Javohir mahmudov


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
Sana23.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1795038
Bog'liq
JAVOHIR MAHMUDOV 20231120 161133 0000



Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti 
Dinshunoslik fanidan 
AT-76
Mahmudov Javohir


1. Sharq va G`arb mamlakatlarining
o`rta asrlar madaniyatida dinning
ustuvorligi.
2. Sharq va G`arb diniy
madaniyatining o`ziga xosligi.
3. Diniy madaniyatlardagi yutuqlar
va ularning jahon madaniyatidagi
o`rni.
REJA:


VI-XVI asrlar davri tarix fanida o’rta asrlar
deyilib, qadimgi va an`anaviy madaniyatlar
o’rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr
madaniyatida mifologik tafakkur va
an`analarning kuchli ta`siri hamda yangi
davrning texnogen madaniyatidagi aqliy-
mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy
xususiyatlari seziladi. Arab xalifaligi va
Evropa mamlakatlari o’rta asrlar
madaniyatidagi xususiyatni islom va
xristianlik belgilaydi.



O’rta asrlar madaniyatining shakllanish
qiyofasini islom va xristianlik belgilashi bilan
birga, ularning o’zi ham mifologik tushunchalar
asosida shakllanib, an`anaviy madaniyatning
ko’plab jihatlarini o’zlashtirdi, o’z navbatida o’rta
asrlar madaniyati negizida keyingi davrlar
madaniyatining shakllanishi uchun yangi
madaniyat kurtaklari va yangicha tafakkur tarzi
vujudga keldi. Yana shuni ham inkor qilmaslik
kerakki, o’rta asrlarda o’zining tafakkur tarzi va
dunyoqarashi jihatidan o’tmishda va keyingi
davrlarda vujudga kelgan diniy madaniyatdan
keskin farq qiluvchi diniy madaniyat yaratildi.



Diniy madaniyat ko’p mazmunlidir, negaki uning
asosida turli xalqlarning madaniyat merosi
mavjud: arab, turk, german, slavyan xalqlarining
ibtidoiy (arxaik) madaniyati; antik meros va
qadimgi Sharq sivilizatsiyasi meroslarini tanlash
va ijodiy qayta ishlab o’zlashtirgan. Bundan
tashqari G’arb va Sharqning o’rta asrlar
madaniyati tarixning ming yillar davomida doimo
muloqot va akkul`turatsiya jarayonini kechirdi,
bunda salb yurishlari davri juda shiddatli kechdi
(XI-XIII asrlar).



Diniy madaniyatning ko’p qirraligi
uning tarkibida ko’plab
submadaniyatlarning mavjudligidir:
xalqona (qishloq madaniyati), shahar,
dunyoviy, monastir va so’fiylik
madaniyatlari. Shuningdek, din o’sha
davrdagi madaniyat va
submadaniyatning barcha sohalarini
birlashtirib o’z ichiga qamrab oldi.



O`rta asrlar davrida yakka xudolikka
asoslangan jahon dinlari-xristianlik va islom
Yevropa, Osiyo va Afrikaning ko’p joylarida
ko’plab kishilar uchun dunyoqarashning ustivor
shakli bo’lib, inson va butun jamiyatning
tafakkurini, butun turmush tarzini belgiladi.
Diniy aqidalar asosida o’sha davrning qiyofasi
kishilar ongida shakllanib madaniyatning o’ziga
xos xususiyatini belgiladi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling