Javob: Zaynobiddin Abdirashidov
Download 25.4 Kb.
|
Zukko kitobxon
Mahmudxo`ja Behbudiy Jadidlar to`plamidagi Mahmudxo`ja Behbudiy kitobining muallifi kim? Javob: Zaynobiddin Abdirashidov Loyiha rahbari kim? Javib: Alisher Sa`dullayev Ma`sul muharrir kim? Javob: Bahodir Karimov “Umuman, biz jadidchilik harakati, ma`rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o`rganishimiz kerak. Bu ma`naviy xazinani qancha ko`p o`rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko`p savollarga to`g`ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ`ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi” Ushbu jumlalar kimga tegishli? Javob: Shavkat Mirziyoyev - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Jadidlar izidan” so`zboshi o`rnida kimning gaplari? Javob: Alisher Sa`dullayev, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator “Yangi O`zbekiston”ni barpo etishni ko`zlagan Uchinchi Renessans g`oyasining ildizi aslida qayerga borib taqaladi? Javob: Ma`rifatparvar jadidlar faoliyatiga Xalqimiz biz yoshlarga kelajak bunyodkorlari sifatida qarar ekan, buy o`lda bizga buyuk tariximiz -1 …, ajdodlarimizning ibratli hayoti, faoliyati va ma`naviy merosi - 2…… Nuqtalar o`rnini to`ldiring? Javob: 1-murabbiy, 2-dasturilamal Jadidlar to`plamidan qaysi kitoblar joy olgan? Javob: 1. Mahmudxo`ja Behbudiy, 2.Munavvarqori Abdurashidxonov, 3.Is`hoqxon To`ra Ibrat, 4.Abdulla Avloniy, 5. Abdulla Qodiriy, 6.Abdurauf Fitrat, 7. Abdulhamid Cho`lpon, 8. G`ulom Zafariy Turkiston jadidchilik harakatining boniysi kim? Javob: Mahmudxo`ja Behbudiy Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida 20-yillarda mahalliy matbuotda qaysi zamondoshlari tomonidan bir qator maqola, xotiralar e`lon qilingan? Javob: 1.Sadriddin Ayniy, 2.Hoji Muin ibn Shukrullo, 3.Laziz Azizzoda Behbudiy tarjimayi holini yoritishda 1922-1923-yillarda chop etilgan kimning maqolalari muhim ahamiyatga ega? Javob: Hoji Muin Hoji Muin o`zi muharrilik qilgan qaysi gazetalarda Behbudiy tarjimayi holi haqida maqolalar chop etgan? Javob: “Mehnatkashlar tovushi” gazetasi 1922-yil, “Zarafshon”gazetasi 1923-yil Behbudiy haqida XX asrning 70-yillaridan bugungi kungacha e`lon qilingan ko`pgina tadqiqotlarda kimning ma`lumotlari asos qilib olinadi? Javob: Hoji Muin Hoji Muin Behbudiyning biografiyasini yozar ekan, uni qachon dunyoga kelganini ta`kidlaydi? Javob: 1875-yilning 19-yanvarida – hijriy 1291-yil 10-zulhijja Hoji Muin Behbudiyning biografiyasini yozar ekan, uni qayerda va qanday oilada dunyoga kelganini ta`kidlaydi? Javob: Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog`ida diniy olim oilasida Taniqli olim Sirojiddin Ahmedovning ta`kidlashicha, Mahmudxo`ja Behbudiy qachon tavallud topgan? Javob: 1874-yil 30-yanvar payshanba kuni Taniqli olim Sirojiddin Ahmedovning ta`kidlashicha, Mahmudxo`ja Behbudiy qayerda tavallud topgan? Javob: Samarqand shahrining Yomini mahallasida Hoji Muinning ma`lumot berishicha, Mahmudxo`ja Behbudiyning otasi kim bo`lgan? Javob: Otasi Behbudxo`ja Solihxo`ja o`g`li turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan bo`lgan Behbudiyning ona tomondan bobosi kim bo`lgan? Javob: ona tomondan bobosi Niyozxo`ja urganchlik bo`lgan Niyozxo`ja qaysi Buxoro amiri davrida Samarqandga ko`chib kelgan. Javob: Amir Shohmurod hukumronlik qilgan davrda M.Behbudiy 6-7 yoshlarida kimning huzurida o`qib savod chiqaradi? Javob: tog`asi Muhammad Siddiq huzurida Kimdan Qur`ondan saboq olib, qisqa muddatda qorilik martabasiga erishadi? Javob: otasi Behbudxo`jadan 15 yoshga kirganda qaysi madrasada tahsilni davom ettiradi? Javob: tog`asi Mulla Odil mudarrislik qilgan madrasasda Mulla Odil qo`lida qaysi ilmlarni o`rganadi? Javob: arab tili gramatikasi, aqida va shariat qonunlari Behbudiyning onasi qaysi yilda vafot etgan? Javob: 1893-yil Behbudiyning otasi qaysi yilda vafot etgan? Javob: 1894-yil Behbudiy qachon uylangan? Javob: Otasi vafot etishidan biroz avval Behbudiyning nechta farzandi bo`lgan? Javob: 4 o`g`il, 1 qiz Sirojiddin Ahmedov bergan ma`lumot bo`yicha, Behbudiy qaysi madrasalarda tahsil olgan? Javob: dastlab Samarqand madrasasida, keyinroq Buxoro madrasalaridan birida Behbudiy Buxoro madrasalarida tahsil olar ekan nima uchun Samarqandga qaytib kelgan? Javob: u yerdagi mullalar bilan kelisha olmagani bois Grigoriy Andreyev kim? Javob: “Turkistanskiye Vedmosti” gazetasining muxbiri Behbudiy qachon “Turkistanskiye vedmosti” gazetasi muxbiri Grigoriy Andreyev bilan suhbatlashadi? Javob: 1915-yil Bu suhbatda nima haqida so`zlaydi va nimadan shikoyat qiladi? Javob: Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsil olgani haqida so`zlaydi, bu madrasalardagi mulla, qozi va imomlarning johilligidan shikoyat qiladi. Behbudiy madrasa ta`limini qchon tugatadi? Javob: 18 yoshida. Tog`asi Muhammad Siddiq qayerda qozilik qilgan? Javob: Samarqand viloyati Chashmaob volostida 18 yoshda tog`asi qo`lida qanday lavozimda ishlay boshlaydi? Javob: mirzalik lavozimida Tog`asi huzurida ikki yillik faoliyat, tog`asi qozilikdan bo`shgandan keyin kimning qo`lida mirzalik qiladi? Javob: Kobud volosti qozisi Mulla Zubayr Yaxshiboy o`g`li qo`lida Behbudiy shariat qonunlarini puxta o`zlashtiradi va qaysi lavozimni egallaydi? Javob: Muftiy Nechanchi yilgacha muftiylik faoliyati bilan muntazam shug`ullanadi? Javob: 1916-yilgacha Bu orada qisqa vaqt qaysi vazifani ham bajargan? Javob: Qozilik Behbudiy qozilikdan nima uchun vos kechgan? Javob: matbaachilik bilan shug`ullanish katta mehnat va mablag` talab qilgani bois Muftilikni yonida nima bilan shug`ullanishga majbur bo`lgan? Javob: Tijorat bilan M. Behbudiy qachondan Rossiya va xorijiy mamlakatlarda nashr etiluvchi turkey va forsiy matbuot bilan tanishib brogan? Javob: 1893-yildan 1899-1900-yillarda Behbudiy kim bilan haj safariga chiqadi? Javob: Buxorolik do`sti Hoji Baqo bilan 45. "1318 sanayi hijriyasi tavofi Baytullogʻa qaysi yoʻl vositasila borib erdim" - deydi Behbudiy? Javob: Kavkaz yoʻli ila Istanbul va Misr al-Qohira 46. Behbudiy safari haqida yozar ekan, u qancha muddat boʻlganini yozadi? Javob: 8 oydan ziyoda 47. Kimning maʼlumot berishicha, Behbudiy ayni shu sayohat davomida Usmoniylar davlati va Misrda xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklarni kuzatish barobarida ijtimoiy sohadagi islohotlarda yetakchilik qilgan shaxslar bilan ham muloqot qilish imkoniga ega boʻlgan? Javob: Adib Xolidning 48. Oradan 8 oy vaqt oʻtib, u Samarqandga qaytishi bilan qaysi gazetaga obuna boʻladi? Javob: "Tarjumon" 49. Uning tashabbusi va gʻayrati bilan nechanchi yilda yangi maktablar tashkil etildi? Javob: 1903-yilda 50. Behbudiy tashabbusi bilan 1903-yilda qayerlarda yangi maktablar tashkil etildi? Javob: Samarqand atrofidagi Halvoyi (S.Siddiqiy), Rajabamin (A.Shakuriy) qishloqlarida 51. Risolayi asbobi savod asari qachon nashr etilgan? Javob:1904-yil 52. Risolayi jugʻrofiyayi umroniy asari qachon nashr etilgan? Javob: 1905-yil 53.Risolayi jugʻrofiyayi Rusiy asari qachon nashr etilgan? Javob: 1905-yil 54.Kitobatul atfol asari qachon nashr etilgan? Javob: 1908-yil 55. Amaliyoti islom asari qachon nashr etilgan? Javob: 1908-yil 56. Tarixi islom asari qachon nashr etilgan? Javob: 1909-yil 57. Mahmudxoʻja Behbudiy 1903-1904-yillarda qayerlarga xizmat safariga boradi? Javob: Moskva, Peterburgga boradi 58. 1906-yilda qayerga xizmat safariga boradi? Javob: Qozon, Ufa, Nijniy Novgorod 59. Qachon va qayerda Rossiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bagʻishlangan qurultoy chaqiriladi? Javob: 1906-yilning 23-avgustida Nijniy Novgorodda 60. Behbudiy 1906-yil 23-avgustdagi syezdda qanday ishtirok etdi? Javob: Turkistonlik vakillarning boshligʻi sifatida qatnashdi 61. Bu safar necha kunga choʻziladi? Javob: 25 kunga 62. Behbudiy oʻzi Nijniy Novgorodga borgani haqida nima deb yozgan? Javob: 1325 sanayi hijriyasinda Nijniy yorminkasinda ishtirok etish uchun Oʻrunburg yoʻli ila Maskuf, Peterburg, Qozon vositasi ila Nijniy Novgoʻrud borib edim. 63. Behbudiy qachon "Samarqand" gazetasini nashr qilish uchun hukumatdan ruxsat oldi? Javob: 1913-yil 64. Gazeta qaysi tilda chiqarilgan? Javob: oʻzbek va tojik tillarida, haftada 2 martta 65. Gazeta nima sababdan chiqishi toʻxtagan? Javob: 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. 66. "Oyina" jurnali qachondan chiqa boshlagan? Javob: 1913-yil 20-avgustdan 67. Haftalik, suratli, asosan, oʻzbekcha boʻlib, sheʼr turli yoʻnalish va mavzudagi maqola, tahliliy materiallardan tashqari eʼlonlar ham berib borgan. Gap qaysi jurnal haqida? Javob: Oyina 68. Oyina jurnali qayerlargacha tarqalgan? Javob: Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha 69. Qaysi jurnalda millat va uning haq-huquqiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan? Javob: Oyina 70. Jurnalning nechanchi sonida "Ikki emas, toʻrt til lozim" degan maqola bilan chiqdi? Javob: Ilk sonidayoq 71. Ushbu maolada qaysi tillarni bilish shart deb hisobladi? Javob: O`zbek, tojik, arab, rus, fransuz tillarini 72. Tilning muhofazasi haqida qaysi maqolani chop etdi? Javob: “Har millat o`z tili ila faxr etar”, 1914, 35-son 73. Tilning o`zaro munosabatlari haqida qaysi maqolani chop etdi? Javob: “Til masalasi” 1915, 11-,12-sonlar 74. Behbudiy qaysi janrga katta e`tibor berdi, uning xususiyatlarini belgilashga urindi? Javob: Adabiy tanqid 75. Adabiy tanqidning boshqa adabiy janrlar bilan tenghuquqligi masalasini qaysi maqolasida ko`tardi? Javob; “Tanqid saralamoqdir” 1914, 27-son 76. Millat sha`nini oyoqosti qiluvchi fikr-qarashlarga zarba berib, Turkiston xalqini o`z nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqqan maqollalri? Javob: “Sart so`zi majhuldir” 1915, 22-, 23-, 25-, 26-sonlar 77. Behbudiy qachon ikkinchi bor arab mamlakatlariga sayohatga otlandi? Javob: 1914-yilning 29-mayida 78. Behbudiy 7 sanadan beri qayerlar ziyoratidan boshqa safarga chiqqanligi yo`qligini aytadi? Javob: 2 daf`a Buxoro va 1 daf`a Farg`ona 79. Singir so`zining ma`nosi nima? Javob: asab 80. Qayer uchun Istanbul, Misr, Qrim, Kavkaz, Qozon, Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlardan ularning tarixi, geografiyasi, aholisi, olimlari va boshqa foydali ma`lumotlar, kitoblar kerak edi? Javob: “Behbudiy kutubxonasi” uchun 81. Behbudiy o`z sayohat yo`lini qanday belgilaydi? Javob: Kavkaz, Qrim, Istanbul, Yunoniston, Bayrut, Misr Qohirasi va yana orqaga – Istanbulga qaytib, temir yo`l bilan Bolgariya, Avstriya va Berlin orqali Rossiyaga, undan Turkistonga qaytish 82. Sayohat muddati nima uchun qisqa edi? Javob: Chunki Behbudiy Peterburgda bo`ladigan Milliy majlis malahatiga taklif qilingan edi. 83. Bu sayohat qachon boshlandi? Javob: 1914-yil 29-may kuni boshlandi 84. Poyezdga o`tirib qayer orqali Ashxobodga o`tadi? Javob: Bayramali 85. Qayerdan paraxod bilan Bokuga boradi? Javob: Krasnovodskdan 86. 2 iyunda qayerlarni kezib, 8 iyunda Istanbulga kirib keladi? Javob: Mineralniye Vodi, Kislovodsk – Pyatigorsk, Jeleznovodsk –Rostov –Odessani kezadi 87. Istanbuldan keyin qayerga sayohat qiladi? Javob: Edirna 88. Yana Istanbulga qaytib, 21-iyunda suv yo`li bilan qayega yo`l oladi? Javob: Quddusga 89. Sayohat iyulning boshlarigacha davom etib, qaysi shaharlarni tomosha qiladi? Javob: Bayrut, Yofa, Xalil ar-Rahmon, Port Said, Shom 90. Sayohat xotiralari har jihatdan g`oyat muhim bo`lib, Behbudiy ularni qaysi jurnalning sonlarida ketma-ket berib b oradi? Javob: “Oyina’ jurnali 1914-yil sonlari 91. “Sayohat xotiralari” ning birinchi qismi jurnalning qaysi sonida chop etilgan? Javob: 1914-yil 14-iyun 34-sonida 92. Muallif unga kim deb imzo chekadi? Javob: 31-may, Bahri Hazar, Mahmudxo`ja 93. Bu ….. ham ma`rifiy, ham adabiy-estetik jihatdan nihoyatda muhim. Ular adabiyotimizdagi an`anaviy tarixiy-memuar janrining XX asr boshidagi o`ziga xos namunasidir? Javob: “Sayohat xotiralari” 94. Qishloqlardagi dehqonchilikdan tortib, shaharlardagi nimalargacha uning e`tibordan chetda qolmaydi? Javob: escalator 95. Ayniqsa di, e`tiqod masalalariga katta ahamiyat beradi. Qadimiy muqaddas obidalar, Rasululloh poyqadami tekkan qutlug` dargohlar, Xususan Quddusi sharifdagi qaysi inshoot ziyoratidan nihoyasiz zavq-shavqqa to`ladi. Javob: al-Masjidul Aqso 96. Taniqli nemis olimasi Ingeborg Baldauf Behbudiy “Sayohat xotiralari”ning olmoncha tarjimasi munosabati bilan qanday nomdagi maqola nashr qilgan? Javob: “Mahmudxo`ja Behbudiy Falastinda” 97. Baldauf maqolasida Behbudiy kuzatishlarining o`ziga xosligi haqida yozgan, adib qalbini o`rtagan eng katta dard- nima deb yozgan? Javob: erk va ma`rifat ekanligini aytgan 98. “Xotiralar” da nimaning ifodasi uni bugun siz bilan bizga haddan tashqari yaqin qilib qo`yadi? Javob: Vatan tuyg`usi 99. Behbudiy Quddusi sharifdagi qayerlarni ziyorat qildi? Javob: Hazrati Dovud maqbarasini, Bibi Maryam va Hazrati Iso kalisolarini 100. Quddusi sharifda kimni uchratadi? Javob: Toshkentlik attor yigitni 101. Toshkentlik attor yigitga nima beradi? Javob: bir necha nusxa “Oyina” va “Turkiston xaritasi”ni 102. Attor yigit xarita ustindagi Toshkandni o`pib, ko`ziga surtdi. Behbudiy nima deb yozgan? Javob: Hubbul vatani minal iymon 103. Behbudiy qachondan ijtimoiy-siyosiy izlarga qizg`in qo`shildi? Javob: 1906-yildan 104. Qaysi “Rusiya musulmonlari ittifoqi” ning Nijniy Novgorodda o`tkazilgan qurultoyida qatnashgan? Javob: 1906-yil 105. Vatan taqdiri kun tartibiga qo`yilgan Turkiston musulmonlarining o`lka qurultoyi qachon va qayerda bo`lib o`tgan? Javob: 1917-yil 16-23-aprelda Toshkentda, 150 nafar vakil ishtirok etgan 106. Behbudiy millatni o`zaro ixtiloflardan voz kechishga, buyuk maqsad yo`lida birlashishga, ittifoq bo`lishga chaqirib, xuddi shu ixtilofimiz sababli qanday holatga tushdik deb ochiq aytadi? Javob: “mustamlakot qoidasi ila bizni idora eturlar” 107. Turkistonni “50 yil ilm-ma`rifatdan chetda saqlab kelgan” lari haqida kim aytgan? Javob: Kuropatkin 108. Fitna va ig`vo tinimsiz davom etar edi. Shundaylardan biri 1917-yilning bahorida qayerda yuz bergan? Javob: Buxoroda 109. Amir nimani hisobga olib, rus elchixonasining maslahati bilan islohot e`lon qiladi? Javob: Fevral o`zgarishlarini hisobga olib 109. Islohot to`g`risidagi farmonni kim tayyorlaydi? Javob: rus elchixonasining boshlig`I Miller 110. Hir xil anglashilmovchilikning oldini olish maqsadida kimning topshirig`iga ko`ra, Samarqand ijroiya qo`mitasi Buxoroga bir necha kishilik hay`at yubordi? Javob: sobiq general-gubernator, endilikda Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston komissari Kuropatkin 111. Islohot qaysi sanada e`lon qilinadi? Javob: 7-aprelda 112. Buxorodagi islohot ortidan bo`lgan fojiaga kim Behbudiyni ayblaydi? Javob: Miller 113. Toshkentda 9-aprelda boshlangan Turkiston ishchi va soldat deputatlari sovetlarining birinchi o`lka syezdida kimlar Buxoro fojeasining sababini kimlarga to`nkaydilar? Javob: ayrim rus deputatlari Samarqanddan “o`z ixtiyorlari bilan” borgan deputatlarga 114. Behbudiy mazkur syezdda minbarga chiqib bor voqeanitushuntirib bergan va bu haqida qanday maqola yozgan? Javob: “Buxoro voqealari va daf`I tuhmat” nomli, 1917-yil 1-may, “Hurriyat” gazetasi 115.1917-yil 26-noyabrda qayerda o`lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi ish boshladi? Javob: Qo`qonda 116. Behbudiy shu qurultoyda qanday lavozimga saylandi? Javob: O`lka musulmonlar sho`rosining raisi 117. Qachon “Turkiston muxtoriyati” e`lon qilindi” Javob: 27-noyabrga o`tar kechasi 118. Bu mustamlakadan mustqaillik tomon qo`yilgan jiddiy va jasoratli qadam edi. Uning ma`naviy otasi, kim edi? Javob: Behbudiy 119. Jadidlar qurgan ilk demokratik davlat ? Javob: Turkiston Muxtoriyati 120. “Bovurlar! Bilinki, hozirda Turkistondagi barcha xalqlar uchun muxtoriyat e`lon qilindi va siz bilingki, haq olinur, lekin berilmas.” Deb Behbudiy kimga yozgan xatida aytgan? Javob: Qozoq birodarlariga 121.”…Ittifoq ila shu muxtoriyatning amalg`a kelishiga sa`y va ehtimol etmog`imiz lozimdur.,.” deya qaysi millatlari sanab o`tgan? Javob: qirg`iz, qozoq, o`zbek, turkman, arab, fors, Turkistondagi, Qozog`istondagi va Turkmanistondagi musulmonlar va xiristian va yahudiylar 122. Qaysi millatlarni turklarga namuna qilib ko`rsatadi? Javob: serblar, italiyanlar, armanlar, slavyanlar, polyaklar 123.Muxtoriyat kim tomonidan xoinona bostirildi? Javob: Bolsheviklar 124. Qo`qon shahri qaysi kunlari to`pga tutildi? Javob: 19-20-fevral kunlari 125. Qancha Turkistonlik o`ldirildi, qancha qishloqqa o`t qo`yildi? Javob: 10 mingta turkistonlik, 180 ta qishloq 126.Behbudiy iztirob bilan qachon Samarqandga qaytadi? Javob: mayning boshida 127. Qayerga kelib Turkiston rus sovet hukumati rahbarlari bilan natija bermaydigan muzokaralar o`tkazadi? Javob: Toshkent 128. Behbudiy qachon va qayerda qatl qilinadi? Javob: 1919-yilning bahorida-25-martda Shahrisabzda qo`lga olinib, sirli bir tusda Qarshi shahrida qatl qilinadi. 129.Behbudiyning qatl qilingani haqidagi xabar o`sha paytdagi poytaxtimiz Samarqandga qanchadan keyin ma`lum bo`ladi? Javob: Bir yildan keyin, 1920-yil aprelda butun Turkiston motam tutadi. 130. Kim “Behbudiyning sag`anasini izladim” deb nomlangan she`r bitadi? Javob: Fitrat 131. “Sani mundin buyon Turon ko`rolurmu, ko`rolmasmu? Saning mislingni Turkiston topolurmu, topolmasmu? Misralari bilan boshlanuvchi she`r kimniki Javob: Ayniy 132.Kim Behbudiyning fojeali o`ldirilganiga bag`ishlab she`rlar yozadi? Javob: Cho`lpon 133.Qarshi shahri nechanchi yillarda Behbudiy nomi bilan yuritildi? Javob: 1926-1937-yillarda 11 yil 134.Qachondan jadidchilikni aksilinqilobiy, aksilsho`roviy harakat sifatida qoralash kompaniyasi boshlab yuborilgan edi? Javob: Qarshi shahriga uning nomi qo`yilgan o`sha 1926-yildayoq 135. “O`zbek teatrining asosini qo`yib beruvchi samarqandlik Mahmudxo`ja Behbudiydir” deb kim yozgan edi? Javob: Boris Pyaskovskiy 136. Boris Pyaskovskiyning “O`zbek teatri tarixi” maqolasi qachon va qaysi jurnalda chop etilgan?\ Javob: 1922-yilda “Inqilob” jurnali sahifalarida 137.Boris Pyaskovsikiy Behbudiy nomida qayerda maorif klubi borligini ta`kidlaydi? Javob: Toshkentda 138. Boris Pyaskovsikiy Behbudiy nomida qayerda kutubxona va dramaturuppa boligini ta`kidlaydi? Javob: Samarqandda 139. Boris Pyaskovsikiy Behbudiy nomida qayerda markaziy bosmaxona borligini ta`kidlaydi? Javob: Buxoroda 140.Boris Pyaskovsikiy Behbudiy nomida qayerda maktablar borligini ta`kidlaydi? Javob: Turkistonning deyarli hamma shaharlarida Download 25.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling