Javob: Qarg’aning o’zi uchib ketishini kutish
Download 27.43 Kb.
|
33- мактаб 50 mantiqiy savol javoblari bilan
milliarder bo’lgan.
14 savol: Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi? Javob: Yomg’ir yog’mayotgan bo’lsa 15 savol: Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas. Javob: Sigir burchakdan boshining yarimini chiqarib poylamoqd 16 savol: Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi. Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib? Javob: Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi 17 savol: Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas. Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas. U nima? Javob: Musiqa. 18 savol: Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak? Javob: Choyni qo’l bilan emas, balki qoshiqcha bilan aralashtirish maqsadga muvofiq. 19 savol: U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima? Javpb: Sizning ismingiz. 20 savol: Kim o’tirgan holda yuradi? Javob: Shaxmatchi. 21 savol: Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak? Javob: Yo’lovchi o’rindig’idan haydovchining o’rindig’iga o’tish kerak. 22 savol: U savol emas, lekin unga javob berish kerak. Javob: Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi. 23 savol: Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz. Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima? Javob: Qorong’ulik. 24 savol: Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi Javob: 9 ta. 25 savol: Men suvman va suv yuzasida suzib yuripman. Men kimman? Javob: Muz. 26 savol: Nimani 10 daqiqadan ortiq ushlab turishning iloji yo’q, garchi u o’ta yengil bo’lsa ham Javob: Nafasni. 27 savol: Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi, yerlari bor — ekib bo’lmaydi, yam-yashil o’tloq bor — yulishni iloji yo’q, dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q. Bu nima? Javob: Xarita. 28 savol: Uchta toshbaqa sudralib bormoqda. 1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda. 2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda. 3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin? Javob: Toshbaqalar aylana bo’ylab sudralib yurishibdi. 29 savol: Stol ustida ikkita tanga turibdi. Ularning jami qiymati 3 so’m. Lekin ularning biri 1 so’mlik tanga emas. Tangalar necha so’mlik? Javob: 1 so’m va 2 so’mlik tangalar. Ulardan biri aniq 1 so’mlik emas, lekin ikkinchisi 1 so’mlik 30 savol: Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz? Javob: Quyosh. 31 savol: Ular qanchalik ko’p bo’lsa, vazni shunchalik kamayib ketaveradi? Javob: G’ovaklar 32 savol: Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi? Javob: O’ng qo’lning tirsagi. 33 savol: Stolning 4 ta burchagi bor. Shu burchaklardan birini kesib olib tashlasa, unda nechta burchak qoladi? Javob: 5 ta (stolni tasavvur qilib ko’ring). 34 savol: Mashxur sehrgar xonaning o’rtasiga shisha qo’yib, unga kira olishini aytdi. Bu qanday qilib mumkin? Javob: xonaga barcha kira oladi, shisha qo’yish shart emas. 35 savol: It uning dumiga bog’langan tovaning jaranglashini eshitmasligi uchun necha km/soat tezlik bilan yugurishi kerak? Javob: 0 km/soat tezlikda, ya’ni umuman harakatlanmasligi kerak 36 savol: Itning bo’yniga uzunligi 5 metr bo’lgan arqon bog’langan edi, lekin shunga qaramay to’g’ri bo’ylab 10 metr uzoqlikka keta oldi. U buni qanday uddaladi? Javob: Itning bo’yniga bog’langan arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi. 37 savol: Balandligi 10 metr bo’lgan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak? Javob: Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash. 38 savol: Qaysi talaffuz to’g’ri: «oq rangdagi tuxum sarig’ini ko’rmayapman» yoki «tuxumning oq rangli sarig’ini ko’rmayapman»? Javob: Tuxumning sarig’i oq rangda bo’lmaydi. 39 savol: Qanday sharoitda qora mushukka uyga kirish eng qulay bo’ladi? Javob: Uyning eshigi ochiq bo’lganda. 40 savol: Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi? Javob: Ular bobo, ota va farzand edilar 41 savol: Qanday idishdan umuman hech qanday ovqat yeb bo’lmaydi? Javob: Bo’sh idishdan. 42 savol: «To’yingda elak bilan suv tashiy» degan ibora mavjud. Bu mumkinmi? Javob: Xa, suvni avval muzlatib olish kerak 43 savol: Kun va tun nima bilan tugaydi? Javob: «N» harfi bilan. 44 savol: Beshta yigit bir etikda qolishi uchun nima qilish kerak? Javob: Ularning har birining bittadan etigini yechib olish. 45 savol: 2+2*2 ning javobi necha bo’ladi? Javob: 6, avval ko’paytirish bajariladi. 46 savol: Qaysi oyda odamlar eng kam gap gapirishadi? Javob: Fevral oyida, chunki bu eng qisqa oy. 47 savol: O’tgan yilgi qorni topish uchun nima qilsa bo’ladi? Javob: 1 yanvar kuni ko’chaga chiqish kerak. 48 savol: Qaysi so’z doimo xato bo’lib eshitiladi? Javob: «Xato» so’zi. 49 savol: Dengiz tubida qanday tosh bo’lmaydi? Javob: Quruq tosh. 50 savol: Xo’roz o’zini parranda deb atashi mumkinmi? Javob: Yo’q, xo’roz gapirishni bilmaydi. Download 27.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling