Javoblar Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari
-bob. Standartning qo‘llanish sohasi
Download 48.83 Kb.
|
byudjet hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Hisob siyosatini shakllantirish va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asoslari
2-bob. Standartning qo‘llanish sohasi
5. Mazkur Standart budjet tashkilotlarida hisob siyosatini tanlash va qo‘llash, hisob siyosatiga o‘zgarishlarning hisobini yuritish hamda moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo‘llanilishi lozim. 6. Mazkur Standart barcha budjet tashkilotlariga qo‘llaniladi. 3-bob. Hisob siyosatini shakllantirish va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asoslari 7. Hisob siyosati rahbar yoki uning o‘rinbosarining buyrug‘i yoki qarori bilan tasdiqlanadi va yildan-yilga izchil qo‘llaniladi. Oldingi tahrirga qarang. 8. Budjet hisobini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan hollarda, shuningdek budjet tashkiloti qayta tashkil etilganda hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish mumkin. (8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) Budjet hisobi ma’lumotlarini solishtirishni ta’minlash maqsadida hisob siyosatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar moliya yili boshidan, agar budjet tashkiloti qayta tashkil etilayotgan bo‘lsa uni qayta tashkil etilgan sanadan kiritiladi. 9. Budjet tashkiloti yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida kelgusi moliya yili uchun hisob siyosatidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot beradi. 10. Hisob siyosati moliyaviy hisobotni barcha qo‘llanilayotgan budjet hisobi standartlari asosida shakllantirilishini ta’minlashi kerak. Moliyaviy hisobot o‘ziga xos talablar bo‘lmaganida: a) ahamiyatga ega bo‘lishi — ma’lumot undan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishi; b) ishonchli bo‘lishi — budjet tashkilotlari faoliyatining barcha natijalari va moliyaviy holatini xolisona ko‘rsatishi, hodisalar va operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini aks ettirishi; v) xolis (beg‘araz) bo‘lishi va majburiy bo‘lmasligi; g) to‘la (tugallangan) bo‘lishi — budjet tashkiloti xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini to‘la aks ettirishi lozim. 11. Hisob siyosati o‘z ichiga quyidagilarni olishi lozim: budjet tashkilotining buxgalteriya xizmati tashkiliy tuzilmasini; budjet tashkilotida inventarizatsiya o‘tkazishning tartibi va muddatlarini (inventarizatsiya qilish majburiy bo‘lgan hollardan tashqari); budjet tashkiloti tomonidan foydalaniladigan va unda sintetik va analitik schyotlar ro‘yxati bo‘lishi lozim bo‘lgan ishchi schyotlar rejasini. Mazkur ma’lumot hisob siyosatiga ilova tarzida taqdim etiladi; hujjatlar aylanmasi grafigini; hisob ma’lumotlarini qayta ishlash usullarini (qo‘lda yoki dasturiy ta’minotni qo‘llash orqali); namunaviy shakllari nazarda tutilmagan, xo‘jalik operatsiyalarini qayd qilish uchun qo‘llaniladigan birlamchi hisob hujjatlarining shakllarini; asosiy vositalarning inventar raqami tuzilmasini; birlamchi hisob hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini; asosiy fondlarni qayta baholash uslublarini; inventarizatsiya qilishda (ortiqcha yoki kamomadda) mulkni baholash uslublarini; quyi turuvchi tasarrufidagi tashkilotlarning hisobot taqdim etish muddatlarini; tovar (ish, xizmat)lar kalkulatsiyasini shakllantirish tartibini. Download 48.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling