Javob: Zaynobiddin Abdirashidov


Download 25.4 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1587714
Bog'liq
Zukko kitobxon


Mahmudxo`ja Behbudiy

  1. Jadidlar to`plamidagi Mahmudxo`ja Behbudiy kitobining muallifi kim?

Javob: Zaynobiddin Abdirashidov

  1. Loyiha rahbari kim?

Javib: Alisher Sa`dullayev

  1. Ma`sul muharrir kim?

Javob: Bahodir Karimov

  1. “Umuman, biz jadidchilik harakati, ma`rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o`rganishimiz kerak. Bu ma`naviy xazinani qancha ko`p o`rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko`p savollarga to`g`ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ`ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi” Ushbu jumlalar kimga tegishli?

Javob: Shavkat Mirziyoyev - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

  1. “Jadidlar izidan” so`zboshi o`rnida kimning gaplari?

Javob: Alisher Sa`dullayev, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator

  1. “Yangi O`zbekiston”ni barpo etishni ko`zlagan Uchinchi Renessans g`oyasining ildizi aslida qayerga borib taqaladi?

Javob: Ma`rifatparvar jadidlar faoliyatiga

  1. Xalqimiz biz yoshlarga kelajak bunyodkorlari sifatida qarar ekan, buy o`lda bizga buyuk tariximiz -1 …, ajdodlarimizning ibratli hayoti, faoliyati va ma`naviy merosi - 2…… Nuqtalar o`rnini to`ldiring?

Javob: 1-murabbiy, 2-dasturilamal

  1. Jadidlar to`plamidan qaysi kitoblar joy olgan?

Javob: 1. Mahmudxo`ja Behbudiy, 2.Munavvarqori Abdurashidxonov, 3.Is`hoqxon To`ra Ibrat, 4.Abdulla Avloniy, 5. Abdulla Qodiriy, 6.Abdurauf Fitrat, 7. Abdulhamid Cho`lpon, 8. G`ulom Zafariy

  1. Turkiston jadidchilik harakatining boniysi kim?

Javob: Mahmudxo`ja Behbudiy

  1. Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida 20-yillarda mahalliy matbuotda qaysi zamondoshlari tomonidan bir qator maqola, xotiralar e`lon qilingan?

Javob: 1.Sadriddin Ayniy, 2.Hoji Muin ibn Shukrullo, 3.Laziz Azizzoda

  1. Behbudiy tarjimayi holini yoritishda 1922-1923-yillarda chop etilgan kimning maqolalari muhim ahamiyatga ega?

Javob: Hoji Muin

  1. Hoji Muin o`zi muharrilik qilgan qaysi gazetalarda Behbudiy tarjimayi holi haqida maqolalar chop etgan?

Javob: “Mehnatkashlar tovushi” gazetasi 1922-yil, “Zarafshon”gazetasi 1923-yil

  1. Behbudiy haqida XX asrning 70-yillaridan bugungi kungacha e`lon qilingan ko`pgina tadqiqotlarda kimning ma`lumotlari asos qilib olinadi?

Javob: Hoji Muin

  1. Hoji Muin Behbudiyning biografiyasini yozar ekan, uni qachon dunyoga kelganini ta`kidlaydi?

Javob: 1875-yilning 19-yanvarida – hijriy 1291-yil 10-zulhijja

  1. Hoji Muin Behbudiyning biografiyasini yozar ekan, uni qayerda va qanday oilada dunyoga kelganini ta`kidlaydi?

Javob: Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog`ida diniy olim oilasida

  1. Taniqli olim Sirojiddin Ahmedovning ta`kidlashicha, Mahmudxo`ja Behbudiy qachon tavallud topgan?

Javob: 1874-yil 30-yanvar payshanba kuni

  1. Taniqli olim Sirojiddin Ahmedovning ta`kidlashicha, Mahmudxo`ja Behbudiy qayerda tavallud topgan?

Javob: Samarqand shahrining Yomini mahallasida

  1. Hoji Muinning ma`lumot berishicha, Mahmudxo`ja Behbudiyning otasi kim bo`lgan?

Javob: Otasi Behbudxo`ja Solihxo`ja o`g`li turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan bo`lgan

  1. Behbudiyning ona tomondan bobosi kim bo`lgan?

Javob: ona tomondan bobosi Niyozxo`ja urganchlik bo`lgan

  1. Niyozxo`ja qaysi Buxoro amiri davrida Samarqandga ko`chib kelgan.

Javob: Amir Shohmurod hukumronlik qilgan davrda

  1. M.Behbudiy 6-7 yoshlarida kimning huzurida o`qib savod chiqaradi?

Javob: tog`asi Muhammad Siddiq huzurida


  1. Kimdan Qur`ondan saboq olib, qisqa muddatda qorilik martabasiga erishadi?

Javob: otasi Behbudxo`jadan

  1. 15 yoshga kirganda qaysi madrasada tahsilni davom ettiradi?

Javob: tog`asi Mulla Odil mudarrislik qilgan madrasasda

  1. Mulla Odil qo`lida qaysi ilmlarni o`rganadi?

Javob: arab tili gramatikasi, aqida va shariat qonunlari

  1. Behbudiyning onasi qaysi yilda vafot etgan?

Javob: 1893-yil

  1. Behbudiyning otasi qaysi yilda vafot etgan?

Javob: 1894-yil

  1. Behbudiy qachon uylangan?

Javob: Otasi vafot etishidan biroz avval

  1. Behbudiyning nechta farzandi bo`lgan?

Javob: 4 o`g`il, 1 qiz

  1. Sirojiddin Ahmedov bergan ma`lumot bo`yicha, Behbudiy qaysi madrasalarda tahsil olgan?

Javob: dastlab Samarqand madrasasida, keyinroq Buxoro madrasalaridan birida

  1. Behbudiy Buxoro madrasalarida tahsil olar ekan nima uchun Samarqandga qaytib kelgan?

Javob: u yerdagi mullalar bilan kelisha olmagani bois

  1. Grigoriy Andreyev kim?

Javob: “Turkistanskiye Vedmosti” gazetasining muxbiri

  1. Behbudiy qachon “Turkistanskiye vedmosti” gazetasi muxbiri Grigoriy Andreyev bilan suhbatlashadi?

Javob: 1915-yil

  1. Bu suhbatda nima haqida so`zlaydi va nimadan shikoyat qiladi?

Javob: Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsil olgani haqida so`zlaydi, bu madrasalardagi mulla, qozi va imomlarning johilligidan shikoyat qiladi.

  1. Behbudiy madrasa ta`limini qchon tugatadi?

Javob: 18 yoshida.

  1. Tog`asi Muhammad Siddiq qayerda qozilik qilgan?

Javob: Samarqand viloyati Chashmaob volostida

  1. 18 yoshda tog`asi qo`lida qanday lavozimda ishlay boshlaydi?

Javob: mirzalik lavozimida

  1. Tog`asi huzurida ikki yillik faoliyat, tog`asi qozilikdan bo`shgandan keyin kimning qo`lida mirzalik qiladi?

Javob: Kobud volosti qozisi Mulla Zubayr Yaxshiboy o`g`li qo`lida

  1. Behbudiy shariat qonunlarini puxta o`zlashtiradi va qaysi lavozimni egallaydi?

Javob: Muftiy

  1. Nechanchi yilgacha muftiylik faoliyati bilan muntazam shug`ullanadi?

Javob: 1916-yilgacha

  1. Bu orada qisqa vaqt qaysi vazifani ham bajargan?

Javob: Qozilik

  1. Behbudiy qozilikdan nima uchun vos kechgan?

Javob: matbaachilik bilan shug`ullanish katta mehnat va mablag` talab qilgani bois

  1. Muftilikni yonida nima bilan shug`ullanishga majbur bo`lgan?

Javob: Tijorat bilan

  1. M. Behbudiy qachondan Rossiya va xorijiy mamlakatlarda nashr etiluvchi turkey va forsiy matbuot bilan tanishib brogan?

Javob: 1893-yildan

  1. 1899-1900-yillarda Behbudiy kim bilan haj safariga chiqadi?

Javob: Buxorolik do`sti Hoji Baqo bilan
45. "1318 sanayi hijriyasi tavofi Baytullogʻa qaysi yoʻl vositasila borib erdim" - deydi Behbudiy?
Javob: Kavkaz yoʻli ila Istanbul va Misr al-Qohira
46. Behbudiy safari haqida yozar ekan, u qancha muddat boʻlganini yozadi?
Javob: 8 oydan ziyoda
47. Kimning maʼlumot berishicha, Behbudiy ayni shu sayohat davomida Usmoniylar davlati va Misrda xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklarni kuzatish barobarida ijtimoiy sohadagi islohotlarda yetakchilik qilgan shaxslar bilan ham muloqot qilish imkoniga ega boʻlgan?
Javob: Adib Xolidning
48. Oradan 8 oy vaqt oʻtib, u Samarqandga qaytishi bilan qaysi gazetaga obuna boʻladi?
Javob: "Tarjumon"
49. Uning tashabbusi va gʻayrati bilan nechanchi yilda yangi maktablar tashkil etildi?
Javob: 1903-yilda
50. Behbudiy tashabbusi bilan 1903-yilda qayerlarda yangi maktablar tashkil etildi?
Javob: Samarqand atrofidagi Halvoyi (S.Siddiqiy), Rajabamin (A.Shakuriy) qishloqlarida
51. Risolayi asbobi savod asari qachon nashr etilgan?
Javob:1904-yil
52. Risolayi jugʻrofiyayi umroniy asari qachon nashr etilgan?
Javob: 1905-yil
53.Risolayi jugʻrofiyayi Rusiy asari qachon nashr etilgan?
Javob: 1905-yil
54.Kitobatul atfol asari qachon nashr etilgan?
Javob: 1908-yil
55. Amaliyoti islom asari qachon nashr etilgan?
Javob: 1908-yil
56. Tarixi islom asari qachon nashr etilgan?
Javob: 1909-yil
57. Mahmudxoʻja Behbudiy 1903-1904-yillarda qayerlarga xizmat safariga boradi?
Javob: Moskva, Peterburgga boradi
58. 1906-yilda qayerga xizmat safariga boradi?
Javob: Qozon, Ufa, Nijniy Novgorod
59. Qachon va qayerda Rossiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bagʻishlangan qurultoy chaqiriladi?
Javob: 1906-yilning 23-avgustida Nijniy Novgorodda
60. Behbudiy 1906-yil 23-avgustdagi syezdda qanday ishtirok etdi?
Javob: Turkistonlik vakillarning boshligʻi sifatida qatnashdi
61. Bu safar necha kunga choʻziladi?
Javob: 25 kunga
62. Behbudiy oʻzi Nijniy Novgorodga borgani haqida nima deb yozgan?
Javob: 1325 sanayi hijriyasinda Nijniy yorminkasinda ishtirok etish uchun Oʻrunburg yoʻli ila Maskuf, Peterburg, Qozon vositasi ila Nijniy Novgoʻrud borib edim.
63. Behbudiy qachon "Samarqand" gazetasini nashr qilish uchun hukumatdan ruxsat oldi?
Javob: 1913-yil
64. Gazeta qaysi tilda chiqarilgan?
Javob: oʻzbek va tojik tillarida, haftada 2 martta
65. Gazeta nima sababdan chiqishi toʻxtagan?
Javob: 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi.
66. "Oyina" jurnali qachondan chiqa boshlagan?
Javob: 1913-yil 20-avgustdan
67. Haftalik, suratli, asosan, oʻzbekcha boʻlib, sheʼr turli yoʻnalish va mavzudagi maqola, tahliliy materiallardan tashqari eʼlonlar ham berib borgan. Gap qaysi jurnal haqida?
Javob: Oyina
68. Oyina jurnali qayerlargacha tarqalgan?
Javob: Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha
69. Qaysi jurnalda millat va uning haq-huquqiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan?
Javob: Oyina
70. Jurnalning nechanchi sonida "Ikki emas, toʻrt til lozim" degan maqola bilan chiqdi?
Javob: Ilk sonidayoq
71. Ushbu maolada qaysi tillarni bilish shart deb hisobladi?
Javob: O`zbek, tojik, arab, rus, fransuz tillarini
72. Tilning muhofazasi haqida qaysi maqolani chop etdi?
Javob: “Har millat o`z tili ila faxr etar”, 1914, 35-son
73. Tilning o`zaro munosabatlari haqida qaysi maqolani chop etdi?
Javob: “Til masalasi” 1915, 11-,12-sonlar
74. Behbudiy qaysi janrga katta e`tibor berdi, uning xususiyatlarini belgilashga urindi?
Javob: Adabiy tanqid
75. Adabiy tanqidning boshqa adabiy janrlar bilan tenghuquqligi masalasini qaysi maqolasida ko`tardi?
Javob; “Tanqid saralamoqdir” 1914, 27-son
76. Millat sha`nini oyoqosti qiluvchi fikr-qarashlarga zarba berib, Turkiston xalqini o`z nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqqan maqollalri?
Javob: “Sart so`zi majhuldir” 1915, 22-, 23-, 25-, 26-sonlar
77. Behbudiy qachon ikkinchi bor arab mamlakatlariga sayohatga otlandi?
Javob: 1914-yilning 29-mayida
78. Behbudiy 7 sanadan beri qayerlar ziyoratidan boshqa safarga chiqqanligi yo`qligini aytadi?
Javob: 2 daf`a Buxoro va 1 daf`a Farg`ona
79. Singir so`zining ma`nosi nima?
Javob: asab
80. Qayer uchun Istanbul, Misr, Qrim, Kavkaz, Qozon, Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlardan ularning tarixi, geografiyasi, aholisi, olimlari va boshqa foydali ma`lumotlar, kitoblar kerak edi?
Javob: “Behbudiy kutubxonasi” uchun
81. Behbudiy o`z sayohat yo`lini qanday belgilaydi?
Javob: Kavkaz, Qrim, Istanbul, Yunoniston, Bayrut, Misr Qohirasi va yana orqaga – Istanbulga qaytib, temir yo`l bilan Bolgariya, Avstriya va Berlin orqali Rossiyaga, undan Turkistonga qaytish
82. Sayohat muddati nima uchun qisqa edi?
Javob: Chunki Behbudiy Peterburgda bo`ladigan Milliy majlis malahatiga taklif qilingan edi.
83. Bu sayohat qachon boshlandi?
Javob: 1914-yil 29-may kuni boshlandi
84. Poyezdga o`tirib qayer orqali Ashxobodga o`tadi?
Javob: Bayramali
85. Qayerdan paraxod bilan Bokuga boradi?
Javob: Krasnovodskdan
86. 2 iyunda qayerlarni kezib, 8 iyunda Istanbulga kirib keladi?
Javob: Mineralniye Vodi, Kislovodsk – Pyatigorsk, Jeleznovodsk –Rostov –Odessani kezadi
87. Istanbuldan keyin qayerga sayohat qiladi?
Javob: Edirna
88. Yana Istanbulga qaytib, 21-iyunda suv yo`li bilan qayega yo`l oladi?
Javob: Quddusga
89. Sayohat iyulning boshlarigacha davom etib, qaysi shaharlarni tomosha qiladi?
Javob: Bayrut, Yofa, Xalil ar-Rahmon, Port Said, Shom
90. Sayohat xotiralari har jihatdan g`oyat muhim bo`lib, Behbudiy ularni qaysi jurnalning sonlarida ketma-ket berib b oradi?
Javob: “Oyina’ jurnali 1914-yil sonlari
91. “Sayohat xotiralari” ning birinchi qismi jurnalning qaysi sonida chop etilgan?
Javob: 1914-yil 14-iyun 34-sonida
92. Muallif unga kim deb imzo chekadi?
Javob: 31-may, Bahri Hazar, Mahmudxo`ja
93. Bu ….. ham ma`rifiy, ham adabiy-estetik jihatdan nihoyatda muhim. Ular adabiyotimizdagi an`anaviy tarixiy-memuar janrining XX asr boshidagi o`ziga xos namunasidir?
Javob: “Sayohat xotiralari”
94. Qishloqlardagi dehqonchilikdan tortib, shaharlardagi nimalargacha uning e`tibordan chetda qolmaydi?
Javob: escalator
95. Ayniqsa di, e`tiqod masalalariga katta ahamiyat beradi. Qadimiy muqaddas obidalar, Rasululloh poyqadami tekkan qutlug` dargohlar, Xususan Quddusi sharifdagi qaysi inshoot ziyoratidan nihoyasiz zavq-shavqqa to`ladi.
Javob: al-Masjidul Aqso
96. Taniqli nemis olimasi Ingeborg Baldauf Behbudiy “Sayohat xotiralari”ning olmoncha tarjimasi munosabati bilan qanday nomdagi maqola nashr qilgan?
Javob: “Mahmudxo`ja Behbudiy Falastinda”
97. Baldauf maqolasida Behbudiy kuzatishlarining o`ziga xosligi haqida yozgan, adib qalbini o`rtagan eng katta dard- nima deb yozgan?
Javob: erk va ma`rifat ekanligini aytgan
98. “Xotiralar” da nimaning ifodasi uni bugun siz bilan bizga haddan tashqari yaqin qilib qo`yadi?
Javob: Vatan tuyg`usi
99. Behbudiy Quddusi sharifdagi qayerlarni ziyorat qildi?
Javob: Hazrati Dovud maqbarasini, Bibi Maryam va Hazrati Iso kalisolarini
100. Quddusi sharifda kimni uchratadi?
Javob: Toshkentlik attor yigitni
101. Toshkentlik attor yigitga nima beradi?
Javob: bir necha nusxa “Oyina” va “Turkiston xaritasi”ni
102. Attor yigit xarita ustindagi Toshkandni o`pib, ko`ziga surtdi. Behbudiy nima deb yozgan?
Javob: Hubbul vatani minal iymon
103. Behbudiy qachondan ijtimoiy-siyosiy izlarga qizg`in qo`shildi?
Javob: 1906-yildan
104. Qaysi “Rusiya musulmonlari ittifoqi” ning Nijniy Novgorodda o`tkazilgan qurultoyida qatnashgan?
Javob: 1906-yil
105. Vatan taqdiri kun tartibiga qo`yilgan Turkiston musulmonlarining o`lka qurultoyi qachon va qayerda bo`lib o`tgan?
Javob: 1917-yil 16-23-aprelda Toshkentda, 150 nafar vakil ishtirok etgan
106. Behbudiy millatni o`zaro ixtiloflardan voz kechishga, buyuk maqsad yo`lida birlashishga, ittifoq bo`lishga chaqirib, xuddi shu ixtilofimiz sababli qanday holatga tushdik deb ochiq aytadi?
Javob: “mustamlakot qoidasi ila bizni idora eturlar”
107. Turkistonni “50 yil ilm-ma`rifatdan chetda saqlab kelgan” lari haqida kim aytgan?
Javob: Kuropatkin
108. Fitna va ig`vo tinimsiz davom etar edi. Shundaylardan biri 1917-yilning bahorida qayerda yuz bergan?
Javob: Buxoroda
109. Amir nimani hisobga olib, rus elchixonasining maslahati bilan islohot e`lon qiladi?
Javob: Fevral o`zgarishlarini hisobga olib
109. Islohot to`g`risidagi farmonni kim tayyorlaydi?
Javob: rus elchixonasining boshlig`I Miller
110. Hir xil anglashilmovchilikning oldini olish maqsadida kimning topshirig`iga ko`ra, Samarqand ijroiya qo`mitasi Buxoroga bir necha kishilik hay`at yubordi?
Javob: sobiq general-gubernator, endilikda Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston komissari Kuropatkin
111. Islohot qaysi sanada e`lon qilinadi?
Javob: 7-aprelda
112. Buxorodagi islohot ortidan bo`lgan fojiaga kim Behbudiyni ayblaydi?
Javob: Miller
113. Toshkentda 9-aprelda boshlangan Turkiston ishchi va soldat deputatlari sovetlarining birinchi o`lka syezdida kimlar Buxoro fojeasining sababini kimlarga to`nkaydilar?
Javob: ayrim rus deputatlari Samarqanddan “o`z ixtiyorlari bilan” borgan deputatlarga
114. Behbudiy mazkur syezdda minbarga chiqib bor voqeanitushuntirib bergan va bu haqida qanday maqola yozgan?
Javob: “Buxoro voqealari va daf`I tuhmat” nomli, 1917-yil 1-may, “Hurriyat” gazetasi
115.1917-yil 26-noyabrda qayerda o`lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi ish boshladi?
Javob: Qo`qonda
116. Behbudiy shu qurultoyda qanday lavozimga saylandi?
Javob: O`lka musulmonlar sho`rosining raisi
117. Qachon “Turkiston muxtoriyati” e`lon qilindi”
Javob: 27-noyabrga o`tar kechasi
118. Bu mustamlakadan mustqaillik tomon qo`yilgan jiddiy va jasoratli qadam edi. Uning ma`naviy otasi, kim edi?
Javob: Behbudiy
119. Jadidlar qurgan ilk demokratik davlat ?
Javob: Turkiston Muxtoriyati
120. “Bovurlar! Bilinki, hozirda Turkistondagi barcha xalqlar uchun muxtoriyat e`lon qilindi va siz bilingki, haq olinur, lekin berilmas.” Deb Behbudiy kimga yozgan xatida aytgan?
Javob: Qozoq birodarlariga
121.”…Ittifoq ila shu muxtoriyatning amalg`a kelishiga sa`y va ehtimol etmog`imiz lozimdur.,.” deya qaysi millatlari sanab o`tgan?
Javob: qirg`iz, qozoq, o`zbek, turkman, arab, fors, Turkistondagi, Qozog`istondagi va Turkmanistondagi musulmonlar va xiristian va yahudiylar
122. Qaysi millatlarni turklarga namuna qilib ko`rsatadi?
Javob: serblar, italiyanlar, armanlar, slavyanlar, polyaklar
123.Muxtoriyat kim tomonidan xoinona bostirildi?
Javob: Bolsheviklar
124. Qo`qon shahri qaysi kunlari to`pga tutildi?
Javob: 19-20-fevral kunlari
125. Qancha Turkistonlik o`ldirildi, qancha qishloqqa o`t qo`yildi?
Javob: 10 mingta turkistonlik, 180 ta qishloq
126.Behbudiy iztirob bilan qachon Samarqandga qaytadi?
Javob: mayning boshida
127. Qayerga kelib Turkiston rus sovet hukumati rahbarlari bilan natija bermaydigan muzokaralar o`tkazadi?
Javob: Toshkent
128. Behbudiy qachon va qayerda qatl qilinadi?
Javob: 1919-yilning bahorida-25-martda Shahrisabzda qo`lga olinib, sirli bir tusda Qarshi shahrida qatl qilinadi.
129.Behbudiyning qatl qilingani haqidagi xabar o`sha paytdagi poytaxtimiz Samarqandga qanchadan keyin ma`lum bo`ladi?
Javob: Bir yildan keyin, 1920-yil aprelda butun Turkiston motam tutadi.
130. Kim “Behbudiyning sag`anasini izladim” deb nomlangan she`r bitadi?
Javob: Fitrat
131. “Sani mundin buyon Turon ko`rolurmu, ko`rolmasmu? Saning mislingni Turkiston topolurmu, topolmasmu?
Misralari bilan boshlanuvchi she`r kimniki
Javob: Ayniy
132.Kim Behbudiyning fojeali o`ldirilganiga bag`ishlab she`rlar yozadi?
Javob: Cho`lpon
133.Qarshi shahri nechanchi yillarda Behbudiy nomi bilan yuritildi?
Javob: 1926-1937-yillarda 11 yil
134.Qachondan jadidchilikni aksilinqilobiy, aksilsho`roviy harakat sifatida qoralash kompaniyasi boshlab yuborilgan edi?
Javob: Qarshi shahriga uning nomi qo`yilgan o`sha 1926-yildayoq
135. “O`zbek teatrining asosini qo`yib beruvchi samarqandlik Mahmudxo`ja Behbudiydir” deb kim yozgan edi?
Javob: Boris Pyaskovskiy
136. Boris Pyaskovskiyning “O`zbek teatri tarixi” maqolasi qachon va qaysi jurnalda chop etilgan?\
Javob: 1922-yilda “Inqilob” jurnali sahifalarida
137.Boris Pyaskovsikiy Behbudiy nomida qayerda maorif klubi borligini ta`kidlaydi?
Javob: Toshkentda
138. Boris Pyaskovsikiy Behbudiy nomida qayerda kutubxona va dramaturuppa boligini ta`kidlaydi?
Javob: Samarqandda
139. Boris Pyaskovsikiy Behbudiy nomida qayerda markaziy bosmaxona borligini ta`kidlaydi?
Javob: Buxoroda
140.Boris Pyaskovsikiy Behbudiy nomida qayerda maktablar borligini ta`kidlaydi?
Javob: Turkistonning deyarli hamma shaharlarida

Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling