Javoblar: 1 Bugungi kunda zamonaviy fan tizimida fanlararo yondashuv rivojlanib borayotgan


Download 53.45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.03.2023
Hajmi53.45 Kb.
#1266383
Bog'liq
Savollar



Savollar :
1 Мarkaziy Osiyodagi faylasuf mutaffakir olimlarni yoriting.
2- Fransus faylasuflarni yoriting.
Javoblar:
1) Bugungi kunda zamonaviy fan tizimida fanlararo yondashuv rivojlanib borayotgan 
asosiy yoʻnalish hisoblanadi. Bunda Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda ijod qilgan 
mutafakkirlarning beqiyos xizmatlari bor. Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad 
Xorazmiy kabi buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin 
xazinasidan munosib oʻrin olgan. Ular jahon fani va madaniyati tarixida oʻchmas iz 
qoldirgan. Ammo mutafakkirlarimizning fanlararo yondashuvni rivojlantirishga 
qoʻshgan hissasi yetarlicha tadqiq etilmagan. Biz Oʻrta asr mutafakkirlarining ilmiy 
merosidagi fanlararo yondashuvni zamonaviy fan metodologiyasi asosida tadqiq 
etamiz.
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining jahon ilm-faniga qoʻshgan beqiyos hissasi I.Moʻminov, 
A.Kubesov, M.Dinorshoyev, M.Xayrullayev, Z.Kuli-Zoda, V.Bartold va boshqa koʻplab 
olimlarning ilmiy tadqiqotlarida oʻz ifodasini topgan. Bu olimlar mutafakkirlarning ilmiy 
xazinasi va durdona merosini tarixiylik, diaxron metodlar asosida tadqiq etgan. Xususan, 
Oʻrta asrlardagi sanʼatda falsafa va matematika integratsiyasiga oid maʼlumotlarni 
L.I.Rempelning asarlarida koʻrish mumkin [2:11]. Bunda mutafakkirlarimizning ilmiy 
merosidagi bilimlar integratsiyasining fanlararo yondashuv namunalari matematika, musiqa, 
arxitektura, sheʼriyat, meditsina misolida ochib berilgan.
Qadimgi yunon olimlari ijodida ham matematika, musiqa, falsafa va boshqa fanlar 
integratsiyasini uchratish mumkin. Bizning zaminda yashab ijod qilgan mutafakkirlar ijodida 
fanlararo yondashuv nafaqat salmoqli boʻlgan, balki yuqori darajada rivojlangan. Ammo 
ularning ilmiy merosi fanlararo yondashuv gʻoyasi nuqtai nazaridan oʻrganilmagan. Shuning 
uchun quyida allomalarimiz ijodidagi fanlararo yondashuv evolyutsiyasiga oid namunalarni 
koʻrib chiqamiz.
Allomalar ijodida bilimlararo integratsiya matematika, musiqa, arxitektura, sanʼat sohasida 
oʻz aksini topgan. Buni dastlab matematikaning boshqa fanlar bilan integratsiya qilinishi 
misolida koʻrib chiqishimiz mumkin. Forobiy Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda matematikani 
boshqa fanlar bilan integratsiya qilish gʻoyasini anglagan buyuk mutafakkir hisoblanadi. 
Aristoteldan farqli ravishda, Forobiy matematika metodlarining qoʻllanish imkoniyatlari 


cheksiz ekanini eʼtirof etadi. Buyuk olimning bu gʻoyasi nafaqat matematika rivojida, balki 
fan tizimi taraqqiyotida ham buyuk hodisa edi. Shuningdek, Forobiy bu gʻoyani yanada 
kengroq qoʻllash usullarini amalda isbot qiladi. Masalan, olim fanda birinchi bor musiqaviy 
(tebranuvchi) hodisalarni matematik usullar bilan tadqiq qiladi.
Forobiy boshlab bergan bu tashabbusni keyinchalik boshqa olimlar oʻz tadqiqotlarida davom 
ettirib, yanada rivojlantirdi. Movarounnahrlik mutafakkirlar ijodida musiqa va matematika, 
pedagogika va musiqaning uygʻunlashuvi yuksak darajaga koʻtarilgan. Forobiy bunga 
“Musiqa haqida katta traktat”, Xorazmiy esa “Ilm kaliti” nomli ensiklopediyasining bir 
boʻlimini bagʻishlagan. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida musiqa haqida alohida bir boʻlim 
mavjud. Shu bois “Oʻrta Osiyo mutafakkirlari arifmetika, geometriya, astronomiya va 
musiqani bitta fan doirasiga kiritgan” [5:182-183].
Xoʻsh, nega musiqaga bunchalik katta eʼtibor qaratilgan? Maʼlumki, musiqa sanʼatning 
boshqa turlaridan alohida ajralib turadi. Uning “insonga sirli taʼsirini, inson qalbida yangi 
oʻzgarishlar hosil qilishini olimlar tan olgan. Musiqa juda joʻshqin, ekzistensial vaziyatlarda 
inson hayotining bir boʻlagi sifatida eʼtirof etilgan. Musiqa madaniyati – bu ijtimoiy madaniy 
fenomen boʻlib, har bir madaniyatning oʻziga xos madaniy-falsafiy va siyosiy-ideologik 
xususiyatlarini aks ettiradi” [3:6].
Mutafakkirlarning musiqaga eʼtiborini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
* Oʻrta asrlar musulmon madaniyatida hamma fanlar falsafa atrofida birlashtirilgan. Falsafa 
barcha fanlarni oʻz atrofida birlashtira olgan fan hisoblanadi.
* Oʻrta asrlar musulmon madaniyatida har qanday fan oʻzi alohida emas, balki aynan 
ilmiy-falsafiy dunyoqarash kontekstida oʻrganilgan. Shuning uchun har bir mashhur 
mutafakkirning ilmiy merosida filologiya, tabiiy, ilmiy, metafizik va musiqaviy nazariy bilimlar 
uygʻunlashtirilgan.
Al-Kindiy Oʻrta asr mutafakkirlari orasida birinchi boʻlib musiqani falsafiy nuqtai nazardan 
tadqiq etgan olim hisoblanadi. U oʻz asarlarida musiqa nazariyasini alohida fan sifatida 
falsafiy nuqtai nazardan oʻrgangan. Forobiy keyinchalik bu anʼanani mohirona rivojlantirgan. 


Darhaqiqat, bu davrda “musiqa matematika bilan uygʻunlashdi va juda koʻp nazariy 
manbalarini arifmetika, geometriya, baʼzi hollarda esa fizikadan oldi” [3:23].
Forobiy musiqani “ilm”, “fan, bilim, bilish” sifatida ifodalagan [1:161]. Shunisi eʼtiborliki, u 
musiqani amaliy falsafiy fanlardan biri sifatida eʼtirof etadi [4:181]. Mutafakkir har bir olimga 
boshqa mualliflarning musiqa sohasida yoʻl qoʻygan xatolarini tushunish va ularni ochib 
berish, toʻgʻri va notoʻgʻri nuqtai nazarlarni ajrata bilish asosida haqiqatni aniqlash talabini 
qoʻygan [4:182].
L.I.Rempel taʼkidlaganidek, yunon olimlari ijodida musiqaga katta eʼtibor uning boshqa fanlar 
bilan integratsiyalashuvini yuqori pogʻonaga olib chiqdi [2]. Forobiy tovushning fizik asosini, 
tarqalishini, tarqalish intervallarini oʻlchash maqsadida arifmetik, geometrik hisoblashlarni 
qoʻllagan. Shu sababli olim ijodida musiqa va matematika integratsiyasi samarali amalga 
oshirilgan. Keyinchalik Yevropa olimi Bekonning ilmiy merosida ham bu ikki fan 
integratsiyasiga oid gʻoya kuzatilgan.
Oʻrta asrlar mutafakkirlari ijodida bilim doimo taʼlim va tarbiya bilan bogʻliq boʻlgan. Ular 
bilim insonda yaxshi fazilatlarni rivojlantirishi lozimligini taʼkidlagan. Ana shunday 
bilimlardan biri bolalarni musiqani anglashga oʻrgatish va musiqa vositasida ijobiy sifatlarni 
shakllantirish boʻlgan. Yaʼni, mutafakkirlarimiz insonni tarbiyalash masalasini hal qilishda 
musiqa amaliyotidan foydalanish zarur deb bilgan. Shuningdek, ular musiqa insonning qalbi 
va aqlini tarbiyalash xususiyatiga ega ekanini taʼkidlagan. Bunday yondashuv Forobiy ijodida 
yaqqol koʻzga tashlanadi. U bolalarni axloqiy tarbiyalashda ularni musiqaga oshno etish 
zarur deb hisoblagan. Olimning fikriga koʻra, musiqa bolalarda ijobiy ruhiy hislarni chaqiradi, 
bolalar qalbi poklanishiga sabab boʻladi. Forobiy bunday ruhiy poklanishni “katarsis” deb 
ataydi. Shuningdek, u musiqa bolalarga ruhiy davolovchi vosita sifatida ham samarali taʼsir 
koʻrsatishini aytib oʻtgan.
Ibn Sino inson ruhiy holati ijro etilayotgan musiqa bilan bogʻliqligini taʼkidlaydi. Tovushlar 
garmoniyasi insonni kuchsizlikdan kuchlilik tomon olib chiqishi, yoki aksincha, 
uygʻunlashmagan tovushlar insonni tushkunlikka tushirib qoʻyishi mumkin. Shuningdek, Ibn 
Sino “insonning salomatligi uchun eng foydali mashgʻulot – kuylash” [5:186], deydi.
Mutafakkirlar musiqa nafaqat insonning kayfiyati, balki uning xarakterini ham oʻzgartirishi 
mumkinligini taʼkidlagan. Ular bolalarni tarbiyalashda musiqani ziyraklik bilan tanlash zarur, 
deb hisoblagan. Ushshoq, Navo kabi musiqa namunalari insonlarda jasurlikni, Iroq, Navroʻz 


musiqalari esa yorugʻ, chiroyli orzularni uygʻotsa, Buzruk qaygʻu paydo qilishi koʻrsatiladi. Bu 
koʻrsatmalarga yurtimiz musiqachilari asrlar osha amal qilib kelmoqda.
Yuqorida qayd etilganidek, yurtimizda matematikaning boshqa sohalarda qoʻllanishi 
natijasida dastlabki fanlararo yondashuv gʻoyasi rivojlandi. Bunday integrativ jarayonlarni 
Forobiyning musiqaga oid tadqiqotlarida koʻrish mumkin. U oʻzining “Musiqa haqida katta 
traktat”ida antik davr mualliflarining izlanishlarini puxta oʻrganib, ularda musiqaga oid baʼzi 
noaniqliklar borligini aniqlagan va shu sababli yangi traktat yozishga kirishganini bayon 
qilgan [5:182-183]. Natijada Forobiy matematik usullar asosida musiqa tovushlarining kelib 
chiqishini, ritm va tovushlarning musiqa sifatida birlashuviga oid qonuniyatlarni mukammal 
oʻrganadi. Bu matematika va musiqa fanining integratsiyasi edi.
Allomalar matematik usullarni nafaqat musiqa, balki sanʼatshunoslikda ham samarali qoʻllay 
boshlagan. Natijada fan va sanʼatda integratsiyalashuv jarayoni sodir boʻlgan. “Bu jarayonda 
fan va sanʼatni bogʻlab turuvchi halqa matematika va geometriya hisoblanadi. Bu Xorazmiy, 
Ibn Sino va boshqalarning ijodida namoyon boʻldi” [5:11].
Sanʼat va matematikaning uygʻunlashuvini biz Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda vujudga 
kelgan ornamental sanʼat namunalarida koʻramiz. Bu sanʼat turi matematika, geometriya va 
sanʼatning uygʻunligi zamirida paydo boʻladi. Arxitektura ornamental sanʼatdagi matematik 
yondashuvlarning asosi boʻlib, falsafiy gʻoyalarga xizmat qiladi. Masalan, Markaziy Osiyo 
meʼmorlik sanʼati asosida yotgan uygʻunlik gʻoyasi ana shunday universal xarakterga ega 
gʻoyadir. U nafaqat koinot tizimi, balki konkret fanlar bilan bogʻliq. Shu sababli meʼmorlik 
sanʼatida uygʻunlik geometrik ornament vositasida ifodalangan.
Yuqoridagi mulohazalardan koʻrinib turibdiki, bilimlar integratsiyalashuvida Oʻrta asr 
mutafakkirlarining buyuk xizmati bor. Forobiy musiqaviy (tebranuvchi) hodisalarni sheʼriyat 
va matematik usullar bilan tadqiq etadi. Shunday qilib, matematik gʻoyalarning arxitektura, 
geometriya, estetik sanʼat bilan uygʻunlashuvi sodir boʻladi. Bu uygʻunlashuv betakror 
ornamental sanʼatning, girihlarning yaratilishiga olib keladi.
2)Pierre Gassendi (1592.22.1, Shantersye - 1655.24.10, Parij) — fransuz faylasufi, 
matematigi, astronomi. G. sxolastlar qarashlari va ularning Aristotel taʼlimotini 
soxtalashtirishiga qarshi kurashi hamda Demokrit-Levkipp atomistik qarashlari, Epikur 
etikasini targʻib qilganligi, materialistik sensualizm mavqeida turib R. Dekartning “tugʻma 


gʻoyalar” nazariyasini tanqid qilganligi uchun iyezuitlar tomonidan taʼqib etilgan. G. fikricha, 
fizika — haqiqatga yetish, etika — baxtsaodatga erishish, mantiq — haqiqiy bilimni 
yanglishishdan farqlash yoʻlini koʻrsatadi. G.ning taʼkidlashicha, boʻshliq va atomlgr — 
mavjudlik timsoli. Makon va zamon — cheksiz, ular yoʻqlikka yuz tutmaydi. Atomlar xudo 
tomonidan yaratilgan, ular goyat darajada koʻp, lekin benihoya emas
Jean-Paul Charles Aymard Sartre (talaffuzi: Jan-Pol Sharl Emar Sartr; 21-iyun 1905, Parij — 
15-aprel 1980, Parij) — marksist yoʻnalishidagi fransuz ateistik faylasuf-ekzistensialisti 
(1952—1954-yillarda Sartre marksizmga yaqin pozitsiyalarni egallagan), yozuvchi, dramaturg 
va essechi.
SARTR (Sartre) Jan Pol (1905.21.6 Parij — 1980.15.4) — fransuz yozuvchisi, faylasuf va 
publitsist. Fransuz ekzistensializmi namoyandasi. 1941—44 yillarda Fransiya Qarshilik 
koʻrsatish harakatida qatnashgan. S.ning siyosiymafkuraviy qarashlaridagi ziddiyat va 
oʻzgarishlar uning “Holatlar” nomli 9 ta kitobida koʻrsatilgan. 1952 yil tinchlik tarafdorlarining 
harakatiga qoʻshilib, kolonial tuzum va irqchilikka qarshi maʼruzalar oʻqigan. Sotsialistik 
mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlagan. 1952 yil Vengriya voqealaridan soʻng S.ning Sovet davlati 
va umuman sotsialistik mamlakatlarga boʻlgan munosabati keskin oʻzgargan. S.ning 
idealistik falsafasi inson mavjudligining taxliliga qaratilgan ateistik ekzistensializmning 
koʻrinishi boʻlgan. S. inson va tabiat oʻrtasidagi tafovutni insonning mavjudligi va oʻz oldidagi 
majburiyatlari doirasidan chiqib keta olmasligiga bogʻlaydi. S.ning inson maʼnaviyati va 
moddiy olam oʻrtasidagi tafovutni yengishga qaratilgan harakatlari aslida antropologiya va 
psixoanalitik usullarning yigʻindisidan iborat. Oʻzining nafosat va adabiyotga bagʻishlangan 
“Adabiyot nima” (1947), “Bodler” (1947), “Avliyo Jene, masharaboz va jafokash” (1952) kabi 
asarlarida S, ozmoz boʻrttirib boʻlsa ham, yozuvchining hozirgi zamon tarixida roʻy 
berayotgan barcha hodisalar uchun javobgar ekanligini qatʼiy taʼkidlab oʻtgan. “Koʻngil 
aynash” (1938), “Devor” (1939), “Ozodlik yoʻllari” (1945— 49), “Yopiq eshik ortida” (1945), 
“Iblis va Xudo” (1951), “Altona mahbuslari” (1960) kabi asarlarida falsafiy fikrlarini hayotiy 
tajriba bilan, afsonani jurnalistlarga xos boʻlgan realistik qarashlar bilan birlashtirishga 
harakat qilgan. S.ning ijodi Fransiya va boshqa mamlakatlarning maʼnaviy hayotiga oʻz 
taʼsirini koʻrsatgan. Nobel mukofoti laureati (1964).
Abdurashidov Sarvarbek 02/22 guruh

Download 53.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling