Javob: Nurli cho‘qqilar hikoyasi Nurli cho‘qillar hikoyasidagi ushbu fikr kim tomonidan aytilgan : "Durust, durust, kallada xom xayol bo‘lsa ham bo‘lgani, kalla bo‘sh turmagani yaxshi" ?
Download 9.75 Kb.
|
Abdulla Qahhor-WPS Office
Abdulla Qahhor hikoyalaridan savol va javoblar 1.Zuhra va Fotima obrazlari qaysi hikoyada uchraydi? Javob:Nurli cho‘qqilar hikoyasi 2. Nurli cho‘qillar hikoyasidagi ushbu fikr kim tomonidan aytilgan : "Durust, durust, kallada xom xayol bo‘lsa ham bo‘lgani, kalla bo‘sh turmagani yaxshi" ? Javob: Rais tomonidan Fotimaga aytiladi. 3.Nurli cho‘qillar hikoyasidagi ushbu ta‘rif kimga tegishli ? " Nihoyatda ko‘zga yaqin, bir qaragan kishi, ko‘zi xira tortib, yana qaragisi kelar, xususan, xonatlas ko‘ylak kiyib sochini "laylak uya" qilganida maqtoviga "chiroyli" degan so‘z goh kamlik, goh eskilik qilib qolar edi". Javob: Zuhra obraziga tegishli. 4.Mahalla hikoyasidagi Rohat buvi Hikmat buva bilan turmush qurganidan necha yil o‘tib vafot etdi? Javob: 53 yil 5.Hikmat buva kasallanib yotib qolganida kelini unga nima olib kelib berdi? Javob: Magnitofon. 6.Ayvonda ustunga suyanib yomg‘ir suvining vaqirlashini tomosha qilib turgan cholning ko‘zi nimaga tushib qoldi ? Javob: Rohat buvi bir oyog‘i shishganda jag‘ini kesib kiygan kalishiga ko‘zi tushadi. 7.Mahalla hikoyasida o'tgan yili bahorda jami nechta ko'chat o'tkazilganligi aytilgan? Javob: 1765 tup ko'chat o'tkazilgani aytilgan. 8." To'yda aza "hikoyasiga olingan epigrafni ayting. Javob:Zo‘ri behuda miyon meshikanad . 9.Abdulla Qahhorning “Dahshat” nomli hikoyasi qahramoni Unsinga bir odamchalik yordam bergan jumla qaysi qatorda berilgan? Javob : " O'likning joni yo'q" 10.Qahhorning “Bemor” hikoyasida doktorxona deganda Sotiboldining ko‘z oldiga nima kelar edi? Javob:Doktorxona deganda Sotiboldining ko‘z oldiga izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so‘mlik pul kelar edi. 11.Qaysi asar qahramoni “bemorning ko‘ngliga armon bo‘lmasin” deb to‘qigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz ko‘tarib “chilyosin” qildiradi? Javob: Bemor hikoyasida (Sotiboldi ) 12.Ola ho‘kiz mojarosi qaysi asarda badiiy aks etgan? Javob: Bemor hikoyasida 13.Anor hikoyasida Turobjon asalni umrida bir marta qayerda yeganini aytib o'tgan? Javob: "Shokirxo‘ja qandolatchi asal qiyom qildirayotganda qozoniga ammamning jo‘jasi tushib ketgandi, shu jo‘jani yalaganman" - degan. 14.Turobjonning oyligi qancha edi ? Javob: o'n sakkiz tanga. 15.Bashorat hikoyasiga epigraf qilib olingan maqolni ayting. Javob: Ola qarg‘a qag‘ etadi, O’z vaqtini chog‘ etadi. 16.Nikolay zamonida nima qimmat edi? Javob : Mayiz 17.Bashorat hikoyasidagi Said Jalolxonning xon bo'lishiga atab boqib yurilgan ikki maxluq nomini ayting. Javob : "Qirarman"va "Yig‘arman" nomli ikki maxluq. 18.San'atkor hikoyasida konsert so'ng kimdan boshqa hamma xursand bo'lib tarqaldi? Javob: Nomi chiqqan ashulachi-san'atkordan boshqa. 19.San'atkor hikoyasidagi xizmatchi qancha vaqtdan beri savod maktabida o'qir edi ? Javob: 2hafta 20. Jonfig'onning turmush o'rtog'i kim edi. Javob :Malohat 21.Qutbiddinovga ovchi oshnasi nima in'om qildi? Javob:ikkita tustovuq. 22.Zargarov portretning ostidagi yozuvni o‘qib, xuddi nima ko‘rganday ajablandi? Javob :Qanotli tuya ko'rgandek ajablandi. 23.Yillar hikoyasida Hoji bobodan uzed hokimi nima uchun 3027 so'm pul olgan? Javob: «akangizni mingboshi qilaman» deb 24.Soboraxonga "Turondot "laqabini kim qo'ygan? Javob : Turmush o'rtig'i Hamroev. 25.Xotinlar hikoyasidagi juvon (Sobiraxon)MTS da nima ish nilan shug'ullanardi? Javob : MTS da traktorchi. 26. Juvon(Sobiraxon)ning ot o'rganishiga kim sababchi bo'lgan. Javob : Farzandi (o'g'li) 27.G'offorjon askarlikka ketayotganda Umri dod solib yig'laydi.Odamlar qachondan beri bunday ko'z yoshni ko'rmaganlar? Javob: «Judolik» degan so‘z bino bo‘lgandan beri 28.Karavat hikoyasida bosh qahramon kim edi ? Javob : G'anijon. 29.Qiyom paytida «Paxtakor» kolxozining pravleniesi oldiga qanday avtomobil kelib to‘xtadi ? Javob: to'ng'iznusxa . 30. Kartina hikoyasida Yosh shoirlardan va yosh rajissorlardan kelgan mehmonlar kim edi? Javob: Quvvatbek (shoir) va G'aniyev (rejissor). Download 9.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling