javoblari qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga kirmaydi
Download 23.42 Kb.
|
Buxgalteriya ishlab chiqarish xarajatlari va tannarx
O‘Z O‘ZINI NAZORAT QILISh UChUN TEST SAVOL – JAVOBLARI Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga kirmaydi: a) brigada a’zolariga hisoblangan ish haqi; b) sarflangan material xarajatlari; v) loyihalashtirish xarajatlari; g) hisob xodimlariga hisoblangan ish haqi. Qurilish tashkilotlarida bilvosita xarajatlarga kiradi: a) ma’muriy-boshqaruv xodimlariga hisoblangan haqi; b) bosh injenerga hisoblangan safar xarajatlari; v) qurilish mashinalarini saqlash xarajatlari; g) yuqoridagilarning barchasi. Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi: a) 3190 schotda; b) 2010 schotda; v) 2310 schotda; g) 2510 schotda. Tugallangan qurilish ishining haqiqiy tannarxi: a) ma’muriy-boshqaruv xarajatlarini o‘z ichiga oladi; b) haqiqatda ketgan ishlab chiqarish xarajatlaridir; v) umumishlab chiqarish xarajatlaridan iborat; g) yuqorida keltirilgan barcha xarajatlardan iborat. Qurilish ishlari tannarxining analitik hisobi: a) qurilish tashkiloti bo‘yicha yaxlit yuritiladi; b) har bir qurilish ishi bo‘yicha yuritiladi; v) yuritilmaydi; g) jami qurilish ishlari bo‘yicha bosh kitobda yuritiladi. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari: a) 2010 schotda hisobga olinadi; b) qurilish ishlari tannarxiga kiritiladi; v) 2510 schotda hisobga olinadi; g) hisobga olinmaydi. Umumishlab chiqarish xarajatlari: a) 2010 schotda hisobga olinadi; b) taqsimlanadi va qurilish ishlari tannarxiga kiritiladi; v) 2310 schotda hisobga olinadi; g) 3190 schotda hisobga olinadi. Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishdan maqsad: a) davr xarajatlarini chegaralash; b) talon-tarojlikka yo‘l qo‘ymaslik; v) sotish tannarxini real hisoblash; g) soliqni yashirish yo‘lini izlab topish. Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usulida tannarx: a) jami tashkilot bo‘yicha topiladi; b) har bir buyurtma bo‘yicha topiladi; v) har bir jarayon bo‘yicha topiladi; g) topilmaydi Buyurtmachiga topshirilgan qurilish ishining haqiqiy tannarxiga buxgalteriya yozuvi beriladi: a) Debet 2010 Kredit 2310 b) Debet 3190 Kredit 2010; v) Debet 9130 Kredit 2010; g) Debet 9030 Kredit 2010. Download 23.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling