Javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma’lumotlar, hujjatlar yoki boshqa zarur narsalar so‘raladi


Download 6.17 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi6.17 Kb.
#1206466
Bog'liq
img268



So‘rov xati
Javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma’lumotlar, hujjatlar yoki boshqa zarur narsalar so‘raladi.
«O‘zbekkimyomash» zavodining direktori o‘rtoq, T. A. Salimovga
«0‘zbekkimyomash» zavodida 1999 yilning, ikkinchi yarmidan boshlab davolash barokamerasi ishlab chiqarilayotganligi matbuot orqali ma'lum qilindi.
Bu zamonaviy uskuna bizni juda qiziqtirdi. Shu sababli Sizdan ushbu barokameraning mufassal tavsifi, yo‘riqnomasi va tegishli fotosuratlarini zudlik bilan yuborishingizni so‘raymiz.
Hurmat bilan,
Samarqand shahri 1- kasalxonasi bosh vrachi
(imzo) A. Madumarov
Tasdiq xat.
Ma’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so‘rovlarga javob tarzida yoziladigan xatlaming bir turidir.
Sizning xom-ashyo so‘rab 12 yanvarda jo‘natgan A—22—18 raqamli xatingizni olganligimizni tasdiqlaymiz. Bu to‘g‘ridagi bizning javobimiz 22 yanvargacha xabar beriladi. Bugun 5 iyunda Sizdan bizning buyurtmamiz bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarayotganligingiz haqida xabar berilgan telegrammani oldik.
O‘z vaqtida qaytarilgan javob uchun Sizlarga minnatdorchilik bildiramiz.
15 iyundagi Sizning 200 000 (ikki yo'z ming) g‘isht so‘rab yozgan 10125 raqamli xatingizni olganligimizni tasdiqlaymiz. Biroq ayni paytda zavod {o‘zida mavjud buyurtmalarni bajarishga ulgurmayotganlgi sababli Sizning iltimosingizni bajara olmasligimizni ma’lum qilamiz.
Farmoyish xat.
Bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‘llangan rasmiy hujjatdir.
Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga O‘zbekiston Vazirlar Kengashining 1999 yil 28 sentabrdagi 347-raqamli O‘zbekiston Respublikasi qarorlari asosida o‘rta va oliy maktabni qayta qurishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tadbirlarining rejasi xaqida» qarorini bajarish uchun fan bo‘limlariga joriy yilning 25 noyabrigacha muassasa qaramog‘idagi bo‘linmalarning takliflari asosida chora tadbirlar ishlab chiqish va ularni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hay’atida umumlashtirish va .tasdiqlash uchun O‘zFanlar akademiyasining jumhuriyat oliy maktablari bilan aloqalar kengashiga taqdim etish topshirilsin.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tadbirlarining mujassam rejasidan ko‘chirma ilova qilinadi.
Eslatma xat.
Jo‘natilgan iltimos va so‘rov xatlarga javob olinmasa, shuningdek,.tuzilgan shartnomalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan hollarda eslatma xat yuboriladi.
1989 yilning 15 oktabrida korxonamiz uchun 100 000 (yo'z ming) dona shifer ajratishni so‘rab Sizga xat yo‘llagan edik, biroq xat javobsiz qoldi. Utimosimizni qondirishingizni va 23 dekabrgacha bizga bu xabar berishingizni takroran so‘raymiz.


Download 6.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling