46. Davlat shaklining tarkibiy elementlari nimalardan iborat?
Javob:
X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,
–boshqaruv shakli, ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibi;
–davlat tuzilishi shakli, ya’ni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning muayyan tartibi;
–siyosiy (davlat) rejim, ya’ni siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirish usul va uslublari.
47. Davlat tuzilish shakliga ko‘ra qanday ko‘rinishlari mavjud?
Javob:
X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,Unitar tuzilishdagi davlat yagona bo‘lib, u tarkibiy qismlari suverenitet belgilariga ega bo‘lmagan ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘ladi.
Federativ tuzilishga ega bo‘lgan davlat – bu mustaqil bo‘lgan bir necha davlat tuzilmalarining ixtiyoriy asosda birlashgan yagona ittifoqi. Federativ davlatning milliy, hududiy (AQSH, Meksika, Hindiston) va milliy-hududiy (Rossiya Federatsiyasi) shakllari mavjud.
Konfederatsiya – bu siyosiy, harbiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda muayyan maqsadlarga erishish uchun tashkil qilinadigan davlatlarning muvaqqat ittifoqi.
48. Davlat apparatining qanday xususiyatlari mavjud?
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,davlat apparati boshqaruv bilan maxsus shug‘ullanuvchi kishilardan iborat;
davlat apparati muayyan organlarning murakkab tizimidan tashkil topgan bo‘lib, ular bevosita hokimiyatga daxldor funksiyalarni ado etadi va bunda o‘zaro mustahkam aloqada bo‘ladi;
davlat apparatiga kiruvchi barcha organlarning faoliyati tashkiliy va moliyaviy vositalar bilan, zarur hollarda esa majburiy ta’sir choralari bilan ham ta’minlanadi;
davlat apparatining faoliyati fuqarolarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini ishonchli tarzda kafolatlash va muhofaza qilishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |