Javoblar Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari


Byudjet hisobining 1-sonli “Hisob siyosati” nomli standarti


Download 48.83 Kb.
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi48.83 Kb.
#1055309
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
byudjet hisobi

3.Byudjet hisobining 1-sonli “Hisob siyosati” nomli standarti.


O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati”
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq budjet hisobini normativ tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi. Mazkur Standart budjet hisobining boshqa standartlari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
budjet hisobi — budjet tizimi budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o‘zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi;
hisob siyosati — mazkur Standartning 4-bobida belgilangan prinsiplarga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan aniq uslublar, asoslar, yo‘l qo‘yishlar, qoidalar hamda usullar majmui.
2. Mazkur Standartning maqsadi hisob siyosatini tanlash va o‘zgartirishlar kiritish mezonlarini, shuningdek budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini va moliyaviy hisobotni tuzish, hisob siyosatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni ochib berish tartibini belgilab berishdan iborat.
3. Mazkur Standart budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlariga bo‘lgan ishonchlilik darajasini va ma’lum bir davriylikdagi moliyaviy hisobotlarini, shuningdek boshqa budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini o‘zaro solishtirish darajasini oshirishga mo‘ljallangan.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Hisob siyosati budjet tashkilotlari tomonidan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida mavjud o‘zaro bir-birini istisno etuvchi bir nechta hisob yuritish usullaridan birini tanlash maqsadida tuziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

Download 48.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling