Javoblar Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari


Download 48.83 Kb.
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi48.83 Kb.
#1055309
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
byudjet hisobi

Nazorat funktsiyasi - orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.
Budjet hisobida nazoratni uchta turi qo’llaniladi: dastlabki nazorat; joriy nazorat; keyingi nazorat.
Dastlabki nazorat - smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda budjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi.
Joriy nazorat – budjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo’yicha hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi.
Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Axborot funktsiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida budjet ijrosi jarayonida daromadlar, budjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi.
2.Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni kirim qilinishi hamda hisobdan chiqarilishi hisobi.


Asosiy vositalar kirimini hisobga olish va xujjatlashtirish.
Asosiy vositalarning analitik hisobi AV-6-son shakldagi va AV-8-son shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar har bir inventar ob’ekt (predmet) bo‘yicha yuritiladi. Bir turdagi predmetlar AV-9-son shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi.
AV-6, AV-8 va AV-9-son shakldagi inventar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxatida xatlashdan o‘tkaziladi. Ushbu ro‘yxat bir nusxada yuritiladi. Undagi yozuvlar asosiy vositalarni guruhlarga bo‘lib, kartochkalar ochilgan yilni ko‘rsatib amalga oshiriladi. Har bir guruh uchun tegishli miqdorda sahifa ajratiladi. Raqamlash har bir guruh bo‘yicha 1 dan boshlanadi. Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganda va joydan-joyga ko‘chirilganda xatlash ro‘yxatining “Izoh” grafasida memorial orderning sanasi (kun, oy, yil) hamda raqami ko‘rsatiladi.
Inventar kartochkalar kartotekalarda saqlanadi. Ular tegishli subschyotlar va guruhlar bo‘yicha hamda o‘z ichida moddiy javobgar shaxslarga bo‘lingan holda joylashtiriladi.
AV-6-son shakldagi inventar kartochka turar-joy imoratlar (010 subschyot), noturar joy imoratlar (011 subschyot), inshootlar (012 subschyot), mashina va jihozlar (013 subschyot), transport vositalari (015 subschyot)ni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Inventar kartochkalarni yuritishdan maqsad asosiy vositalarni barcha tavsifini va ulardagi o‘zgarishlarni aks ettirishdan iborat.
Inventar kartochka buxgalteriyada har bir alohida ob’ekt uchun ochiladi va asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, mazkur ob’ekt uchun tayyorlovchi zavodning pasportlari, texnik va boshqa hujjatlari asosida to‘ldiriladi.
Asosiy vositalar ob’ektiga ilova qilinadigan hujjatlarga muvofiq inventar kartochkada ob’ektning belgilari, ya’ni, ob’ektning inventar raqami, chizmasi, loyihasi, modeli, xili, markasi, zavod (yoki boshqa) raqami, chiqarilgan (tayyorlangan) sanasi, qabul qilish dalolatnomasining sanasi va raqami, dastlabki (tiklash) qiymati, xarid va qayta baholash hujjatlari bo‘yicha eskirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Asbob-uskunalar, priborlar, hisoblash teknikasi, muzey qimmatliklari va boshqalar tarkibida qimmatbaho metallar bor bo‘lsa, tarkibida qimmatbaho metall bor bo‘lgan detallar ro‘yxati, pasportda ko‘rsatilgan detallarning nomi va metall og‘irligi ko‘rsatiladi.
Inventar kartochkaning orqa tomonida asosiy vositalarning kelib tushishi (ob’ektni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida), joyini o‘zgartirilishi (asosiy vositalar ob’ektining ichki joylashishi joyini o‘zgartirish yukxati asosida), ob’ektlarning hisobdan chiqarilishi (asosiy vositalar ob’ektini (avtotransport vositalaridan tashqari) hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma yoki avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida asosiy vositalar ob’ektining chiqib ketishida yoki hisobdan chiqarilishida) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ob’ektning o‘ziga hos qisqacha tavsifi, uni tashkil qiluvchi predmetlar ro‘yxati va uning asosiy sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari, shuningdek dalolatnomalar va ilova qilinadigan texnik hujjatlar ma’lumotlari asosida eng kerakli taqab qurilgan binolari, moslamalari va jihozlari keltiriladi.
AV-8-son shakl inventar kartochka boshqa asosiy vositalarni (019 subschyot) hisobga olish uchun xizmat qiladi.
Kartochka qabul qilish dalolatnomalari asosida (xarid qilish hujjatlari bo‘yicha) ochiladi va unda boshqa asosiy vositalarning, jumladan hayvonlarning yoshi, rangi (tusi), tamg‘asi, oti va h.k. ko‘rsatilgan holda o‘ziga hos tavsifi keltiriladi.
Ko‘p yillik o‘simliklar turi, o‘tqazilgan birliklar soni va maydoni ko‘rsatilgan holda inventar ob’ektlari bo‘yicha hisobga olinadi. 
AV-9-son shakldagi inventar kartochka aynan bir xil ishlab chiqarish ahamiyatiga, texnik tavsifga ega bo‘lgan asosiy vositalar ob’ektlarining bir xil guruhlari: kutubxona fondlari va sahnaga qo‘yish vositalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Kartochkadagi yozuvlar miqdor va summa ifodasida yozib boriladi.
Inventar kartochka asosiy vositalar ob’ektlari guruhlarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, asosiy vositalar ob’ektlarini ichki joylashish joyini o‘zgartirish yukxati asosida ochiladi va har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha yuritiladi. Ob’ektlarni hisobdan chiqarish hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida amalga oshiriladi. 
Kutubxona fondlari uchun bitta inventar kartochka ochiladi. Unda hisob umumiy qiymati bo‘yicha faqat pul ifodasida yuritiladi. 
Sahnaga qo‘yish vositalari hisobi soni va ob’ektlarning qiymati bo‘yicha inventar kortochkalarda yuritiladi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:

    • oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;

    • kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;

    • beg’araz kelib tushish;

    • tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish;

    • asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash;

    • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.

Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.
Cotib olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar, shuningdek, tashkilotning o’zida tayyorlangan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning to’liq summasida, jumladan, mazkur asosiy vositalarni foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan etkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi.
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
- etkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar;
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, shu jumladan bojxona bojlari va yig’imlari (agar ular qoplanmasa);
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalar;
- asosiy vositalarni etkazib berish (qurish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
- asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
- asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
- aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.



Download 48.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling