning atrof muhitga moslashishi va
muloqotga kirishish shaxslararo munosabat o’rnatish. Ijtimoy rivojlanish
inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot va faoliyat jarayonida
uni faol tarzda qollash
jarayonidir. Sodda til bilan aytganda,
ijtimoiylashuv har bir shaxsning jamiyatga qoʻshilishi, uning me’yorlari,
talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va
muomalasida uni koʻrsatishi va kerak boʻlsa, shu ijtimoiy tajribasini oʻz
navbatida oʻzgalarga oʻrgata olish jarayonidir.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy rivojlanishiga nima ta'sir
qiladi?
Javob: Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiylashuviga hamma narsa
ta’sir qiladi. Masalan oiladagi muhit, atrofdagi kattalarning bolaga
musosabati, bola tomonidan berilgan savollarga beriladigan javoblar, bola
ta’lim oladigan maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ichki muhit, olib
boriladigan ta’lim tarbiyaviy jarayon, bolaning o’ynayotgan har qanday
o’yin. Bola o’yin o’ynar ekan u o’zini kimnidir obraziga qo’yadi.
Sartarosh bo’ladi, shofyor bo’ladi, dada bo’lib ko’radi va xokazo.
Chunki bu yoshda bola ijtimoiylashish jarayonida bo’ladi. Avvalo u
maktabgach ata’lim tashkilotiga qadam qo’yadi va o’z oilasidan
boshqalar bilan muloqot o’rnata boshlaydi. Ijtimoiylashuv bolada o’yin
jarayonlari orqali yanayam rivojlanadi.
3. Mаktаbgаchа yоshdаgi bоlаlаrni ijtimоiy tаrbiyаlаshning vаzifаlаri
qaysilar?
Javob: Atrofdagilar bilan muloqotga kirishish, o’zini anglash, “men”
konseptsiyasini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish, o’z istak
hohishlarini erkin bayon qila olishga o’rgatish. Ijtimoiy jarayonda faol
ishtirok etish orqali bolalarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi
ortib boradi. Faoliyat bolalar
jamoasi manfaati va istagi asosida
uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash
jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun
jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki
umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi.
4. Tarbiyaning mаqsаdi nima?Javob: Tarbiya bu shaxsda muayyan
jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; Tarbiya har qanday
jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan


yetarlicha
shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga
mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda
ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda
yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy
boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq
ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va
maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa jamiyat uzluksiz
ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intizomlar tizimiga
ega boʻlishi lozim.
Tayyorladi: Abdurahimova Mariyamxon
O‘qituvchi: Boymirzayeva Shahnoza Olimovna

Download 46.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling